Mavzu: Bezakli o’yinchoq yostiq tikish .(97-bet)
Maqsad:
Ta’limiy: Igna uchun yostiq nima uchun kerakligini tushuntirish, andozadan foydalanishni o’rgatish, xavfsizlik qoidalarini eslatish, yostiqcha tikishni ketma-ketlik asosida o’rgatish.
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, tejamkorlikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini ,igna , ip mato bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli:Tushuntirish ,suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Darsjihozi: igna ,ip, mato, qalam, paxta, qaychi, tayyor tikilgan ish namunalari.
Darsning borishi:
Darselementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
5
|
20
|
10
|
7
|
2
|
I. Darsnitashkilqilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish va baholash.
III. Yangi mavzu bayoni
1. O’quvchilar bilan tikuvchilik kasbi haqida suhbat o’tkazish.
2. Ularning turlari haqida savol-javob o’tkazish.
3. Tikuvchilik kasbining hayotimizdagi ro’li haqida suhbat.
4. Bugungi tikiladigan ishimiz igna sanchish uchun yostiqcha, uning turlari, turmushdagi ahamiyati haqida suhbat.
5.Yostiqcha tikish uchun yangi mato bo`lishi shart emasligini, aksincha eskirgan shim va jinsi matolaridan foydalanish kerakligini eslatish
6. Igna, qaychidan foydalanishda texnika xavfsizligi haqida suhbat.
7. Yostiqcha tikish bosqichlarini ko’rsatish.
8. O’quvchilar mustaqil tikadilar.
9.Tikish vaqtida o’quvchilar ishi kuzatib boriladi.
10.Qaychi, ignadan foydanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakligini eslatish.
11. Shaxsiy gigiyena qoidalarini ham eslatish.
12. Darsda o’quvchilarni tejamkorlikka o’rgatib borish.
IV. Darsni mustahkamlash:
1. O’quvchilar ishini ko`rib chiqish, baholash va savol-javob o’tkazish.
2. Ignadan foydalanish qoidalarini ayting.
3. Qaychidan foydalanish qoidalarini ayting.
4.Yasagan ishingizni ta’riflang.
5.O’quvchilar ishini baholash.
V. Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan ishlarni uyda onangiz bilan birgalikda yakunlab kelish.
Dostları ilə paylaş: |