7
berishgan. Bu yerda eng kam foiz olganlar – doktorlardir:
Shunday qilib, “Smartfondagi raqamli elektron o’qituvchilar” paydo bo’lishita’limning eng asosiy muammolarini hal qilib berishi mumkin. Dunyodagi ma’lumotsiz kishilarning soni 2015 yil boshiga kelib 780 million bo’lganini hisobga olsak, sun’iy intellekt asosida ta’lim beruvchi raqamli elektron tizimlar xuddi shu savodsizlar sonini kamaytirish uchun yordam berishi mumkin. Xozircha esa virtual o’qituvchilar real o’qituvchilarga qo’shimcha tarzda hayotimizga kirib kelayapti. Bill Geyts fondining izlanishlarida keltirilishicha, AQSHdagi 17 maktabning 50% o’quvchisigina ta’lim jarayonida raqamli elektron yordamchilardan foydalanar ekan (2017 yilda). Buning sababi, ko’pchilik insonlar xozircha ta’lim algoritmlari orqali o’qishga ma’naviy jihatdan tayyor emaslar.Lekin ta’lim sohasidan asta-sekin insonning siqib chiqarilishi va ularning o’rnini sun’iy intellekt egallashi ko’z o’ngimizda amalga oshayapti. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda va bizning fikri-ojizimizcha, mamlakatimizdagi ta’lim jarayoniga raqamli innovatsion usullarni tezkorlik bilan va keng miqyosda tadbiq qilishni amalga oshirish uchun zudlik bilan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
Turli xil ko’rinishdagi ta’lim turlarining xosil bo’lishi ta’lim vazirliklari qoshida malakali professor-o’qituvchilarni (shu jumladan, nafaqaga chiqqanlarni ham) jalb qilgan holda raqamli interaktiv elektron kitoblar, elektron o’quv qo’llanmalari va alohida fanlar bo’yicha masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash zaruriyatiga olib keladi (bu ish hozigiga o’xzhab tekinga emas, balki professor-o’qituvchilar bilan shartnomalar tuzish asosida amalga oshiriladi). Bu esa ushbu ishlarni amalga oshirish bo’yicha respublika ishchi kengashini (tashkilotini yoki kompaniyasini) tashkil qilish vazifasiga olib keladi. Uning zimmasiga respublika miqyosida zamonaviy hamda sifatli raqamli interaktiv elektron kitoblar, raqamli elektron o’quv qo’llanmalari va masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash (yoki ularni chet tillardan o’zbek tiliga o’girish) vazifasi yuklanadi;
Bu ishga majburiy tarzda mamlakatda information texnologiyalarning tadbiqi bilan shug’ullanadigan barcha tashkilotlarni, ta’lim muassasalarini, kompaniyalarni va yetakchi institut hamda universitetlarni jalb qilish;
Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni qoshida eng malakali mutahassislarni jalb qilgan holda bu ishlarni koordinatsiya qiluvchi ishchi guruhlar tuzish;
Barcha ta’lim muassasalari uchun raqamli interaktiv elektron kitoblar va raqamli o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish yoki ulardan foydalanish kerakligini ustuvor vazifa sifatida
Dostları ilə paylaş: |