Mavzu: rdb stanoklarning koordinat tizimi


N33-2m DRB qurilmasiga dastur tayyorlashga metodik ko„rsatma



Yüklə 86,96 Kb.
səhifə3/6
tarix26.11.2023
ölçüsü86,96 Kb.
#135603
1   2   3   4   5   6
RDB STANOKLARNING KOORDINAT TIZIMI.

N33-2m DRB qurilmasiga dastur tayyorlashga metodik ko„rsatma. Ishlov berish dasturi kadrlardan tashkil topgan. Kadrlarning joylashishi detalga ishlov berish ketma-ketligi bilan bog’liq. Kadrlar orasida 1-2 satr ochiq joy qolishi kerak. Kadrning strukturasi (tuzilishi):

  1. Kadr har doim manzil N-kadrning nomeridan boshlanadi.

  2. Tayyorlovchi funksiya G-manzili bo’yicha.

  3. Geometrik axborot X,Y,Z,I,J,K-manzillari bo’yicha.

  4. Yordamchi funksiya M-manzili bo’yicha.

  5. Surish funksiyasi F-manzili bo’yicha.

  6. Siljish traektoriyasi korrektorining raqami L-manzili bo’yicha.

  7. Kadrning oxiri PS simvoli bilan beriladi.

Agar biror manzillar X,Y,Z,I,J,K bo’yicha axborot bo’lmasa, shu manzillar kadrda ko’rsatilishi shart emas. G,M,F,L manzillari faqat shu kadrda kerak bo’lsa yoziladi.

KADR RAQAMINI BERISH.


Kadr N manzili bo’yicha berilib, uning tartib raqami uch raqam bilan beriladi. Misol:
N001……N002……

TAYYORLOVCHI FUNKSIYALARNI BERISH.


Tayyorlovchi fnksiya G manzili bo’yicha berilib, axborot kiritish tartibini aniqlovchi ikki raqam shu manzildan keyin yoziladi. RDB qurilmasi N33-2M uchun funksiyaning kodlari 2-jadvalda berilgan.

      1. jadval.

Funksiyaning kodi

Funksiyaning ma‘nosi

G01

Chiziqli interpolyasiya

G02

Soat mili bo’yicha aylanma
interpolyasiya

G03

Soat miliga teskari aylanma
interpolyasiya

G04
G17

Surishni taqiqlash
XY tekislikni ishlashni tanlash

G16

XZ tekislikni ishlashni tanlash

G19

YZ tekislikni ishlashni tanlash

G36

Nolga qo’yish

G40

Tuzatishni (korreksiyani) bekor qilish

G42

Soat mili bo’yicha asbob radiusiga musbat tuzatish

G43

Soat mili yo’nalishiga teskari asbob radiusiga musbat tuzatish

G52

Soat mili bo’yicha asbob radiusiga manfiy tuzatish

G53

Soat mili yo’nalishiga teskari asbob
radiusiga manfiy tuzatish

G51

Asbob uzunligiga manfiy tuzatish

G41

Asbob uzunligiga manfiy tuzatish

G17, G18 va G19 funksiyalari shu tekislikni ishlashni o’zgartirishgacha ta‘sir qiladi. G40, G41, G42, G43, G51, G52, G53 funksiyalari funksiya G01 yordamida bekor qilinadi. G02, G03, G04 funksiyalari bir kadrda ta‘sir qiladi. Boshlang’ich holatda boshqarish tizimi avtomatik G01 funksiyani qo’yadi.

Yüklə 86,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin