Appalachi togʻlari – Shimoliy Amerikadagi togʻlar, AQSH bilan Kanada hududida. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 2600 km choʻzilgan, eni 300 – 500 km. Eng baland choʻqqisi – Mitchell togʻi (2030 m). Appalachi togʻlari janubi-sharqiy va shimoliy qismlari paleozoy erasida burmalangan kristall jinslar (gneyslar, kristalli slaneslar, kvarsitlar)dan, janubi-gʻarbiy qismi choʻkindi jinslar – ohaktosh, qumtosh, gilli slaneslardan tashkil topgan. Me-zozoy va kaynozoyda togʻlar gumbazsimon 581 m koʻtarilgan. Togʻlarni koʻpdan-koʻp daryolar parchalab yuborgan. Shimoliy tomonlari relefini toʻrtlamchi davr muzliklari ancha oʻzgartirgan. Appalachi togʻlari iqlimini Atlantika okeani yumshatib turadi. Yogʻin 1000 – 1300 mm. Janubda togʻ yon bagʻirlari 1000 m balandlikkacha keng bargli oʻrmonlar, undan yuqorida aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Appalachi togʻlarida toshkoʻmir, neft, temir rudasi, mis, kumush,kobalt bor.
XULOSA
Shimoldan janubga tomon Shimoliy yarim sharning ekvotrial mintaqasidan boshqa barcha mintaqalari kesib otadi. Materikning eng keng va yaxlit qismi subarktika va mo‘tadil mintaqalarida, kichikroq qismi esa subtropik mintaqalarda joylashgan, eng tor janubiy qismi tropik va subekvatorial mintaqalardadir. Arktika mintaqasiga asosan orollar kiritiladi.Materikning kenglik bo‘yicha bunday joylashganligi uning Shimoliy va janubiy qismlarining isishidagi, katta Shimoliy qismi yozgi va qishki radiatsiya sharoitidagi katta tafovutlarga olib keladi. Yillik yalpi quyosh radiatsiyasi miqdori janubi - garbda 180 kkal/sm2 Kanadaning Shimoliy qismida 80 kkal/sm2 o‘zgaradi.Shimoliy Amerikada yer yuzasidagi asosiy orografik elementlarning submeredional yo‘nalishda ekanligi Sharqiy tomonidan katta orografik to‘siqlar bo‘lmagan Atlantika okeani tomonidan havo massalarining kirib kelishiga qulaylik tug’diradi. Materik g’arbidagi Kordilyera tog’lari esa havo massalarining Tinch okean tomonidan materik ichkarisiga kirib kelishiga to’sqinlik qiladi.Materik o’rta qismida Shimoliy Muz okeani bilan Meksika qo’ltig’i orasida tekisliklarning mavjudligi va orografik to’siqlarining yo’qligi yilning barcha faslida Arktika va tropik kengliklar orasida meridional ravishda havo almashunuviga imkon beradi.Atlantika okeanida uning Shimoliy va janubiy qismining isishidagi tafovutlarni bir -biri bilan Nyufaunlend rayonida uchrashuvchi iliq Golfistrum va sovuq Labrador oqimlari yanada kuchaytiradi. Shimoliy Amerikaning katta qismida havo massalari asosan g’arbdan-Sharqqa tomon harakat qiladi, lekin materikning g’arbiy qismidagi murakkab orografik tuzilmalar Tinch okeanidan keluvchi oqimlarni okean sohili va Kordilyera tog’larining g’arbiy hududlariga ko’proq miqdorda yog’in tushishiga sabab bo’ladi. Materikning ichki rayonlari kontinental havo shakllangan hududlar hisoblanadi. Shu sababli materik mo’tadil mintaqasining Atlantika bo’yi uchun yil bo‘yi siklonlar ta’siri bo’lishi xarakterlidir. Materikning Shimoliy qismida, Kanada va Alyaskaning katta qismida - 20° dan - 24°C. gacha, Kanada - Artika arxipelagi orollarida - 36° C.dan, Grenlandiya markazida - 44°C gacha pasayadi. Shu davrda materikning janubida yanvar oyining harorati musbat bo‘lib, +20° C dan +24° C gacha yetadi.Materikning deyarli butun Alyaskani, Gudzon qo‘ltig‘ining katta qismini va Labrador yarim orolining Shimolini o’z ichiga oluvchi katta qismi subarktika iqlim mintaqasida joylashgan.Arktika iqlim mintaqasiga esa materikning Shimoliy sohili va unga yondosh orollar kiritiladi. Materikning eng kam parchalangan qismi ya’ni janubiy chegarasi Kolumbiya daryosi quyi qismidan, Sharqda 40° shimoliy kenglik yaqinidan otadi. Mo’tadil iqlim mintaqasi mintaqaning, Sharqiy qismi dengiz iqlimiga mansub bo‘lsa, ichki qismlari quruq iqlim oblastiga kiritilsa, eng g‘arbiy qismlari yog‘in miqdorini ko‘p olganligi sababli dengiz iqlim oblastiga kiritiladi. Florida yarim orolidan g‘arbda, to Kaliforniya yarim oroligacha bo‘lgan katta hududni subtropik iqlim mintaqasi egallaydi. Tropik iqlim mintaqasi 28°-30° Shimoliy kenglikdan janubda joylashgan bo‘lib, bu mintaqada iqlim asosan Tinch va Atlantika okeanidagi yuqori bosim oblastlari belgilaydi. Subekvotrial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy hududlarini egallagan bo‘lib, yozda ekvatorial musson shamollari ko‘plab yog‘in keltiradi. Bular asosan Tinch okeanidan kirib keluvchi yog‘inlar hisoblanadi.