Mavzu S. L. Rubinshteyn maktabi umumiy xarakteristikasi Reja-fayllar.org
Metod va metodika haqida tushuncha. Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.
Savolnomali psixodiagnostik metodlar.
Ob'ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.
Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar kiritiladi, bunda nimani kuzatish, qanday kuzatish, kuzatish natijalarini qanday qilib belgilab borish, qanday baholash hamda sharhlash asosida xulosa chiqarish aniq belgilab olinadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan psixodiagnostik talablar – standartlashtirilgan kuzatish deb Yuritiladi. Bunga misol sifatida, qandaydir topshiriqning echimi bo‘yicha kichik guruhning ish faoliyatini ko‘rib chiqamiz (R.Beyls metodi bo‘yicha).
Sharoitni engillashtirish
Muammo echimini taklif qilish
Savollarga javob berish
Ma'lumotlar berish
Tushuntirib berish
Yordam berishni taklif qilish
Yordam so‘rash
Tushuntirib berishni so‘rash
Ma'lumotlar berishni so‘rash
Savollarga javob berishni so‘rash
Muammo echimini so‘rash
Muammoni yanada chigallashtirish.
Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab olgan, unda 6ta ijobiy va 6ta salbiy ko‘rinishlar ifodalangan.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagicha tartibda qo‘llash lozim:
olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblash; o‘rtacha arifmetik qiymatni topish; o‘rtacha kvadrat og‘ishni topish (sigma); son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini tahlil qilish (korrelyatsiya); metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash (StYudent mezoni).