1. “Qurilish iqtisodiyoti” fanining mazmuni va mohiyati.
2. “Qurilish iqtisodiyoti” fanining predmeti.
3. “Qurilish iqtisodiyoti” fanining maqsadi.
4. “Qurilish iqtisodiyoti” fanining vazifalari.
Milliy iqtisodiyotda qurilish sohasi muhim o‘rin tutadi, chunki investitsion-qurilish jarayonlarining samaradorligi asosan qu rilish xarajatlari, muddati va sifatiga bog‘liq.
Milliy iqtisodiyotda qurilish sohasi muhim o‘rin tutadi, chunki investitsion-qurilish jarayonlarining samaradorligi asosan qu rilish xarajatlari, muddati va sifatiga bog‘liq.
Qurilish faoliyatida ham davlat, ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot- lar natijasida bozor islohotlarining ajralmas qismi va muhim sharti sifatida qurilish sur’atlari, shuningdek, ushbu tarmoqning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi ro‘y bermoqda.
Mulkning turli shakllarini rivojlantirish va xo‘jalik yuri tuvchi subyektlaming rolini oshirish asosida investitsion-qu- rilish jarayonlarini nomarkazsizlashtirish tamoyili kapital qo‘- yilmalaming tarkibini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Davlat investitsiyalarining yuqori darajasi korxonalar va aholi, shir- katning faolligini oshirishga yordam berdi. Hozirgi kunda investitsiyalaming umumiy hajmida byudjet mablag‘lari ulushi uchdan bir qismdan kam, qolgan qismi korxonalar mablag‘lari, bank kreditlari, aholi mablag‘lari, xorijiy va boshqa investorlar hisobiga to ‘g‘ri keladi.
Iqtisodiyotga horijiy investitsiyalarni faqat jalb qilish stra- tegiyasi emas, balki ulami qoplash taktikasi ham diqqatga sazo- vordir. Bugungi kunda ular asosan yirik va ustuvor sohalarga va sanoat tarmoqlariga investitsiya kiritmoqda. Shu bilan birga, ulaming ilovalari geografiyasi kengaymoqda.

Qurilish faoliyatini tiklash va milliy iqtisodiyotni rivoj- lantirishda uning rolini oshirish uchun, bu yerda to‘plangan ilg‘or qurilish tajribasi va iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmini qo‘llash orqali xususiy sektoming investitsion imkoniyatlarini safarbar qilish istiqbolli yo‘l hisoblanadi. Bu mamlakatda nafaqat barqaror iqtisodiy o‘sish strategiyasi aniqlanganligi, balki tadbirkorlikni qo‘11ab-quvvatlashning noyob tizimi, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi yaratilgani, tashabbuskorlik va mus- taqil iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan ham dalо1at beradi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, iqtisodiy faoliyatning turli yo‘nalishlari turli darajalardagi investitsion jozibadorlikka ega. Bundan tashqari, qurilish loyihalarida mavjud resurslaming cheklanganligi, ular qanchalik jozibali va rag'batlantiruvchi bo‘lishidan qat’iy nazar teng ravishda ishtirok etish imkoninini bermaydi.