Space Optron System kompaniyasi fotonlarda ishlaydigan yangi tip kompyuterlar ixtiro qildi. Bunda spektrning ko‘rish qis-mida elektromagnit nurlanish dastasini optik tolalar o‘tkazishi prinsipiga asoslangan. Bunday optik kompyuterda signallar (impulslar) o‘nli formatda (yarim o‘tkazgichli kompyuterda ax-borot 1 yoki 0 da ifodalanadi)! Demak, axborot uzatish imkoniyati kengaygan va tezligi ortgan.
Bundan tashqari, optik kabellar axborotlarni parallel uzatish imkoniyatiga keng yo‘l ochib berdi (xuddi neyrokompyuterlardek, ya‘ni sun‘iy intellektdagidek).
Ma‘lumki, xozirgi kunda optik tolalar telekommunika-siyada keng qo‘llanilmoqda. Ushbu firma optik kompyuter uchun optik tolaning yangi bir turini ixtiro qildi, ya‘ni organik po-limerdan tayyorlangan maxsus plyonkalar(sputnikda, ya‘ni kosmik muxitda bunday plyonkalar yetishtiriladi). Shuning uchun narxi ancha baland bo‘ladi. Loyiha direktori Don Frazner 2001yilda shunday optik kompyuterni chiqarish niyatida uning ko‘rinishi bahaybat uya (optik tolalardan yasalgan qush uyasini eslatadi) shaklida bo‘ladi.