Shaxs rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarga klastr tuzing.
Namuna:
III.Mavzu bo‘yicha mustaqil tayyorlanadigan savollar:
«Individ», «shaxs», «individuallik» tushunchalarini sharhlang.
Rivojlanish va shaxs rivojlanishini ta’riflang.
SHaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar haqida nimalarni bilasiz?
SHaxs faoliyati haqida so’zlab bering.
O’quvchilarning yosh xususiyatlarini tavsiflang.
SHaxsning ijtimoiylashuvini qanday tushunasiz?
Bola shaxsi tarbiya ob’ekti va sub’ekti sifatida. Shaxs faolligi.
IV.O`quv birligigа dоir muаmmоli sаvоl, vаzifа vа tоpshiriqlаr
Muаmmоli sаvоl. Quyidаgi fikrlаrgа qo`shilаsizmi?
“Аgаr bоlаlаr muntаzаm tаnqid qilinsа, аldаshgа o`rgаnаdi”;
“Аgаr bоlаlаr qаndаy bo`lsа, shundаyligichа qаbul qilinsа, dunyoni go`zаl ko`rishgа o`rgаnаdi”;
“Аgаr bоlаlаrgа hurmаt bilаn munоsаbаtdа bo`linsа, ulаr оliyjаnоb vа sахiy bo`lishni o`rgаnishаdi”.
V. Savol: Bu hikoyatda qanday ilm to’g’risida fikr bildirilyapti?
2. F a r o s a t u ch u n m a o sh.
Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlarni har ikkalasi ham birdek bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida anchagina farq bo’lib, biri ko’p, biri esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og’zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o’z ishlari bilan mashg’ul bo’lar ekan.
Sabr kosasi to’lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to’kib solibdi.
Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo’yin tovlagan yerim yo’q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib biror farqni anglay olmadim. Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim yetmayotir,- debdi.
Xoja mirzaning so’zini eshitib miyig’ida kulibdida, uning da’vosi to’g’ri ekanligini tan olibdi va bu haqda keyinroq gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi.
Bosh ustiga!- debdi mirza tavoze bilan o’rnidan turarkan.
Bo’lmasa eshiting- debdi xoja.-Karvonsaroyga Bog’doddan savdogarlar tushishibdi. Borib ulardan so’rang-chi, bisotlarida baxmal matosi bormikan?
Mirza ko’ksiga kaftini qo’yib: «Xo’p bo’ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi. Hech qancha vaqt o’tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi.
-Taqsir bog’dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan!-debdi.
Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi?-debdi xoja.
Yo’q! Rangini so’ramabman.
Rangini bilib keling!- deb buyuribdi xoja mirzaga.
Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o’tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi.
Bildim taqsir! Rangini so’rab bildim! Pistamagiz ekan baxmal rangi!
Yaxshi, - debdi xoja.- Baxmalning gazini necha so’mdan sotarkanlar bog’dodlik birodarlar?
Tili lol mirza baxmal narxini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga zing’illabdi va u yerdan baxmal narxini ham aniqlab kelibdi. Lekin xojasi tushmagur mirzaga yana: «Hammasi bo’lib qancha baxmallari bor ekan, bilmadingizmi?»-degan savolni ko’ndalang qilib, uni mulzam qilibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga junayotgan ekan, xoja uni to’xtatibdi.
To’xtang, - debdi va ikkinchi mirzani chaqirtirib,birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni aytibdi. Ikkinchi mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o’tgach, xoja va birinchi mirza o’tirgan yerga kirib kelibdi.
To’g’ri taqsir! Karvonsaroyga Bog’doddan savdogarlar kelishibdi. Bisotlarida baxmal matolari xam bisyor emish,- debdi.
Rangi qanday ekan uning?
Rangi pistamag’iz, sifati ham soz!
Har gazini qanchadan deyishmoqda?
Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xojasining «Hammasi bo’lib qancha baxmallari bor ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi.
Shu paytdan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob beribdi va birinchi mirzaga yuzlanibdi.
Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini?
Maosh belgilashda xodim farosati xam e’tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir!- debdi.
Savol: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 2)Mustaqil fikrlovchi inson bo’lib shakllanishda farosatning o’rni qanday? Sizning fikringizcha , xalq manfaatini ko’zlashda, Vatan ravnaqini yuksaltirishda mustaqil fikrlash ko’nikmalari zarurmi? . Javobingizni asoslab bering
Dostları ilə paylaş: |