N33-2m DRB qurilmasiga dastur tayyorlashga metodik ko„rsatma. Ishlov berish dasturi kadrlardan tashkil topgan. Kadrlarning joylashishi detalga ishlov berish ketma-ketligi bilan bog’liq. Kadrlar orasida 1-2 satr ochiq joy qolishi kerak. Kadrning strukturasi (tuzilishi):
Kadr har doim manzil N-kadrning nomeridan boshlanadi.
Tayyorlovchi funksiya G-manzili bo’yicha.
Geometrik axborot X,Y,Z,I,J,K-manzillari bo’yicha.
Yordamchi funksiya M-manzili bo’yicha.
Surish funksiyasi F-manzili bo’yicha.
Siljish traektoriyasi korrektorining raqami L-manzili bo’yicha.
Kadrning oxiri PS simvoli bilan beriladi.
Agar biror manzillar X,Y,Z,I,J,K bo’yicha axborot bo’lmasa, shu manzillar kadrda ko’rsatilishi shart emas. G,M,F,L manzillari faqat shu kadrda kerak bo’lsa yoziladi.
KADR RAQAMINI BERISH.
Kadr N manzili bo’yicha berilib, uning tartib raqami uch raqam bilan beriladi. Misol:
N001……N002……
TAYYORLOVCHI FUNKSIYALARNI BERISH.
Tayyorlovchi fnksiya G manzili bo’yicha berilib, axborot kiritish tartibini aniqlovchi ikki raqam shu manzildan keyin yoziladi. RDB qurilmasi N33-2M uchun funksiyaning kodlari 2-jadvalda berilgan.
jadval.
G17, G18 va G19 funksiyalari shu tekislikni ishlashni o’zgartirishgacha ta‘sir qiladi. G40, G41, G42, G43, G51, G52, G53 funksiyalari funksiya G01 yordamida bekor qilinadi. G02, G03, G04 funksiyalari bir kadrda ta‘sir qiladi. Boshlang’ich holatda boshqarish tizimi avtomatik G01 funksiyani qo’yadi.