ishlab chiqish va ularni sinab ko’rishda;
Turli xildagi va ko’rinishdagi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda;
Bolalar uchun turli o’yinchoqlar ishlab chiqarishda.
Shuning uchun ham
3D-printerlar texnologiyalari yil sayin rivojlanib, qo’llanilish sohasi tobora kengayib bormoqda. Ilmiy xodimlar turli xil inson organlarini ham
3D-printerda yaratish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Kosmik agentlik NASA esa fazogirlar uchun kerakli bo’lgan turli xildagi ehtiyot qismlarni va ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlarini
3D-printerda yaratish ustida ilmiy izlanishlarni jadallashtirmoqdalar. Bir qancha avtomobilsozlik firma va samolyotsozlik kompaniyalari o’zlari ishlab chiqarayotgan avtomobil va samolyotlarning bir qancha oddiyroq qismlarini xozirdayoq
3D-printerlardayasayaptilar hamda bundan katta iqtisodiy samara ko’rayaptilar. Gollandiyada esa
3D-texnologuya asosida uylar qurishga tayyorgarlik qilinayapti. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda, shuni ta’kidlash
mumkinki, raqamli
3D- texnologiya har qanday ishlab chiqarish jarayonining samarasini bir necha barobar oshirish imkonini yaratadi hamda individual buyurtma asosida turli xildagi sanoat mahsulotlarini arzon narxlarda ishlab chiqarishga imkon beradi (
on-demand- production). Xuddi shuning uchun ham bunday texnologiyalarni O’zbekiston sharoitida ishlab chiqarishga keng tadbiq etish katta iqtisodiy samara beradi deyish mumkin.
3D-printerlarning oziq-ovqat sanoatida ishlatilishiga bir misol sifatida AQSH ning Kornel universiteti ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan «
Solid Freeform Fabrication» texnologiyasini keltirish mumkin. Bunda xomashyosifatida oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladigan gidrofil polimerlar ishlatilib, ular vositasida sun’iy shokolad, pechen’e, olma, sir, zefir,
non va boshqa mahsulotlarni 3D-printer yordamida xosil qilish mumkin bo’ldi. Xozirgi paytda plastikdan, gipsdan, mumdan, fotopolimerdan va metalldan turli xildagi modellar yasay oladigan
3D-printerlar ham mavjud. Agarda sizni
3D-printerlar bo’yicha ma’lumotlar qiziqtirsa yoki
3D-informatsion model
olishni juda ham istasangiz,
info@vektorus.ru elektron manziliga muroja’at qilishingiz mumkin. Misol sifatida
3D-printerning tasvirini quyida keltiramiz: