KOORDINATAO„QLARINIVAULARNIYO„NALISHLARINIBELGILASH. Metall kesish dastgohlarida ishchi organlarning siljishlarini belgilash xalqaro standart ISOR841 bilan belgilanadi. Standartga asos qilib odatdagi matematik o’ng dekart koordinata sistemasi (2-rasm) olingan bo’lib, o’qlarning o’zaro joylashishi va yo’nalishi o’ng qo’l qoidasiga binoan topiladi.
O’ng qo’lning bosh, ko’rsatkich va o’rta barmoqlari o’zaro 900 ochiladi (3 a-rasm). Bunda barmoqlar bosh-X o’qini, ko’rsatkich-Y o’qini, o’rta-Z o’qini bildiradi va asbobning musbat tomonga yo’nalishini ko’rsatadi. O’qlarning musbat yo’nalishi shunday olinishi kerakki, asbobning (yoki detalning) shu o’q
bo’yicha siljishi, asbob bilan detalning ishlov beriladigan yuza orasidagi o’lchami oshib borishi kerak. Detalning siljishi ham, yuqoridagidek, faqat shtrix bilan X‘, Y‘, Z‘ belgilanadi.
Dastgoh ishchi organlarining koordinatalari aniqlanganda, Z o’qi shpindelga parallel yo’naltiriladi, X o’qi gorizontal tekislikda yotishi kerak. SHpindelning musbat tomonga aylanishi quyidagicha topiladi. Bosh barmoq Z o’qi bo’yicha yo’naltirilsa, barmoqlar musbat aylanish tomonni ko’rsatadi (3-b rasm).
Approksimasiya-bir funksional bog’lanishni ma‘lum aniqlikda boshqa bog’lanish bilan almashtirish jarayoni.
Interpolyasiya – tekislikda fazoda asbob markazining harakat traektoriyasidagi oraliq nuqtalarning koordinatalarini olish (yoki hisoblash).
Geometrik element – hisoblangan traektoriyanin yoki detal konturining bir qonun bo’yicha bir koordinatalar tizimida ko’rsatilgan uzluksiz qismi.
Interpolyator – RDB tizimini hisoblash bloki. Bu blok dastgoh ish organlarini koordinata o’qlari bo’ylab siljishi uchun boshqaruvchi ta‘sirlarni navbati bilan beradi. Bunda ish organlari dastgohni boshqarish dasturida ko’rsatilgan tayanch nuqtalarning koordinatalari o’rtasidadagi funksional bog’lanishga mos holda siljiydi.