Mavzu: Qoraxoniylar davlati



Yüklə 302,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix08.04.2022
ölçüsü302,26 Kb.
#115198
1   2   3   4   5   6
qoraxonijlar davlati (1)

Davlat boshqaruvi

Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga

asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik

hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil

tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Ettisuv v.b.). Eloqxonlar

tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy xokimiyat hukmdori -

Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar.

Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy siyosiy

vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Viloyat

hokimlari faqat Qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan

a'zolaridan saylanar edi. Eloqxonlar o'z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va

viloyatning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy

eloqxonlari orasida katta obro'ga ega edi. U, odatda, Samarqandda taxtiga o'tiradi.

Viloyat boshqaruv ma'muriyatida Somoniylar davridagidek vazirlar, sohib baridlar,

mustavfiylar xizmat qilardi. Shaharlar esa shahar hokimi, raisi va muxtasiblari

tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukmronligi

mustahkamlab olishda musulmon  ruhoniylari bilan yaqin va do'stona

munosabatlar o'rnatadilar. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor

kuchayib, ularning obro'yi har qachon-gidan ham balandga ko'tariladi. Qoraxoniy

hukmdorlar garchi bu davrda hali o'troq hayotga ko'chmagan bo'lsalar ham,

dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahami-yatini yaxshi anglar edilar.


Yüklə 302,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin