Mavzu: sharqda ilk dexqonchilikning



Yüklə 116,88 Kb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü116,88 Kb.
#140058
  1   2   3   4   5
SHARQDA ILK DEXQONCHILIKNING PAYDO BO’LISHI


MAVZU: SHARQDA ILK DEXQONCHILIKNING
PAYDO BO’LISHI.
REJA:

  1. Dehqonchilik tarmoqlarining rivojlanishi. Texnika ekinlari. Paxtachilik.

  2. Donli ekinlar.

  3. Kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari. Mevachilik va uzumchilik.



Dehqonchilik O`zbekiston qishloq xo`jaligining yetakchi tarmog`i bo`lib unda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 65-70 foizi yaratiladi. Mamlakatimiz tabiiy sharoitining o`ziga xosligi shundaki, uning turli hudud va mintaqalarida sug`orma va lalmikor dehqonchilik bilan shug`ullanish imkoniyatining mavjudligidir. Adir zonalarida lalmikor dehqonchilik (bug`doy, arpa, no`xat, kunjut, zig`ir, ozuqabop ekinlar, bog`dorchilik) qilinadi. Sug`orma dehqonchilikda lalmikor dehqonchilikka nisbatan 3-5 marta ko`proq hosil olinadi va yerdan samarali foydalanishni ta`minlaydi. Respublikamizda dehqonchilik yalpi mahsulotining 98,5 foizini sug`orma dehqonchilikdan olinadi. Sug`oriladigan yerlarga asosan texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki qand lavlagi), don ekinlari (bug`doy, sholi, makkajo`xori, dukkakli don ekinlari), sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, uzum va meva yetishtiriladi. O`zbekistonda sug`oriladigan yerlar maydoni XX asr davomida muntazam oshib kelgan. Agar 1914 yilda sug`oriladigan yerlar Respublikamizda 1,8 mln. gektarni tashkil etgan bo`lsa, Mirzacho`l, Qarshi, Jizzax, O`rtacho`l, Surxon-Sherobod cho`llarining o`zlashtirilishi va Markaziy Farg`onada yangi yerlar ochilishi bilan ayni paytda 4,2 mln. gektardan oshdi.


jadval
Qishloq xo`jaligi ekinlari maydoni (barcha toifadagi xo`jaliklarda)




1940

1960

1980

1990

1993

2002

2005

Ekin maydonlari, ming gektar

Jami ekin maydonlari

3036,5

3148,8

3994,6

4194,2

4229,7

3540,8

3647,5

Jumladan, g`alla ekinlari

1479,7

894,8

1173,8

1008,1

1280,3

1393,7

1616,1

Texnika ekinlari

1026,2

1487,9

1912,1

1876,3

1731,8

1462,2

1518,4

Paxta

947,7

1449,9

1877,7

1830,1

1695,1

1421,0

1472,3

Kartoshka

23,6

28,6

23,3

41,8

44,5

48,9

51,0

Sabzavot

25,3

38,7

104,3

140,2

151,9

127,5

133,0

Poliz ekinlari

39,4

43,0

52,1

79,8

48,1

37,3

38,7

Yem-xashak ekinlari

446,9

606,7

722,4

1039,7

967,8

330,4

290,3



Paxtachilik-Respublika qishloq xo`jaligining asosiy tarmog`idir. Uning mamlakat iqtisodiyotida ahamiyati juda katta bo`lib asosiy valyuta tushumlari shu sohaga to`g`ri keladi. O`zbekistonning saxiy tabiati, issiq iqlimi, yer, suv va boy mehnat resurslari, xalqining asrlar davomida to`plagan tajribasi paxtachilikning serdaromad tarmoqqa aylanishini ta`minlagan. Shuning uchun ham uning paxta yetishtirishdagi yuksak ko`rsatkichlari jahondagi katta mavqeini belgilab bergan. O`zbekiston paxta yetishtirishda jahondagi kuchli to`qqizlik orasida beshinchi o`rinni mustahkam egallab kelmoqda. Paxta tolasini eksport qilishda esa O`zbekiston jahondagi (AQSH dan keyin 2-o`rinda) eng yirik mamlakatlardan biridir.
Paxtachilikning pirovard asosiy mahsuloti – paxta tolasi va paxta moyidir. 1 tonna paxta xom ashyosidan o`rtacha 320-350 kg tola (3500 m² gazlama), 10 kg momiq, 620 kg chigit olinadi. O`z navbatida 620 kg chigitdan 110 kg moy, 225 kg kunjara, 175 kg shulxa 35 kg lint, 30 kg tuk (delint) chiqadi. Umuman paxtadan sanoat usulida 1200 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.
Paxtachilik agrosanoat majmui respublika xalq xo`jaligining 70 foizdan ko`proq tarmoqlari bilan texnika va texnologik jihatdan bog`liq. Ayniqsa qishloq xo`jaligi mashinasozligi, kimyo, yengil sanoat tarmoqlari paxtachilik bilan chambarchas bog`langan bo`lib, ular Respublikadagi eng yirik paxtachilik agrosanoat majmuini tashkil etgan. O`zbekistonning barcha mintaqalarida vegetatsiya davrining uzoqliligi o`rta tolali g`o`zani, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ingichka tolali g`o`zani yetishtirish imkonini beradi.
Sobiq Ittifoq davrida O`zbekiston paxta xom ashyosiga bo`lgan talab keskin kuchaydi. 1932 yildan boshlab sobiq Ittifoq paxta import qiluvchi mamlakatdan eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Bunda O`zbekistonni ulushi benihoya katta edi. Chunki Respublikamiz sobiq Ittifoq paxtasining 60-65 foizini yetkazib bergan. Sobiq Ittifoqning paxta mustaqilligini ta`minlash maqsadida paxta maydonlari muntazam ko`paytirilishi O`zbekiston dehqonchiligida paxta yakka hokimligini (monokulturasini) vujudga keltirdi (18-jadval).
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng O`zbekiston hukumati paxta yakka hokimligini bartaraf etishga katta ahamiyat bera boshladi. Birinchi navbatda ekin maydonlarining tarkibi o`zgartirildi. 1991 yildan boshlab paxta maydonlari qisqartirilib ular o`rniga g`alla, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar ekila boshladi. Shuningdek, paxtachilik sohasidagi asosiy vazifa-respublikada “paxta-beda-g`alla”, “paxta-g`alla” almashlab ekishni joriy etish va o`rtacha hosildorlikni 30-35 sentnerga yetkazish va paxtadan tola chiqishini esa 33 foizgacha oshirish dolzarb vazifa qilib qo`yilgan.
Tabiiyki, mamlakatda paxta maydonini qisqartirish sug`oriladigan zonada bug`doy yetishtirishning geografiyasini keskin ko`paytirish bilan bog`liq kechdi. O`z navbatida, paxtachilikni intensiv rivojlantirish masalasi uning yuqori hosildorligini saqlab qolish bilan bog`liq ravishda ta`minlanmoqda (jadval).
Respublikada paxtachilikni kimyolashtirishga ham katta e`tibor berilmoqda. Uni mineral o`g`itlar bilan oziqlantirishning ilmiy asoslangan me`yorlari chet el tajribalari asosida takomillashtirilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, birgina mineral o`g`itning o`zi g`o`za hosildorligini 40 foizgacha oshiradi. Shuning uchun ham g`o`za maydonlarida turli xil mineral va organik o`g`itni ishlatish, gerbitsid, pestitsid, defoliantlarning ilmiy asoslangan me`yorlarini qo`llash rivojlanishning hozirgi bosqichida ayniqsa dolzarbdir. Chunki hozirgi vaqtda, bir tomondan, paxta maydonlari yarim million gektarga qisqargan, ikkinchi tomondan esa, uning hosildorligini oshirib borish evaziga yalpi hosil yetishtirishni barqaror saqlab turish vazifasi o`rtaga tashlangan.



Yüklə 116,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin