Jarayonni takomillashtirish: Yangi texnologiyalar korxonalarga oddiy jarayonlarni avtomatlashtirishga va murakkab jarayonlardagi oraliq bosqichlarni yo’q qilishga imkon beradi. Bu korxonalarning moslashuvchanligini oshiradi, ular endi o’z kadrlar resurslaridan ancha samarali foydalana oladilar.
Yangi daromad manbalarini izlash: Yangi texnologiyalar paydo bo’lishi bilan, ishlashning yangi usullari izlab topialdi.
Mijozlarga jarayonga jalb qilish orqali xizmat ko’rsatish: bugungi mijozlar korxonalardan ularning fikrlarini tinglashlarini va o’ziga xos ehtiyojlarini qondirishlarinikutishadi. Zamonaviy texnologiyalar asosida bu muammolarni hal qilish mumkin.
Raqamli ma’lumotlardan samarali foydalanish uchun korxonalar yangi paydo bo’lgan texnologiyalarni sotib olib joylashtirishi, sinovdan o’tkazishi va foydalanishi kerak.
Har bir korxonada raqamli transformatsiya jarayoni turlicha bo’lishiga qaramay,barcha uchun umumiy bo’lgan jarayonlar mavjud:
Korxonaning barcha biznes ehtiyojlarini inobatga olgan holda reja tuzish: raqamli transformatsiya jarayonining boshida rivojlanish yo’nalishlarini, shuningdek, ushbu rivojlanishga yordam beradigan texnologiyalar majmuini aniqlash juda muhim. Shu bilan birga, korxonalar o’z resurslarining inventarizatsiyasini o’tkazishi, modernizatsiya qilishni talab qiladiganlarni ajratib ko’rsatishi kerak. Bu bosqichda, hattobiznesning yangi ehtiyojlariga javob beradigan loyihalarni birinchi o’ringa qo’yish, shuningdek, raqamli transformatsiyaga to’sqinlik qilishi mumkin bo’lgan kamchiliklarni aniqlash mumkin.
Xodimlarga yangi texnologiyalar bilan ishlashni o’rgatish: Bu jarayon murakkab bo’lishi mumkin, chunki an’anaviy biznes modellarda xodimlar ko’p yillar davomida ishlatilib kelinayaotgan aniq tizimlarni bilishlari kerak edi. Raqamlitransformatsiyaning muvaffaqiyatli bo’lishida samaradorlikka erishish uchun xodimlar ish jarayonidagi har qanday o’zgarishlarga tayyor bo’lishi kerak. Bu tayyorlik ijodiy fikrlash qobiliyatini, yangi texnologiyalardan foydalanishni samarali bilishni anglatadi.