Mavzu: sharqda ilk dexqonchilikning


jadval O`zbekistonda paxta yetishtirishning o`sishi



Yüklə 116,88 Kb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü116,88 Kb.
#140058
1   2   3   4   5
SHARQDA ILK DEXQONCHILIKNING PAYDO BO’LISHI

jadval
O`zbekistonda paxta yetishtirishning o`sishi



Yillar




Paxta maydoni, ming ga

O`rtacha hosildorlik, p/ga

Yalpi paxta hosili, ming tonna

1924

264,8

7,8

205,8

1930

883,8

8,4

744,3

1940

923,5

15,0

1385,9

1950

1098,1

20,3

2225,6

1960

1386,6

20,4

2823,5

1970

1709,2

26,3

4495,2

1980

1877,7

29,7

5578,6

1990

1830,1

27,6

5058,0

1995

1492,8

26,4

3934,1

1996

1487,3

22,5

3350,1

1998

1531,6

21,3

3206,2

2002

1421,0

22,0

3122,4

Shu bilan birga respublika paxtachiligini rivojlantirishda yangi-yangi agrotexnika usullari keng qo`llanilmoqda. Jumladan, 1997 yilda birinchi marta 350 ming ga, 2002 yilda 850 ming ga maydonga chigit Andijon usulida ya`ni, plyonka ostiga ekildi. Bu usulning afzalligi shundaki, chigit erta ekiladi va binobarin, erta hosil yetishtiriladi, hosildorlik ham oshadi. Ertagi paxtadan bo`shagan yerlar esa, takror dehqonchilik qilishga keng imkoniyat yaratadi.


Shuningdek, chet ellarda paxtachilik sohasida to`plangan texnologiyalarni vatanimizda joriy etishda ham birmuncha ishlar qilinmoqda. Chunonchi, g`o`zani yangi usulda sug`orish (tomchilatib sug`orish usuli-Isroil texnologiyasi asosida), oziqlantirish, ishlov berish, AQSH va Isroil kabi davlatlarning paxta hosilini erta muddatlarda yig`ib olish borasidagi tajribalari mamlakatimizning turli mintaqalaridagi xo`jaliklarda sinovlardan o`tkazilmoqda, yaxshi natijalar keng ko`lamda ommalashtirilmoqda.
Kanopchilik-Respublikada 1936 yildan boshlangan. Shu yilda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida 6980 ga maydonga kanop ekildi, 19,7 s/ga hosil olindi va 13,8 ming tonna kanop poyasi tayyorlandi. 1937 yildan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, 1950-56 yillarda Surxondaryo, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog`istondagi xo`jaliklarda ham kanop yetishtirish yo`lga qo`yildi. 1971 yilda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, O`rta Chirchiq, Oqqo`rg`on, Bo`stonliq va Quyi Chirchiq tumanlarida ekilib, respublikada eng yuqori marra-360 ming tonna kanop poyasi yetishtirildi. 1972 yildan kanop maydonlari qisqarib bordi. Hozir asosan Yuqori va Quyi Chirchiq tumanlarida ekilib, yiliga o`rtacha 6,5 ming tonna kanop poyasi yetishtiriladi. Poyasidan olinadigan toladan gazlama, o`rov materiallari, qop, brezent, kanop arqon, kanop ip tayyorlanadi. Yetishtirilgan kanop poyasi “Toshkentkanop-sanoatsotish” uyushmasi tizimidagi kanop (lub) zavodlarida qayta ishlanib, kanop tolasi olinadi. Ayni paytda ushbu uyushmaga qarashli 6 ta lub zavodlari faoliyat ko`rsatmoqda.

Yüklə 116,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin