II.2.Tropik iqlim mintaqasi va tabiat zonalari. (Savanna va siyrak o’rmonlar tabiat zonasi.)
Tropik iqlim mintaqasi yil davomida issiq bo‘lib, Atlantika okeani havo massalarining hukmronligi sezilib turadi. Yozda namgarchilik ko‘p bo‘ladi. Faqat mintaqaning g‘arbida quruq,tumanli kunlarni kuzatish mumkin. Savannavasiyrako‘rmonlar- tropik mintaqadagi siyrak tarqalgan daraxtlar va butalar bilan o'tloqli o'simliklar bilan qoplangan ulkan kengliklar.Ular yilning quruq va yomg'irli fasllarga keskin bo'linishi bilan mussonli tropik iqlimga xosdir.Savannalar quruq kontinental iqlimi bo'lgan balandroq tropik mamlakatlarga xos bo'lgan dashtga o'xshash joylardir. Haqiqiy dashtlardan (shuningdek, Shimoliy Amerika dashtlaridan) farqli o'laroq, savannalar o'tlardan tashqari, ba'zan butun o'rmonda o'sadigan butalar va daraxtlarni ham o'z ichiga oladi, masalan, Braziliyaning "campos cerrados" deb ataladigan joylarida. Savannalarning oʻtsimon oʻsimliklari, asosan, baland (1 metrgacha) quruq va qattiq poʻstli oʻtlardan iborat boʻlib, odatda turli-tuman boʻlib oʻsadi. Boshqa ko'p yillik o'tlar va butalarning maysazorlari o'tlar bilan aralashtiriladi va bahorda nam joylarda suv bosadi,shuningdek, o'tlar oilasining turli vakillari o‘sadi.Bundan tashqari Savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasida qizil va qizilqo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Baland o‘t o‘simlikli, kaktus akatsiyalar savannalar va eman-qarag‘ayli siyrak o‘rmonlar xos.Meksikaning g'arbida okean sohilida tropik mintaqadagi materiklarining g'aribiy chekkasidagi barcha yerlaridagi kabi cho`llari uchraydi. Bu cho'llar sovuq Kaliforniya oqimi tufayli hosil bo`lgan. Kaliforniya oqimi atmosferaning quyi qatlamida temperaturani ancha pasaytirib , shimoliy tinch okeanini antisiklonining sharqiy chekkasida oqadigan passatlarning ana shu yerlarga tushishiga yordam beradi.Tushayotgan havo isib sovuq qatlamdan tepadan o'rin oladi.Buning oqibatida atmosferaning quyi qatlamida temperaturaning ancha pasaytirib , Shimoliy tinch okeani antitsiklonnining sharqiy chekkasida oqadigan passatlarining ana shu yerlariga tushishiga yordam beradi. Bu hodisa tufayli havo oqimlari vertikal harakat qilmaydi,bulut hosil bo'lmaydi va yog'in yog'maydi.Faqat kechalarigina havoning pastki qatlami hali sovuq paytida tumanlar hosil bo`lib , sohilga bir oz shudring tushadi. Bunday hodisalar Kaliforniya shtatining subtropik sohili uchun ham xaraktrelidir. Lekin bu yerda bunday hodisa yoz paytida bo'ladi.Meksika tog'ligida tog'lar orasidagi tekis joylarda kreozot cho`llari tarqalgan. Cho`llarning ibtidoiy tuproqli yerlarida sukkulentlar bilan birga ba’zi joylarda kaktus-akatsiya savannalari, buk va dub, qarag'ay siyrak o'rmonlar va boshqalar tarqalgan. Ana shu o`simliklar tagida savannalarining qizil qo'ng'ir tuproqlar tarkib topgan. Bunday tuproqlar Meksika bo'yi pasttekkisliklarning Janubida yirik territoriya egallab yotadi. Doimiy yashil tropik o'rmonlar kam uchraydi. Ular Vulkanli Syerra ( Ko'ndalang Vulkanli Syerra ) tog`larining quyi qismlarida va Floridaning janubida bor. Florida o`rmonlari palmaning o'nlab turlari, fikuslar va boshqa tropik o'simliklar bilan xarakterlanadi. Biroq namgarchilik serob bo'lganidan bunday o'rmonlar Janubiy Florida kichik bir territoriyani ishg'ol etib , boshqa joylar botqoqlikdan iborat.Doimiy yashil o'rmonlarda qizil tuproqlar eng ko'p uchraydi. Landshaftlar zonalarining ana shu xarakteriskasi materik landshaftlarining barcha tiplarini yorita olmaydi,albatta. Bunda tekisliklardagi landshaftlarning asosiy tiplarigina tariflanadi. Mahalliy faktorlarning ta’siri landshaftlar xarakterini har bir joyda o'zgartirib yuboradi.Shunga qaramasdan Shimoliy Amerikada zonalar ancha yaqqol namoyon bo`lganligini ko'rdik. Shimoliy Amerikada ignabargli o'rmon landshaftlarining ko`proq tarqalishi, o'rtacha mintaqada keng bargli o'rmonlarning o'rnini olishdan iborat. Okean bo`yi g'arbiy sektor zonalari orasidagina uchraydi. Bular materikning g'arbiy qismi palegeografiyasining regional xususiyatlari bilan bog'liqdir.Biroq materik ichki sektori bilan sharqiy okean bo`yi sektori orasida subtropik o'rmon - dashtlar zonasi va preriyalar o'tuvchi zonachasining keng taraqqiy etishi materik tabiat zonalarining o'ziga xos xususiyatidir.Boshqa materiklardagi kabi , bular ham meridional joylashgan. Preriyalar va subtropik o'rmon dashtlarning yaqqol aks etilganligi , shuningdek , dashtlar zonasi sharqiy qismining meridional cho'zilishi ( bu hodisa Kordilyera tog'laring tasiri tufayli ayniqsa yaqqol ko'rinadi ). Shimoliy Amerika « meridional zonalar » hosil qilgan degan noto'g'ri tasavvurga sabab bo'lgan.Materik kartasida zonalaming joylanishi gipotetik materikning geografik zonalari sistemasiga to'g'ri keladi.Qo’shimcha ma’lumot:Tropik mintaqalar — Shimoliy va Janubiy yarim sharlarda subtropik va subekvatorial mintaqalar oraligʻida joylashgan 2 geografik mintaqa. Tropik mintaqalarning materik qismi uchun choʻl va chala choʻl landshafti, okeanlarga esa suvning shoʻrligi (37%o) va yuqori temperaturasi xos. Tropik mintaqalarda quyosh nurlari tik tushgani va bulutning kam boʻlganidan quyosh radiatsiyasi koʻp. Natijada harorat yil boʻyi yuqori boʻladi. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi quruqliklarda 30–35°, eng sovuq oyniki 10° dan pastga tushmaydi. Yillik yogʻin 50–200 mm (faqat sharqiy okean boʻyi mussonli zonasida 1000–2000 mm gacha). Materiklarda Tropik mintaqalarning quyidagi sektorlari: sernam oʻrmon landshaftli sharqiy okeanboʻyi, siyrak oʻrmon va butazorlardan iborat sharqiy oʻtish, choʻl va chala choʻl landshafti ustun boʻlgan materik ichkarisidagi va gʻarbiy okeanboʻyi sektorlari farq qilinadi. Sharqdan gʻarbga borgan sari oʻsimliklar dunyosi ham oʻzgarib boradi: aralash (doim yashil va barg toʻkuvchi) oʻrmonlar, mussonli oʻrmonlar (qarang Tropik oʻrmonlar), siyrak oʻrmon va savannalar, quruq oʻrmon va kserofilbutalar, chala choʻl va choʻl oʻsimliklariga oʻtib boradi. Muvofiq ravishda faunasi ham oʻzgaradi. Okean va dengiz suvlarida bugʻlanish koʻp boʻlganligi sababli kislorod va planktonlar siyrak. Tropik mintaqalardagi koʻpchilik yerlar xoʻjalik jihatidan kam oʻzlashtirilgan, aholi siyrak.Harorat issiqdir.E’tibor qiladigan bo’lsak tropik so’zi arabchada “Issiq” demakdir.Lekin bu mintaqada dunyodagi eng ko’p hayvonlar to’plangan.