mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish


Elektron tijoratni tashkil qilish modellar



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə42/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
1-Mavzu. Kirish

Elektron tijoratni tashkil qilish modellar


Elektron tijorat modellari kompaniya rivojlanish xayotiy tsiklining qanday bosqichida turganligiga bog’liq ravishda hamda mahsulot yoki hizmat bazorning qaysi segmentiga chiqarilishi rejalashtirilayotganiga bog’liq bo’lib, quyidagi asosiysegmentlarga bo’linadi:

  • Biznes-biznes (B2B).

  • Biznes-iste’molchi (B2C).

  • Iste’molchi-iste’molchi (C2C).

  • Biznes-Davlat (B2G).

  • Davlat-Biznes (G2B).

  • Davlat-Fuqarolar (G2C-Government to Citizens)).

  • Davlat-Davlat (G2G).

  • Biznes-Hamkorlar (B2P Business to Parners).

  • Biznes-Hodimlar (B2E Business to Employee).

  • Biznes-Biznes-Iste’molchi (B2B2C – Businees to Busines to Customer).

Bular bozorning ko’pchilik kompaniyalar faoliyat ko’rsatadigan eng ommabop segmentlari bo’lib, xar bir bozorning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, B2B bozori o’z hajmi bo’yicha B2C bozoridan bir necha marta kattadir. B2G bozori esa asosan davlat elektron xaridlari tizimi vositasida faol rivojlanmoqda.
Muvaffaqiyatli biznes model qurishning eng asosiy faktorlaridan biri kompaniyaning bozordagi o’rnini aniqlashdir. Iste’molchilar portreti va iste’mol sektorini qamrab olish kriteriyasi bo’yicha bozorning quyidagi turlarini ajratibko’rsatish mumkin:

  • Ommaviy bozor – aholining ko’pchilik qismi bir-boroga o’zshash iste’mol talablariga ega bo’ladi. Misol sifatida xalq iste’moli tovarlari bozorini keltirishimi mumkin.

  • Mahsulot yoki xizmatda yo’nalgan bozor – aholining ozgina qismi bir-biriga o’xshash iste’mol talablariga ega bo’ladi. Masalan, keng iste’mol tovarlari bozori.

  • Ko’p profilli korxonalar bozori–bunday bozorlarda kompaniyalar turli xil guruxlarga oid bo’lgan iste’molchilar bilan ishlaydilar. Ba’zilarga ommaviy hizmat ko’rsatadilar, boshqlariga esa maxsus xizmat turlarini taklif qiladilar. Kompaniyani bozorga olib chiqqanda biznesni kengaytirish uchun kompaniyaningchegaraviy imkoniyatlarini ham hisobga olish lozim bo’ladi. Albatta kata kompaniyalar ommaviy bozorlarda yaxshi faoliyat ko’rsata oladilar,

Ko’p imkoniyatga ega platformali kompaniyalar boshqa modellar ichidaalohida ajralib turadilar, chunki ular bozorning turli talablarga ega bo’lgan iste’molsegmentlariga hizmat ko’rsata oladilar. Bunday kompaniyalar jumlasiga Alibaba Group, Facebook, Google kabilarni kiritishimiz mumkin. Masalan, Alibaba Group o’z qidiruv tizimiga, ijtimoiy saytiga, to’lov tizimiga, auktsioniga va boshqa servislariga ega. Bozor ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilishga mo’ljallangan wordstat.yandex.ru, Google AdWords adwords.google.com kabi yangi elektron servislarning paydo bo’lishi biznesga bozorlardagi talabni tezkor o’rganish imkoniyatlarini taqdim qildi. Bunday usullarning nomi kalit so’zlr statitikasi degan nom oldi. Masalan, ommabop komp’yuter o’yini Angry Birds ni har kuni bir millionga yaqin odan yuklab olgan ekan. Soha ekspertlarining fikrlaricha, agarda 3000 ta atrofida qidiruv talabi bo’lgan taqdirda bu mahsulot yoki hizmatga talab bor degan fikrga kelish mumkin. Elektron biznes talabni aniqlashning qidiruv talabi usulidan tashqari, bozorning emotsionalliligini baholash usulidan ham foydalanadi. Bu baholov usuli vositasida ijtimoiy mediya, chatlar va forumlarda ushbu mahsulot yoki xizmatning muxokamasida potentsial mijozlarning faolligini aniqlanadi. Bozor ma’lum qismining emotsionalligi undagi insonlarning ushbu mahsulot yoki xizmatga qanday fikr bildirishlari, ularning bu jarayondagi faolligi va bu narsa ularga qanchalik kerakligidir.
Elektron savdo maydonlarini tashkil qilish modellarining esa quyidagi bir qancha asosiy turlari mavjuddir:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin