Tayanchiboralar:BigData,neyronlar,blokcheyn.To‘ldirilganreallik Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi raqamli inqilobdan boshlandi. Raqamli inqilob 1950 yillarning oxirlarida paydo boʻlgan mexanik va analog elektron texnologiyalardan raqamli elektronikaga oʻtish davridir.
Ushbu atama XX asrning ikkinchi yarmida raqamli hisoblash va aloqa texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan tub oʻzgarishlarni ham anglatadi. Qishloq xoʻjaligi va sanoat inqiloblari singari, raqamlashtirish yangi, ya’ni raqamli davrni boshlab berdi.
Raqamli iqtisodiyotning soʻnggi texnologiyalariga katta hajmli ma’lumotlar, neyrotexnologiyalar, sun’iy intellekt, taqsimlangan reyestr tizimlari (blockchain), kvant texnologiyalari, yangi ishlab chiqarish texnologiyalari, sanoat Interneti, robototexnika, sensorika, simsiz aloqa, virtual va toʻldirilgan voqelik kabilar kiradi.
Kattahajmlima’lumotlar(BigData)
Katta hajmli ma’lumotlar 2000-yillarning oxirida paydo boʻlgan va ma’lumotlar bazasini boshqarishning an’anaviy tizimlari va Business Intelligence sinfidagi yechimlarga muqobil boʻlgan gorizontal miqyosli(scale-out) dasturiy vositalar yordamida samarali ishlov berilgan yetarlicha xilma-xillikda tuzilgan tarkiblangan va tarkiblanmagan ulkan hajmli ma’lumotlarni anglatadi. Ular axborotni taqsimotli tahlil qilish imkonini beradi.
Katta hajmli ma’lumotlarning tahlili avvaldan noma’lum boʻlgan yangi axborotni olish uchun amalga oshiriladi. Bunday topilma-ixtirolar topishmoq, tasodifiy anglashni bildiruvchi insayt deb yuritiladi.
Big data atamasini Nature jurnalining muharriri Klifford Linch tomonidan 2008 yil jahon axborot hajmining jadal oʻsishiga bagʻishlangan maxsus sonida qoʻllanilgan. Bungacha ham katta ma’lumotlardan foydalanilgan. Kuniga 100 Gbt dan ortgan axborot oqimini Big data guruhiga kiritiladi.
rasm.Internetvamobiltexnologiyalar
Big Dataning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun “5V”qoʻllaniladi.
rasm.5Vningdoiraviyharakati
2-rasmda keltirilgan 5 V ning har biriga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.