mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə36/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
1-Mavzu. Kirish

Mavzu yuzasidan savollar

  1. Kraudsorsing nima?

  2. Kraudsorser kim?

  3. Kraudsorsing platformasi haqida ma’lumot bering.

  4. Tijorat kraudsorsingi majburiy belgilari nimalar?

  5. Kraudfanding platformalari haqida ma’lumot bering.

11 – MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI






asoslari
Reja

  1. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlari, huquqiy




  1. Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasiga xizmatlar ko‘rsatishning amaliy

ahamiyati

  1. O‘zbekistonda biznes sub’ektlarini raqamlashtirishni jarayonlari

Iqtisodiyotda bugungi kunda ro‘y berayotgan va yaqin kelajakda bashorat qilinayotgan o‘zgarishlar butun ta’lim sohasiga daxl qilgan holda
OTM muhitiga tobora katta bosim ko‘rsatib, ularning diplomlari qimmatliligi masalasini ilgari surmoqda. Onlayn ta’lim sur’ati kuchaya boshlagan, biznes kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash korporativ tizimi shakllantirilayotgan, kasbiy standartlar ishlab chiqilayotgan va ularga muvofiqlik borasida o‘z standartlarini taqdim etayotgan sharoitlarda an’anaviy oliy ta’lim muassasalari nimalarni taklif qilishi mumkin?
Hozirgi davrda universitetlar va boshqa OTM muassasalari oldida raqamli iqtisodiyotga o‘tishning dolzarb vazifalari turadi: oldindan ma’lum qilingan yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlash bilan birga, dasturlar to‘plamini kengaytirish va talabalar raqamli iqtisodiyot talab qiladigan ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi va bilim olishi mumkin bo‘lgan zarur sharoitlar yaratish eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Oldinroq qayd etganimizdek, raqamli samaralarning tarqalish tezligi turli tarmoqlarda turlicha bo‘ladi. Amaldagi an’anaviy iqtisodiyot uchun ham, raqamli iqtisodiyot uchun ham kadrlar tayyorlashni uyg‘unlashtirish zarurati aynan shu bilan izohlanadi. Lekin shunga qaramay, o‘tish davri davomida universitetlarning yangi ta’lim modellari shakllanishi lozim.
Ekspertlar bu modellar asosida shakllantirib borilayotgan bir qator yangi mutaxassisliklarni ajratib ko‘rsatadilar:

  • atrofdagi olamni modellashtirish funksiyasini maksimallashtirish, ya’ni modellashtirish funksiyasi. Bunda universitet, shartli qilib aytganda, atrofdagi olamni modellashtirish hamda yaratishga qodir bo‘lgan kadrlar va pedagoglar tayyorlaydi;

  • tizim darajasida yangi modellar yaratish uchun yetarli bo‘lgan resurslarni investitsiya qilish;

  • “Rocket unicorn university” modeli, ya’ni yakka insonlar yaratadigan universitet modeli. Uning asosida shakllanadigan yangi startaplar yaratish funksiyasini amalga oshirish;

  • bugungi kunda “singularity university” modelida dunyoda namoyon bo‘lgan mafkurani atroflicha o‘rganish;

  • o‘qishdan manfaatdor bo‘lgan talabalarning muammolarini hal eta oladigan motivatsiyani joriy qilish;

  • iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ya’ni har qanday yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan iqtidorli talabani rag‘batlantirish;

  • milliy iqtisodiyotning raqobatli ustunliklarini mustahkamlash, birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyot sohasida, dasturlashda va global bozorda ishlaydigan kompaniyalar borasida imtiyozlar joriy qilish;

  • universitet butun missiyasini dunyoni ag‘dar-to‘ntar qilib yuboradigan qandaydir bitta yangi brend-mahsulot yaratishga bag‘ishlaydigan da’vatni qo‘llab-quvvatlash;

  • jamg‘arilgan bilim kapitalini rag‘batlantirish;

  • kredit tizimini keng joriy qilish, ya’ni bugungi kunda kredit beruvchi tomonidan belgilab berilgan me’yoriy doiralar bilan cheklangan o‘qitishdagi vazifalarni hal qilish uchun mavjud kompetensiyalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni maksimal darajada jalb qilish.

Albatta, sanab o‘tilgan funksiyalar universitetlar guruhiga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lib, ekspertlar ular qatoriga global tadqiqot universitetlarini ham kiritadi. Bu universitetlar, tadqiqotlardan tashqari, loyiha universitetlari sifatida startaplarni rivojlantiradigan, o‘z bitiruvchilari uchun yangi bizneslar, yangi ijtimoiy tashabbuslar, klublar va boshqalar uchun qulay muhit yaratadigan zamonaviy oliygohlar sifatida ta’lim raqobatida ishtirok qiladi.
Ta’lim muassasalarining yana bir muhim guruhiga global fanda raqobat qila olmaydigan, lekin mintaqalarda intellektual markazlashuv markazlari sifatida ishtirok etishi zarur bo‘lgan universitetlar kiritiladi. Ularda birinchi o‘ringa ijtimoiy funksiya – mahalliy bizneslar va ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish hamda keng madaniy shablon yaratish ham qo‘yiladi. Bunda tayanch mintaqaviy OTMlarini ajratish, ularga ekspertlar mutlaq aniq tayanch sifatida belgilagan, kengaytirilgan universitet funksiyalarini taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Universitetlarning uchinchi turi onlayn (masofaviy) o‘qitish jarayonlariga xizmat ko‘rsatishga qaratiladi. Amalda bular talabalarga ular o‘tgan ko‘p sonli qisqa kurslardan ma’lum bir sertifikat olishiga yordam beradigan universitetlar. Korporatsiyalar hamda tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan korporativ universitetlar alohida guruhni tashkil qiladi. Universitetlarning yana bir turi – hozirgi kollejlardan, akademik litseylardan yetishib chiqishi lozim bo‘lgan universitetlar. Bu hodisa hozirda ko‘pchilik mamlakatlarda amaliy bakalavriat deb ataladi, lekin bu amaliy bakalavriatdan ko‘ra kengroqdir.
Bashoratlarga ko‘ra, 2030 yillarga kelib, mehnat bozorida qo‘li bilan ishlaydigan odamlar kasblari taqchil va yuqori nufuzli bo‘lib qoladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, bir xil sohalarda faoliyat yuritayotgan universitetlar o‘rtasida ulkan raqobat sektori yuzaga keladi. Yangi sektorga yirik kompaniyalarning o‘quv markazlari ham, ixtisoslashgan firmalar ham, bozorda yuzaga keladigan ta’lim startaplari ham taalluqlidir. Universitetlar tez o‘zgaradigan, kuchli individuallashgan talablarni qondirish uchun juda muhim bo‘lib, bu albatta, ushbu sektorning tijorat sohasidagi taraqqiyoti uchun katta imkoniyatlar taqdim etadi.
Hozirgi paytda ko‘pchilik mamlakatlarning bir qator yetakchi OTMlari, tashqi cheklovlar va ichki to‘siqlarga qaramay, raqamli iqtisodiyot da’vatlariga mos ravishda javob bera oladigan ta’lim muhitini shakllantirishga kirishdilar. Raqamli iqtisodiyot sohasida ta’lim berish va kadrlar tayyorlash sohasida asosiy o‘zgarishlardan biri – keng insonparvarlik tamoyili hisoblanishi sababli, birgalikdagi ta’lim dasturlari ishlab chiqish uchun gumanitar va texnik OTM salohiyatini integratsiyalash istiqbolli yo‘nalishga aylanishi mumkin. Hozirgi kunda dunyoda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar hayotning barcha jabhalariga kirib kelmoqda. Bu esa raqamlashtirish bo‘yicha ta’lim olish usullarini tubdan o‘zgartiradi. Biroq avvalgidek, ko‘plab muammolar saqlanib turibdi: raqamli texnologiyalarga ulanishdagi tengsizlik, turli sabablarga ko‘ra ta’lim sifatining pasayishi, uning merkantillashuvi (pul bilan baholanishi). Binobarin, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishda, ta’lim olish imkoniyatlarining teng bo‘lishida xizmat qilishiga katta e’tibor qaratish lozim. Busiz respublika amaliy ta’lim hamjamiyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha olmaydi. Inson raqamli iqtisodiyotning asosiy elementiga aylangan sharoitlarda ta’lim nafaqat ijtimoiy ne’mat va insoning asosiy huquqi ma’nosiga, balki murakkab vazifa – tubdan tamaddun o‘zgarishlari sharoitlarida “kelajakni ishga tushirish” mexanizmini hal etishi lozim bo‘lgan strategik ustuvorlik mazmuniga ham ega bo‘ladi. Hozirgi kunda dunyoda iqtisodiyot tuzilmasi tubdan o‘zgarmoqda – tobora ko‘plab odamlar tovar ishlab chiqarish bilan emas, balki axborot olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanmoqdalar.
Umuman, hamma uchun odatiy bo‘lgan an’anaviy iqtisodiyot o‘rniga bir qator yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan raqamli iqtisodiyot eshik qoqmoqda:

  • axborot resursi va uning doiraviy aylanishi;

  • internetda savdo maydonlari cheklovlarga ega emasligi (dunyoda Amazon kompaniyasi savdo maydonlari katta va tovarlar 350 million modelga ega);

  • kompaniya o‘lchami uning raqobatbardoshligiga ta’sir etmasligi;

  • bitta moddiy resursdan turli xizmatlar taqdim etish uchun cheksiz marta foydalanish mumkinligi;

  • operatsion faoliyat ko‘lami asosan Internet tizimi imkoniyatlari bilan belgilanishi.

AQShlik tadqiqotchi D.S.Robertson axborot matematik nazariyasining miqdoriy o‘lchovlariga tayanib, rivojlangan jarayonlarning bir-birini kuchaytirib berishidan kelib chiqib, “tamaddun – bu axborot” formulasini ilgari surdi. O‘z tadqiqotlaridan kelib chiqib, u ishlab chiqariladigan axborot miqdori bo‘yicha tamaddunning rivojlanish darajalarini quyidagi tarzda pog‘onalarga ajratdi:

  • 0-daraja – alohida olingan bir odamning miyasi axborot sig‘imi – 107 bit;

  • 1-daraja – jamoa, qishloq yoki mahalla ichida og‘zaki muloqot muomalada bo‘ladigan axborot miqdori - 109 bit;

  • 2-daraja – yozma madaniyat: jamiyatning axborotlashganlik o‘lchami bo‘lib 1011 bit axborot joylagan, 532800 qog‘oz o‘ramiga ega bo‘lgan Aleksandriya kutubxonasi xizmat qiladi;

  • 3-daraja – kitob madaniyati: yuzlab kutubxonalar mavjud bo‘lib, ular o‘n minglab kitoblar, gazeta va jurnallar saqlaydi, ularning umumiy sig‘imi bir lahza minglab terabaytlar deb baholanadi;

  • 4-daraja – hajmi bir necha ming zetabayt va petabayt bo‘lgan axborot elektron qayta ishlanadigan axborotlashgan jamiyatning mavjudligi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan aytish mumkinki, axborot mehnat unumdorligining o‘sishiga xizmat qilishi hamda ijtimoiy boylik ishlab chiqarishning moddiy tarkibiy qismida qo‘shilgan qiymat yaratishi lozim va bu axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotida uning birinchi iqtisodiy mazmuniga aylanadi. Axborot “xomashyo” sifatida inson, tabiat va turli texnik qurilmalar tomonidan yaratiladi. Ular tomonidan iste’mol ham qilinadi, qayta ishlash uchun axborotni uzatish, saqlash, qidirish va yetkazish masalalarini hal qilish talab qilinadi. Buning uchun “transport” (magistral va lokal tarmoqlar, aloqa tizimlari), “omborlar” (ma’lumotlar markazlari), “texnika” (kompyuterlar), “vositalar” (dasturiy ta’minot) yaratiladi. Ya’ni iqtisodiyotda jamiyatning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar sohasining ma’lum bir segmentlari shakllantiriladi.
Raqamli iqtisodiyot yoki boshqacha qilib aytganda, web-iqtisodiyot zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qilinadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimini ifodalaydi. Raqamli iqtisodiyot zamonaviy jamiyatda kundalik voqelikka aylanadi, undan foydalanish tufayli barcha tarmoqlar samaradorligi ortadi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari sifat va son jihatidan ortadi – kompyuter orqali deyarli barcha operatsiyalarni amalga oshirish: pul to‘lash, tovarga buyurtma berish, kerakli axborot qidirish mumkin bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyot davrida axborot eng muhim rol o‘ynaydi va u ulkan qiymatga ega bo‘lgan asosiy nomoddiy aktivga aylanadi.
Hozirgi bosqichda axborot rivojlanishidagi bosh tendensiya sun’iy intellekt va kommunikatsiya vositalari sohasidagi yutuqlar bilan birgalikda kompyuter texnikasini takomillashtirishdan iborat. Bugungi kunda axborot dunyoda jamiyatning asosiy ijtimoiy qadriyatlaridan biriga aylanmoqda. Axborot texnologiyalari jamiyat tomonidan axborot resurslaridan foydalanish jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Ular bir nechta tadrijiy bosqichlardan o‘tgan bo‘lib, ularning almashinuvi asosan axborot izlash va qayta ishlash, foydalanish uchun yanada zamonaviy texnologik vositalar paydo bo‘lishi bilan asoslanadi. Jamiyat taraqiyotining hozirgi bosqichi axborot texnologiyalari segmenti yo‘nalishining texnik bazasini rivojlantirishdan strategik ustunlik yaratish uchun ochiq vositalar qo‘llash tomon o‘zgarishi bilan
tavsiflanadi. Shunga muvofiq, ma’lumotlarni qayta ishlashning har xil turlaridan foydalangan holda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga oid bir nechta nazariyalar mavjud.
2017 yil raqamli iqtisodiyot hal qiluvchi bosqichga kirdi, sayyoramiz aholisining yarmi internetga ulandi. Internet asri boshlandi. McKincey (MGI) global instituti baholariga ko‘ra, yaqin
20 yil ichida dunyo ishlab chiqarish operatsiyalarining 50%gacha bo‘lgan qismi avtomatlashtiriladi, bu jarayon ko‘lami bo‘yicha XVIII-XIX asrlarda ro‘y bergan sanoat inqilobi bilan taqqoslanishi mumkin. Jamiyatni axborotlashtirishda axborot texnologiyalarining bir necha marta o‘sishi, axborot resurslari iste’mol sur’atining ortishi ijtimoiy ishlab chiqarish sektorida mehnat unumdorligining sezilarli ortishiga javob reaksiyasi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kabi iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, jamiyatni axborotlashtirish muammosining yechimi rivojlanishning global maqsadi hisoblanib, sayyoramizning tubdan rivojlanishi yangi darajasiga o‘tishi bilan bog‘lanadi.
Yuqori tezlik raqamli iqtisodiyot alomatlaridan biridir. Tezlikning o‘sishi hamma joyda, ayniqsa, buyurtmalarni bajarish, axborot yaratish, olish, qayta ishlash va jo‘natishda ro‘y bermoqda. Har qanday harakatdan zudlik bilan javob olish kutilmoqda. Raqamli iqtisodiyot zamonaviy jamiyat faoliyatining barcha sohalarida ham eskicha tartibni shiddat bilan soniya ichida siqib chiqarmoqda, kundalik takrorlanadigan zerikarli operatsiyalarni avtomatik ravishda bajarishga va optimal qarorlar qabul qilish uchun axborotni tez taqdim etishga imkon bermoqda. Raqamli iqtisodiyotda asosiy rolni axborot tizimlari egallaydi. Aloqa operatori uchun bunday tizimlar, birinchi navbatda, operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari (OSS – operation support sistems) va biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimlari (BSS – business support sistems) hisoblanadi. Ular ichki biznes-jarayonlarning amaliy ta’minot toifasini ifodalashi sababli, ularni o‘zgartirish – biznesjarayonlardagi o‘zgarishlarga javobdir.
Axborot texnologiyalarining qo‘llanishi bilan jamiyatning barcha qatlamlarida, shaxsiy hayotda ham katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, odamlarning turmush tarzi tubdan o‘zgarmoqda. Yangi kasblar va o‘zaro aloqa vositalariga ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Axborot infratuzilmasi, axborot to‘plash, shakllantirish, tarqatish va foydalanishni amalga oshiradigan sub’ektlar yig‘indisini ifodalaydigan elektron resurclar, shuningdek, bunda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish tizimining roli o‘smoqda. Bunda, albatta, mutaxassislarni raqamli sektorga kiritish masalasi vujudga keladi. Masalan, raqamli iqtisodiyot sohasida O‘zbekistondagi Yandex Taxi, My taxi haydovchilarini yoki aloqa ob’ektlari uchun binolarni loyihalashtiradigan muhandislar va iqtisodchilarni shu guruhga qo‘shishimiz kerak. Biroq, aslini olganda, bu unchalik muhim ham emas. Ko‘rsatkichning mutlaq hajmi emas, yildan yilga o‘zgarmas koordinatalar tizimida uning dinamikasi ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Bunday yondashuvning kuchli tomonlari juda ko‘p, chunonchi:

    • makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimidan o‘rin olgan holda aynan “raqamli” va aynan “iqtisodiyot”ni aks ettirishi lozim;

raqamli texnologiyalarga ham, kadrlarga ham talab uning dinamikasi bilan bog‘liq; qisqa va ixchamligi bilan birga, ko‘rsatkich qiymati yildan yilga o‘sishi uchun nimani va
qanday rivojlantirish zarurligi borasidagi qarashlarni tubdan o‘zgartiradi.
Har qanday mamlakatning axborot makoni ma’lum bir strategik va taktik funsiyalarni bajarishni ko‘zda tutadi. Begona axborot kirib kelishidan himoya qilishga, aynan ijtimoiy o‘xshashlik yaratishga yo‘naltirilgan strategik funksiyalar badiiy va yangiliklarga oid kommunikatsiyalar vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy boshqaruvning muayyan vazifalarini bajarishga, hukumat tashabbuslarini qo‘llabquvvatlashni tashkil qilishga, aholini qisqa muddatli hodisalardan xabardor qilishga xizmat qiladigan taktik funksiyalar asosan yangiliklarga oid kommunikatsiyalar bilan bajariladi. Strategik funksiyalar ham, taktik funksiyalar ham, ayniqsa, inqirozli davrlarda voqelikni talqin qilish umumiy modellarini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
Jamiyat rivojlanishining turli davrlari, tabiiyki, o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega bo‘ladi. Jamiyatni axborotlashtirish, raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ijobiy tomonlariga Jahon banki ham alohida to‘xtalib, bu jihatlarga o‘zining 2016 yilda “Raqamli dividendlar” sharhida quyidagilarni kiritadi:

  • mehnat unumdorligining o‘sishi;

  • iqtisodiy barqarorlikka erishish;

  • kompaniyalar raqobatbardoshligining ortishi;

  • ishlab chiqarish harajatlarining pasayishi;

  • yangi ish o‘rinlari yaratilishi, bandlikning ortishi

  • qashshoqlik va ijtimoiy tengsizlikning bartaraf qilinishi;

  • o‘rta daromadli sinfning vujudga kelishi.

  • kibertahdidlar riski;

  • odamlar xulq-atvorini boshqarish uchun ular haqida ma’lumotlardan foydalanish, masalan, mobil telefondagi ma’lumotlardan;

  • ishsizlikning o‘sishi, ma’lum bir kasblarning yo‘q bo‘lib ketishi;

  • raqamli ta’limdan uzilish va buning oqibatida farovon- likdan uzilish;

  • elektron firibgarliklar va moliyaviy piramidalarning haddan tashqari ko‘payib ketishi;

  • madaniy-ma’naviy tahdidlarning ortishi va boshqalar.

Qoidaga ko‘ra, avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqa jarayonlarida ishtirok etadigan sub’ektlarning (davlat, yuridik va jismoniy shaxslar) hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan manfaatlari shundan iboratki, ularning iqtisodiy, siyosiy va boshqa faoliyat turlariga aloqador axborot qismi, maxfiy tijorat ma’lumotlari va shaxsiy ma’lumotlar ochiq bo‘lishi, shuningdek, noqonuniy foydalanishdan himoya qilingan bo‘lishi lozim.
Shu o‘rinda yana bir jihatga e’tibor qaratish kerak. Ma’lumki, raqamli inqilob sohasida karvonboshi bo‘lgan kompaniyalar nafaqat sezilarli ustunliklarni qo‘lga kiritadi, balki katta risklarni ham o‘z zimmasiga oladi. Hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri turli davlat tuzilmalari va tijorat tashkilotlari, shaxsiy ma’lumotlarning axborot xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. So‘nggi paytlarda tobora katta hajmdagi axborotlar, jumladan, alohida shaxslar, tashkilotlar yoki davlatlar uchun muhim bo‘lgan axborotlar ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalangan holda saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Axborotni qayta ishlash tizimi esa axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlashni bajarish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar va dasturiy ta’minot, shuningdek, personal harakatlar va axborotni qayta ishlash jarayonidir. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, hozirgi vaqtda ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi tushunchalarda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Axborot xavfsizligini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar iqtisodiy maqsadga muvofiqligi haqida gapirganda, ko‘pchilik birinchi navbatda, viruslar va xakerlardan himoya qilinishni nazarda tutadi. Lekin yetakchi tashkilotlarning hisobotlariga ko‘ra, eng katta ziyonni insayderlar (kompaniya xodimlari) keltiradi, bu holat, misol uchun, Computer Crime and Security Survey FQB yillik hisobotlarida keltirilgan.
Shunday qilib, ushbu tadqiqotlarga ko‘ra, xodimlarning ehtiyotsizlik va noqonuniy harakatlari oqibatida yetkaziladigan ziyon viruslar va xakerlar hujumlari, shuningdek, axborot olish maqsadida bevosita zarar yetkazadigan dasturlar oqibatidagi ziyondan bir necha marta kattadir. Bu kabi ichki va tashqi qoidabuzarlarning aybi bilan ro‘y bergan voqealar sonini taqqoslash 2007 yilda ro‘y bergandi. Axborot xavfsizligiga oid qattiq talablarni ta’minlash axborot texnologiyalari faoliyatining barcha bosqichlariga mos keluvchi choratadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bu choratadbirlarning rivojlanishi risklarni tahlil qilish va javob tariqasidagi choralar tanlash yakunlanganidan so‘ng amalga oshiriladi. Mavjud rejimning xavfsizlik siyosatiga muvofiqligini vaqti-vaqti bilan tekshirish, axborot tizimi (texnologiyasi)ning belgilangan xavfsizlik standarti talablariga muvofiqligini sertifikatlash bu rejalarning majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sanab o‘tilganlarning barchasi risklarni boshqarish hisoblanadi. Umuman olganda, har qanday murakkablikdagi tizimni boshqarish uchun tizimga xizmat ko‘rsatishning qat’iy, lekin oddiy reglamentini yaratish va tizim sozlamalari ushbu reglamentga muvofiq o‘zgarishi ustidan nazoratni ta’minlash zarur. Bunday tizimlarni joriy qilishda tashkilot, firma, bank aniq ifodalangan xavfsizlik siyosatiga ega ekanligi ko‘zda tutiladi. Bu siyosat axborot
tizimlari haqidagi axborot bilan birgalikda kelgusida boshqaruv tizimining asosi bo‘lib xizmat qiladi.

zarur:
Axborot tizimining o‘zini tavsiflashga keladigan bo‘lsak, odatda, quyidagilarni bilish



  • axborot resurslari ro‘yxati. Resurs deganda, muayyan serverlar va ulardagi

papkalar, foydalaniladigan ilovalar, asbob-uskunalar va hatto tarmoq segmentlari tushuniladi;

    • resurslar xavfsizligi uchun javobgarlar. Bu resurslar egalari, bo‘linmalar rahbarlari, xavfsizlik xizmati xodimlari va boshqalar bo‘lishi mumkin;

    • resurslarni idora qilish uchun mas’ullar;

    • axborot tizimi resurslarining o‘zaro bog‘liqligi;

Gohida ilovaning normal ishlashi uchun sozlamalar kompleksiga zarur ilovaning sozlamalaridan tortib kommutatsiya asbob-uskunalarigacha kiradi. Ammo barcha sozlamalarni bajarib, lekin ichki tarmoqlararo ekranda ruxsat beradigan qoidani yozib qo‘yishni esdan chiqaradigan bo‘lsak, vazifaning yechimi barbod bo‘ladi;

    • kompaniyaning shtatlar strukturasi. Ma’lum bir lavozimni egallab turgan shaxs qaysi resurslarga va qanday ulanishi mumkinligi.

Shunday qilib, yuqorida aytib o‘tilganlar, olingan axborot asosida boshqaruv tizimi korxona axborot tarmog‘ining axborot xavfsizligi me’yorlariga mos keladigan ideal modelini tuzadi. Buni xavfsizlikni boshqarish tizimining boshlang‘ich ishi deb hisoblash mumkin. Endilikda axborot tizimi sozlamalarining o‘zgarish masalalari bo‘yicha barcha muloqotlar axborot xavfsizligi bo‘limi nazorati ostida bo‘lgan xavfsizlikni boshqarish tizimi tarkibiga kiradigan ixtisoslashgan tizimda nazoratdan o‘tadi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitalini shakllanishining nazariy jihatlari va rivojlantirish omillari
Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili ya’ni inson kapitali ham takror ishlab chiqariladi. Inson kapitalini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo ishchining mehnat qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi, madaniy xordiq chiqarishi, kasb mahoratini oshirishi, kompyuter savodxonligi va innovatsion jarayonlarga kompetentligi, axborot savodxonligini takror ishlab chiqarishi tushuniladi.
Bu esa inson uchun oila, uy-joy, dam olish va doimiy malaka oshirib borishi bilan izohlanadi. Inson kapitalini sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan innovatsion ishlab chiqarish extiyojlariga muvofiqligi, kompetentligida namoyon bo‘ladi.
Inson kapitalining sifati uning ma’lumoti, kasbiy mahorati, ish tajribasi, professional bilimi, mehnat bozorida raqobatbardoshligi kabi ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitali sifatiga bo‘lgan talab to‘xtovsiz ortib bormoqda. Bu inson kapitalining yangi mazmunli sifati raqamli kompetensiyani ishlab chiqaradigan omillar tizimi bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati raqamli muhitda hayot va kasbiy mahoratni ta’minlaydigan qo‘shimcha ko‘nikmalarni to‘plashdir. Shu ma’noda insoning foydalanuvchi vakolati – shaxsiy maqsadlarda (o‘rganish, o‘zini rivojlantirish, aloqa) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish (internet, kompyuter) uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kasbiy kompetensiya – ishda talab qilinadigan ko‘nikmalarga, raqamli muhitda inson kapitalining ta’minlashga imkon beradigan AKT ni o‘zi to‘la o‘zlashtirib olishi, hayotda va biznesda undan maqsadli foydalanishi, ulkan natijalarga erishishi bilan baholanadi.
Inson kapitali iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biridir. Aynan mavjud inson kapitali shu mamlakatning global dunyo tartibidagi tutgan o‘rnini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan, inson kapitali sifati, uning miqdoriy va sifat xususiyatlarini raqamlashtirish jarayonlari ta’siri ostida o‘zgarib borayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy makonga qanday mos kelishini aniq anglash

zarurdir. Odatda inson kapitali konsepsiyasini mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida Chikago Universitetining Amerika ilmiy maktabi tomonidan o‘tgan asrning 50-60 yillarda shakllantirilgan deb hisoblanadi. Inson kapitali klassik nazariyasining asoschilari - Nobel mukofoti sovrindorlari G.Beker va T.Shulslardir.
T.Shuls o‘zining ilmiy izlanishlarida ishlab chiqarish salohiyati kapitalning boshqa shakllari rentabelligidan ustun bo‘lgan aktivlar asosida inson kapitalini aniqladi. Ushbu aktiv inson hayoti davomida qo‘shimcha investitsiyalar yordamida mustahkamlanishi mumkin bo‘lgan qimmatli fazilatlar, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayonida shakllanadi. Sarmoyalar turiga qarab, Shuls inson kapitalining quyidagi turlarini aniqladi:

  • maktab ta’limi;

  • ish joyida o‘qish;

  • sog‘liqni saqlash va mustaxkamlash (ximoyalash);

  • iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tobora ortib borayotgan bilimlar zaxirasi.

G.Beker inson kapitalini insonning bilim, ko‘nikma va motivatsiyasining butunligi deb tushuntirgan. Shunday qilib, har ikkala olim ham inson kapitali mehnat bozorida sotilishi mumkin bo‘lgan tovardir (narsadir) deb xulosa berishgan. Ushbu turdagi kapitalni to‘plash katta miqdordagi xarajatlar asosida murakkab investitsiya jarayoni bilan birga keladi. Boshqa har qanday kapital kabi, u ham shunga o‘xshash quyidagi xususiyatlarga ega:

  • uzoq muddatli muvoffaqiyatli foydalanish;

  • joriy xarajatlar bilan bog‘liq masalalar;

  • to‘liq jismoniy eskirish boshlanishidan oldin foydali xususiyatlarini yo‘qotish.

Beker inson kapitali nazariyasiga individual va ijtimoiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan ichki rentabellik tushunchasini kiritdi. Birinchisi, investitsiyalarni aniq investorlar nuqtai nazaridan tavsiflaydi, ikkinchisi ularning samaradorligini butun jamiyat nuqtai nazaridan baholaydi. Shunday qilib, rentabellik darajasi investitsiyalarni ta’limning har xil turlari va darajalari o‘rtasida, hamda umuman ta’lim tizimi va iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasida taqsimotini boshqaruvchi vazifasini bajaradi.
T.Shulsning asarlarida bo‘lgani kabi, G.Bekerning asarlarida ham inson kapitaliga qo‘yilgan sarmoyalar rentabelligi, masalan, jismoniy kapitalga qo‘yilgan sarmoyadan ancha yuqori ekanligi ta’kidlangan.
Mahsuldorlik nuqtai nazaridan amerikalik iqtisodchi L.Turou inson kapitalini quyidagicha ko‘rib chiqdi. Olim buni odamlarning tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish qobiliyati sifatida belgilaydi, bu nafaqat shaxsning alohida ishlab chiqarish sarmoyasi, balki boshqa sarmoyalarning mahsuldorligiga ham ta’sir qiladi deb takidlaydi.
P.Romer ham xuddi shunday pozitsiyani qo‘llab quvvatlaydi, inson kapitalini iqtisodiy samaradorlikning asosiy manbasi, mahsuldorlik omili deb hisoblaydi. U yangi bilimlarning manbai inson kapitali ekanligini ta’riflaydi.
E.Dolan inson kapitalini insonning mashg‘ulotlar jarayonida va amaliy tajriba orqali olingan aqliy qobiliyatlari majmui deb tushuntiradi.
R.Krouford inson kapitali nazariyasini uning o‘ziga xos xususiyatlari va xususiyatlarini aniqlash nuqtai nazaridan kengaytirdi.
Bugungi kunda apparat va dasturiy ta’minotga asoslangan raqamli texnologiyalar yangi emas. Biroq, ular doimiy ravishda o‘zgartirilib, takomillashtirilib, global tarmoqlarga birlashtirilib, ishlab chiqarish faoliyati va inson hayotining barcha sohalariga birlashtirilgan. Shu munosabat bilan global iqtisodiyotning tubdan o‘zgarishlari sodir bo‘lmoqda, bu esa o‘z navbatida uchinchi sanoat inqilobining tugashi va to‘rtinchi avlodning tubdan yangi sanoat dunyosining shakllanishini anglatadi.
Xorijiy mualliflarning keyingi ilmiy tadqiqotlarida inson kapitali ham ba’zi bir insoniy fazilatlarning ustuvorligi va to‘planishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. T.Garavan o‘z tadiqiqotlarida inson kapitali bilim, ko‘nikma, ta’lim va qobiliyat bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi.
P.Rastoggi inson kapitalini bilim, kompetensiya, munosabat va inson xulq- atvori bilan bog‘lab o‘rgandi. R. Frank inson kapitalini ma’lum bir xodimning ishlab chiqargan mahsuloti (xizmati) qiymatini belgilaydigan omillar sifatida ta’lim, tajriba, aql, odatlar, tashabbuslar va boshqalar bilan tushuntirib bergan.
Rus olimlar orasida ushbu sohadagi dastlabki tadqiqotlar M.M.Kriskiy tomonidan olib borilgan. Asosiy nazariy qoidalardan biri bu inson kapitalini mahsulotdan (mehnatdan) ajratishdir. Asosiy kapital singari, inson kapitali ham rivojlanishi mumkin, amortizatsiya qilinadi va qoplanadi hamda shu bilan uzoq muddatli kapital manbai vazifasini bajaradi.
R.I.Kapelyushnikov inson kapitalini "insonda mujassam bo‘lgan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va motivlar zaxirasi" deb tushuntiradi. Shu bilan birga, jismoniy yoki moliyaviy kapitalda bo‘lgani kabi, uning shakllanishi jarayonida mablag‘lar kelajakda qo‘shimcha daromad olish maqsadida joriy iste’moldan chetlashtiriladi.
B.M.Genkin inson kapitalini mehnat unumdorligini belgilaydigan, daromad manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan fazilatlar to‘plami sifatida ko‘rib chiqadi. Muallif sog‘liqni saqlash, ta’lim, kasbiy mahorat va harakatchanlik kabi fazilatlarni nazarda tutadi.
Shunga o‘xshash nazariyani L.I.Abalkin ham berib o‘tgan. Uning ilmiy izlanishlarida inson kapitali tug‘ma qobiliyatlar, umumiy va maxsus ta’lim, orttirilgan kasbiy tajriba, ijodiy salohiyat, axloqiy, psixologik va jismoniy salomatlik hamda daromad olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan faoliyat motivlari yig‘indisi sifatida talqin etiladi.
Inson kapitali mazmunini ochib berib, S.V. Yakimchuk buni nafaqat inson tomonidan to‘plangan sog‘lomlashtirish ta’lim mablag‘lari bilan, balki bevosita kasbiy mahoratning o‘sishiga va natijada mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradigan shaxsiy iste’mol jarayoni bilan taqqoslaydi. P.M.Nureev ushbu toifani ikki jihatini o‘rganib chiqdi: u inson kapitalini zaxira va daromad oqimi sifatida ta’rifladi. Birinchi holda, inson kapitali - bu insonning mehnat unumdorligini oshiradigan va daromad miqdoriga ta’sir qiladigan sog‘lig‘i, qobiliyatlari, motivatsiyasi, ko‘nikmalari va bilimlari zaxirasi deb tushuntiradi. Ikkinchidan, inson kapitaliga sarmoya kiritish daromadlarning yuqori oqimini ta’minlovchi muhim boylikdir deb baxo beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson kapitalini o‘lchash” bo‘yicha qo‘llanmasida inson kapitalini "hamma narsani qamrab oluvchi" deb ta’riflaydi: "Inson kapitali - bu shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy farovonlikka hissa qo‘shadigan odamlarda mujassam bo‘lgan bilim, ko‘nikma, qobiliyat va boshqa fazilatlardir".Xulosa qtltb aytsak inson kapitali – bu insonda jamlangan qobiliyat, malaka, tajriba va miqsadli zaxiradir.
Shunday qilib, inson kapitali inson (aholi)ning iqtisodiy samaradorligini belgilaydigan va uning mehnat bozoridagi raqobatbardosh ustunliklarini oshiradigan qobiliyatlarni, bilimlarni, ko‘nikmalarni hamda o‘zlashtirilgan vakolatlarni ifodalaydi.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin