Mavzu: raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar reja: Analogli signallar


Analog-raqamli signallarni almashtirish



Yüklə 412,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix18.05.2023
ölçüsü412,71 Kb.
#127015
1   2   3
Mavzu raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar reja A

Analog-raqamli signallarni almashtirish 
Aloqa kanallari. Kanal – bu ma’lumot uzatishdagi yo‘lidir. Turli kanallar 
turli spektrdagi radioto‘lqinlardan iborat. Sim orqali aloqaga kabel va 
optik tolali kabel kiradi. Simsiz aloqaning asosan ikki turi mavjud: 
Mikroto‘lqin va suniy yo‘ldoshlar. Aloqaning ham simli, ham simsiz turi 
elektromagnit spektordagi to‘lqinlardan iborat 
Analogli signalni raqamli signalga o‘tkazish 3 bosqichda amalga 
oshiriladi. 
1.Diskretlash 
2.Kvantlash 
3.Kodlash 
Diskretlash deb, vaqt bo‘yicha uzluksiz analog signalni malum bir qonuniyat 
asosida teng vaqt intervaliga ajratishga aytiladi.
Kvantlash deb, diskretlangan analogli signalni malum qonuniyat asosida 
kvantlash qadami yordamida gorizantal ravishda teng oraliqlarga bo‘lish. 


Kvantlash jarayoni
Raqamli-analog oʻzgartirgich (AROʻ) va raqamlm analog 
oʻzgartirgislarraqamli kattalikni unga proporsioanl boʻlgan elektr tok 
yoki kuchlanish koʻrinishidagi analog kattalikka oʻzgartirish uchun 
qoʻllaniladi.
Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli 
amallarni bajarishga moʻljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga 
asoslangan, kuchlanish boʻyicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻlgan 
(K U =10 4 ÷10 6 ) integral oʻzgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday
amallarga qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish, integrallash, 
differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi 
kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, 
koʻpaytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqa-
rorlashda qoʻllanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy 
teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OKlar
yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. 
AROʻlarni tuzishning turli usullari mavjud boʻlib, amaliyotda 
maxsus kuchaytirgich va rezistorlarda bajarilgan sxema keng qoʻllaniladi. 
AROʻ vazifasini OKda bajarilgan jamlovchi kuchaytirgich bajarishi mumkin 
(10.41-rasm). Kirishlar soni oʻzgartirilayotgan ikkilik kodning razryadlari


soni bilan aniqlanadi. K1-K4 kalitlardan har biri ochiq yoki berk holatda
boʻlish mumkin. Soddalik uchun K4 K3 K2 K1 ikkilik kirish soʻziga ega
boʻlgan toʻrtrazryadli RAOʻni koʻrib chiqamiz.
Mos razryadlardagi qarshilik qiymatlari 2 martaga farq qiladi. Bu holda,
mazkur RAOʻ sxemasi 0 dan 15 gacha boʻlgan natural qator sonlarini
ikkilik sanoq tizimdan oʻnlik sanoq tizimga oʻzgartiradi. Bunday 
oʻzgartirish mexanizmini koʻrib chiqamiz.
Jamlagich tomonidan bajarilayotgan amal, kirishdagi rezistorlarning
berilgan harshiliklari uchun quyidagi ifoda yordamida keltiriladi: 


Demak, RAOʻ kirishidagi ikkilik sanogʻidagi bir uning chiqishida 
oʻnlik sanogʻidagi birga, ikki - ikkiga, ..., 15 esa, 15 ga mos keladi.
RAOʻ registorlariga barharorlik va nominal aniqligi boʻyicha jiddiy 
talablar qoʻyiladi. Ayniqsa AROʻ keng temperatura intervalida 
ishlaganda. Bir hil va proporsional qarshilikli rezistorlarni
texnologik jihatdan rezistorli matritsali mikrosxemalar koʻrinishida
yasash qulay. Shuning uchun rezistorli matritsali modifikatsiyalangan
AROʻ keng tarqalgan variant boʻlib hisoblanadi. U ikki marotaba
koʻp sonli rezistorlardan tuzilgan boʻlib, ular atigi ikki nominalga R
va 2R teng boʻladi. Raqamli kodni boshqa usullarda kuchlanish va
tokka oʻzgartiruvchi AROʻlar ham mavjud.
10.42-rasmda keltirilgan AROʻ sxemasi, ikki marta integrallovchi 
yuqori aniqlikdagi AROʻ deb ataladi. 




Sxema ingeratorni boshqaruvchi kalitga ega boʻlib, uning ketidan nol-
komaprator deb ataluvchi solishtirish sxemasi joylashgan. Solishtirish
sxemasi uchta kirishli HAM ME yordamida hisoblagichni boshharadi.
Boshqaruv sxemasi (boshqaruv mantiqi) hisoblagichni boshharish uchun 
Mp takt signallari ishlab chiqaruvchi kvarsli avtogeneratorga ega. U 
boʻluvchi yordamida K kalitni boshqaruvchi U
1
(t) signalning t
I
vaqt 
intervalini shakllantiradi.
Ishlash prinsipini tushuntirish uchun 10.42-b rasmda keltirilgan vaqt 
diagrammalaridan foydalanamiz.
Boshqaruvchi mantiq K kalitni analog kirish signali oʻtishi uchun 
integrator kirishiga ma’lum t
I
vaqtga ulaydi. Bunda C integrallovchi 
kondensator 0 dan t
I
gacha boʻlgan vaqt intervalida ixtiyoriy tanlangan 
kirish signali qiymati boʻyicha (1,2 yoki 3) deyarli toʻgʻri chiziq 
qonuniga asosan zaryadlanadi. t
I
vaqt mobaynida kirish signali deyarli 
oʻzgarmas boʻlganligi sababli, u vaqt diagrammasida vaqt boʻyicha 
oʻzgarmas (1,2 yoki 3) qilib ifodalangan.
Vaqtning t
I
momentida mantiqiy boshqaruv kirishni K kalit 
yordamida R
2
etalon rezistori orqali yerga ulaydi. Bu momentdan 
boshlab kondensator razryadlana boshlaydi va chiziqli qonunga asosan 
U
I
(t) absolyut kattalik kamayib boradi. Razryadlanish potensial nolga 
teng boʻlguncha, ya’ni U
I
(t)=0 gacha davom etadi. Bu vaqt momenti 
grafikda t
1
, t
2
va t
3
lar orqali ifodalangan. Bu vaqt momentida nol-
komparator hisoblagichni toʻhtatadi.
Oʻzgartirish aniqligi hisob chastotasini, ya’ni Olib tashlash, Ishga 
tushirish, Cp signallarini sinxronlash yoʻli bilan keskin oshiriladi. Bunda 
AROʻning oʻzgartirish aniqligi 16 tagacha ikkilik razryadiga, ya’ni ½ 
16
=1,5·10
-5
ga teng boʻladi. Bunday AROʻ kuchlanish oʻlchash raqamli 
qurilmalarida qoʻllaniladi. Bir marta hisoblash vaqti 0,5 … 2 s ni tashkil 
etadi.
Prarallel kodlovchi AROʻlar katta tezkorlikka ega. Ularda analog 
signalni n-razryadli ikkilik kodga oʻzgartirish uchun 2
n-1
ta omparator 
ishlatiladi. Har bir komaparatorning ikkita kirishidan biriga rezistorli 


boʻlgich yordamida shakllanuvchi tayanch kulchanish beriladi. Ikkita 
yonma-yon joylashgan komaparatorlar tayanch kuchlanishlari farqi U/2 ga
teng. Bu yerda U- oʻzgartirilayotgan analog signalning maksimal 
qiymatiga mos keluvchi tayanch kuchlanish. Komaparatorlarning 
boshqa kirishlari ulangan boʻlib, ularga kirish signali beriladi. Ustuvorli 
shifrator chiqishda, ishga tushuvchi eng katta komparatorga mos
keluvchi raqamli signal shakllantiradi. Parallel kodlash usuli juda katta
tezkorlikka egaligi bilan ajralib turadi. Oʻzgartirishdagi kechikish vaqti
bir necha oʻn nanosekundni tashkil etadi. 10.1-jadvalda koʻrib oʻtlgan
AROʻ ISlarinig parametrlari keltirilgan. 
 
Nazorat savollari 
1. Kvantlash xatoligi deb nimaga aytiladi? 
2. Raqamli-analog o ‘zgartirgich deb nimaga aytiladi? 
3. Analog-raqamli o ‘zgartirgich deb nimaga aytiladi? 
4. Operatsion kuchaytirgich asosida bajarilgan jamlovchi raqamli-
analogo‘zgartirgich 
5. Yuqori aniqlikdagi analog-raqamli o‘zgartirgich sxemasi va vaqt 
diagrammalari. 
6. Parallel kodlovchi analog-raqamli o ‘zgartirgichning xususiyatlari. 

Yüklə 412,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin