Mavzu: Shaxsda o'zini-o'zi baholash va motivatsiya jihozlari


Reyting tizimi va uning samaradorligi



Yüklə 73,27 Kb.
səhifə7/18
tarix26.11.2023
ölçüsü73,27 Kb.
#135503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
10-курс иши

Reyting tizimi va uning samaradorligi.


O’qituvchi nazorati va ta’lim oluvchilar faoliyatini baholashning uyg’unligi O’zbekisiton Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’rsida”gi nizomda “Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va
bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

  • talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;

  • fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

  • talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini tahlil rivojlantirish, axborot resurslari manbalarida samarali foydalanishni tashkil etish;

  • talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;

  • talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;

  • o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish, deb ta’kidlanadi.

Yuqorida keltirilgan hujjatdagi asosiy maqsaddan va qator vazifalardan quyidagi talablar kelib chiqadi.
Ta’limning tarkibiy qismlari o’zaro bog’liq va aloqador bo’lib, u pedagogik jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning samaradorligi ko’p jihatdan tashkil etilgan ta’lim vositalari tizimiga bog’liqdir. Bu vositalar butun ta’lim tizimining tarkibiy qismi deb
qaralgandagina o’z ahamiyatini yo’qotmaydi va ta’limning umumiy vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam beradi.
Ma’lumki, ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. Ta’lim beruvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.

Yüklə 73,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin