mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə53/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
1-Mavzu. Kirish

5


(audio va matnli ko’rinishdagi) ma’lumotlariga javob bergan xolda ta’lim oladi. Ammo Mikrosoftning ushbu raqamli o’qituvchisi navbatdagi oddiy chat-bot emas, balki undagi sun’iy intellekt algoritmi foydalanuvchining javoblarini tahlil qilgan xolda uni o’qitish uchun kerakli bo’lgan imkoniyatlarni tanlaydi va shuning asosida ta’lim jarayonini amalga oshiradi. Real hamsuhbatni imitatsiya qilish uchun raqamli o’qituvchiga dastur interfeysi ham yordam beradi. U Osiyoda ommabop bo’lgan WeChat messenjeriga o’xshab ketadi. Shunday qilib, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi ta’limni asta-sekinlik bilan o’zgartirib, bilim olish jarayonini soddalashtiradi. AQSH da turli xildagi servislar maktab o’quvchilariga uy vazivalarini tezroq bajarish imkonini yaratadilar. Bu tendentsiyalar tufayli oddiy o’quv qo’llanmalar, o’quv qo’llanmalar va referatlarning aktualligi sekin-asta yo’qolib bormoqda. Chunki har bir o’quvchi kerakli ma’lumotlarni topish uchun googldan, vikipediyadan yoki elektron kutubxonalardan foydalanish imkoniyatiga ega. Hozirgi paytda raqamli elektron ko’rinishdagi informatsiya yetarli bo’libgina qolmay, balki keragidan ham ko’proqdir. Faqatgina talaba va o’quvchilar kerakli ma’lumotlarni qaerlardan olish mumkinligini bilsalar bas. Talabalaga ta’lim beruvchi o’qituvchilar, repetitorlar va masofaviy ta’lim pedagoglari yoshlarga bilim berish uchun elektron yordamchilardan keng miqyosda foydalanmoqdalar. Masalan, Djordjiya universiteti o’qituvchisi Ashok Goel alohida o’quv kanalida talaba chat-boti uchun raqamli yordamchini ishga tushurgan. U Djil Uotson chat- botiga talabalar uchun to’g’ri va insonga hos javob tanlash uchun forumlardan 40 mingta ma’lumotni joylashtirdi. Bu algoritm talabalarga nafaqat uy vazifalarini bajarishga ko’mak beradi, balki smartfon yordamida darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishga ham imkon beradi. Xozirda Yotsonnikiga o’xshash botlar dunyodagi barcha yetakchi universitetlarga tadbiq qilinmoqda. Ulardan biri Oslodagi BI Norwegian Business School dir. Massachusets texnologiya instituti media laboratoriyasida ishlab chiqilgan Tega ismli robot o’quvchiga individual yondoshuv asosida ta’lim beradi. Ushbu ta’lim muassasasida talabalar ispan tilini Tega roboti bilan birgalikda planshet komp’yuterda o’yinlar vositasida o’rganishadi. Ta’lim jarayoni o’qituvchi sifatida emas, balki sinfdosh yoki kursdosh bilan birgalikda ta’lim olish ko’rinishida tashkil qilingan. Masofaviy ta’limning zamonaviy servislari ham yangi raqamli texnologiyalar vujudga kelishi bilan o’zgarib ketmoqda. Masalan, Duolingo servisi chet tillarni o’qitishda o’z botini ishlatmoqda. O’quvchi chat-botga savol beradi va javobini tezlik bilan oladi.Ammo sun’iy intellektning tezlik bilan rivojlanishi chat-bot bilan va repetitor bilan bo’ladigan mashg’ulotlarni o’tmishda qoldirishi mumkin. Chet tillarni o’rganish uchun mo’ljallangan Parla dasturi ham sun’iy intellektga asoslangan raqamli o’qituvchi yaratishga bo’lgan katta bir qadam deyish mumkin. Undagi ta’lim texnologiyasi o’quvchining bilim darajasini tahlil qilgan xolda uning uchun individual ta’lim dasturini yaratadi va uni talabaga moslashtiradi. Bu tizimni ishlab chiqqanlarning fikricha, to’g’ri va xato savollarni, misol va masalalarning yechich tezligini, talabaning qiziqishini hisobga olgan xolda sun’iy intellekt dasturi uning uchun o’qitishning individual yondoshuvini topa oladi. Parla va Mikrosoft kabi ta’lim dasturlari yaqin 5-10 yillar ichida mobil o’qituvchilar paydo bo’lishini anglatadi. Bu boradagi muammolarni o’rganish jarayonida bir savol tug’ladi: “Negakomp’yuterlar vosidasida o’qitish jarayoni insonlarnikiga qaraganda yaxshi deb hisoblash mumkin?”. Chunku, birinchidan, zamonaviy raqamli information jamiyatda aqlli mashinalardan cho’chish hissi borgan sari kamayib bormoqda. Ikkinchidan, ko’pchilik mamlakatlarda malakali o’qituvchilar yetishmaydi va bu yetishmovchilikning o’rnini iloji boricha tezlik bilan raqamli texnologiyalar vositasida to’ldirish zarur. PISA 2009 o’tkazgan izlanishlardan ham ma’lum bo’ldiki, Braziliyada 35% va Meksikada70% oqituchilar sifatli ta’lim berish uchun yetarli bo’lgan malakaga ega emas ekanlar.Xindiston, Xitoy va Yaponiyada ham yuqori malakali o’qituvchilar soni unchalik ko’p emas. Bot.Me: A Revolutionary Partnership deb nomlangan ilmiy izlanishda so’rov o’tkazilgan insonlarning 63% qismi sun’iy intellekt bilan jihozlangan mashinalar insoniyatning ko’pgina muammolarini hal qilib berishiga ishonishlarini bildirganlar. An’anaviy ta’limdagi yana bir muammo – har bir talabaning har xil tezlik bilan bilim olishidir. Kimlardir bir marta o’qiganda barcha materialni tushunib olishsa, boshqa talabalarning berilgan o’quv materialini o’zlashtirib olishlari uchun ancha vaqt kerak bo’ladi. O’qituvchining esa talabalarni guruxlarga bo’lib, ularning o’zlashtirishdarajalariga mos ravishda o’qitishni tashkil

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin