mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish


Internet magazinlarning biznes-modellari



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə44/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
1-Mavzu. Kirish

Internet magazinlarning biznes-modellari


Ilk internet-magazinlar tashkil qilishda talablar asosan telefon yoki elektron pochta orqali qabul qilinar va mahsulotni yetkazin berish kur’er xizmatlari vositasida amalga oshirlar edi. Xozirgi vaqtda esa xaridorlar barcha ishlarni onlaynusulda amalga oshirishni afzal ko’radilar, ammo o’tmishdan qolgan call-center tushunchasi zamonaviy internet-magazinlar tuzilmasida xaligacha ishlatiladi. Infratuzilma bo’yicha barcha internet-magazinlar ikkita asosiy tarkibiy qismdan iborat bo’ladilar:

  1. Front-ofis – web-sayt korinishidagi elektron vitrina;

  2. Bek-ofis – kontentni boshqarish tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va boshqalar.

Internet-magazinlar ishini tashkil qilish xususiyatlariga bog’liq ravishda ular infratuzilmaviy modellarining quyidagi turlari mavjud:

    • Elektron vitrina yoki front-ofis – bu faqat web-sayt ko’rinishida bo’ladi va unda tovarlar haqidagi ma’lumot web-saytda johlashtiriladi, zakaz esa telefon yoki e-mail orqali qabul qilinadi;

    • Avtomatlashtirilgan magazin yoki front-ofis plyus bek-ofis –ma’lumotlar bazalariga ega bo’lgan web-sayt ko’rinishidagi yagona tizim ko’rinishida bo’ladi. Web-saytga ma’lumot bazalari ulangan bo’ladi va saytga kiruvchi unda ombordagi tovarlarning joriy xolatini ko’ra oladi;

    • Savdo internet-tizimi–bunda yagona tizim internet-magazinni va oflayn savdoni sinxronizatsiya qilib turadi.

Amaliyotda shaxsiy internet-magazin tashkil qilishning bir qancha usullari mavjud:

  1. Eng oddiy funktsiyalarni bajara oladigan internet-magazinni o’z imkoniyatlari doirasida amalga ishirish;

  2. Tayyor internet-magazinni ijaraga olish–hozirgi davrda ijara shartlarida hizmat ko’rsatishning to’la tsiklini ta’minlab bera oladigan hamda tegishli servislarni tanlashga imkon beradigan turli xildagi ommabop platformalar – internet-magazinlar konstruktorlari bu ishni uddalashga imkon beradi. Misol sifatida InSales.ru konstruktorini keltrishimiz mumkin (http://www.insales.ru/all_features). Ushbu platforma tizimga bir qancha servislarni va ilovalarni qo’shishga imkon beradi, shu jumladan:

    • Yetkazib berish xizmati Pick Point, Shop-Logistics, InPost, B2CPLva CDEK.

    • Yetkazib berish xizmatlari agregatorlari Sheepla, DDelivery, Checkout, InSales.Dostavka.

    • Hisob-kitob tizimlari 1C, Moy Sklad, Bolshaya Ptitsa, Comerando EKAM).

    • To’lov tizimlari Qiwi, Robokassa, PayMaster, Yandex.kassa.

    • Marketing uskunalari Giftd, Sale Online Reputation, Roistat, ByteHand, Unisender, Mailchimp.

    • Reklama servislari Shopberry, Seopult, Get4click, Seopult. Yuqoridagilardan tashqari, tizimda pochta tarqatuvi tashkil qilish imkoniyatlari, xamkorlik tarmog’iga ulanish, onlayn-cha tashkil qilish va onlayn maslaxatchiga ega bo’lish imkoniyatlari ham mavjud. Elektron savdo maydonchasini tashkil qilishning bunday usuli iqtisodiy jihatdan eng foydali hisoblanadi. Internet- magazinning tayyor shablonini tekinga olish mumkin hamda tizimda hisobga olinish shartlarida har oylik yordamlar va maslahatlar uchun to’lovlar to’lab turiladi, holos. Tizmni ishga tushirishning to’liq narxi mobil versiya ishlab chiqarish zarurligidan, funktsiyalar soni bo’yicha, assortiment kattaligidan, mul’titillilikdan, SEO-fil’trlar bormi yoki yo’qligidan, himoya protokollari qandiligidan, SSL-sertifikatlar borligidan, baholar va qoldiqlarning avtosinronizatsiyasidan va1C bilan sinxronizatsiya qilinganligi bilan aniqlanadi.

  3. Internet-magazinning tayyor dasturiy ta’minotini sotib olish – ushbu xolda internet-magazin tashkil qiluvchi o’zining shaxsiy va qimmat bo’lgan infratuzilmasini yaratishi va uni sozlab turishi talab etilmaydi, bunda unga faqatgina internet-vitrina ya’ni web-sayt kerak bo’ladi xolos. Bunda tayyor internet-magazin moduli o’z tarkibiga yagona platforma sifatida to’liv tizimini, vitrinani, korzinani va boshqa bir qancha servislarni qamrab oladi.

  4. Zakaz bilan qilinadigan unikal internet-magazini tashkil qilish – Bu eng murakkab, qiyin va qimmat usul hisoblanadi, chunki bu xolda elektron savdo tizimini noldan boshlab ishab chiqish, uni tekshirish, testlashtirish va ishga tushurush talab etiladi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan internet magazinlari biznes-modellari orasida eng muvavvaqiyatlilari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin