Mavzu: Qog’ozni buklash orqali poyga avtomobil modelini yasash.(67-bet)
Maqsad:
Ta’limiy:O’quvchilarda kuzatuvchanlikni oshirish, qog’ozni buklash usullari haqida ma’lumot berish, mashina yasash texnologiyasini ketma-ketlik asosida o’rgatish.
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, tejamkorlikni tarbiyalash, ozodalikka o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini rivojlantirish,qaychi va qog’oz bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish ,suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Rangli qog’oz yoki albom varog’i. Rangli qog’ozdan yasalgan tayyor ish namunalari.
Darsning borishi:
Darselementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
5
|
20
|
10
|
7
|
2
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni.
1. O’quvchilar bilan “Poyga” haqida suhbat o’tkazish.
2. Poyga avtomobillari haqida savol-javob o’tkazish.
3. Oldindan tayyorlab kelingan avtomobil so`zini klaster usulida tarmoqlash.
4. Yasalgan namuna orqali avtomobil yasash bosqichlarini ko’rsatib berish.
5. O’quvchilar mustaqil yasaydilar.
6. Yasash vaqtida o’quvchilar ishi kuzatib boriladi.
7. Shaxsiy gigiyena qoidalari eslatib o’tiladi.
9. Darsda o’quvchilarni tejamkorlikka o’rgatib borish.
IV. Darsni mustahkamlash:
1. Yasab bo’lgan o’quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o’tkazish.
2. “Avtomobil nomlarini kim ko’p biladi?” o’yinini o’tkazish.
3. Mehnat qurollaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari haqida savol-javob o’tkazish.
V. O’quvchilar ishini baholash.
VI. Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan ishlarini tugatish.
Dostları ilə paylaş: |