Mavzu: sholi dalalarini tekislash


Sholichilik tizimlaridan foydalanish



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə2/3
tarix10.12.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#139022
1   2   3
SHOLI DALALARINI TEKISLASH

Sholichilik tizimlaridan foydalanish ular barpo etilgandan so’ng tizimni o’zlashtirishdan boshlanadi. Tizimdan joriy foydalanish o’z ichiga qo’yidagi tadbirlarni oladi:
1)tizimni suv qabul qilishga tayyorlash (tozalash), suv va gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash, to’sqich, damlagich suv o’lchagichlarni o’rnatish, aloqa vositalarini tiklash;
2)suv uzatish va tegishli suv rejimiga rioya qilish;
3) tizimni qishki davrga tayyorlash, novegatatsion davrda yog’in va filtratsiya suvlarini qarshiliksiz chiqib ketishini ta’minlash va boshqalar.
Xo’jalik sholichilik sug’orish tizimlarida kanal va gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash va tozalash ishlari erdan foydalanuvchilar yoki sholichilik xo’jaliklari bilan tuzilgan shartnoma asosida ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladi. Sholichilik tizimini mavsumga tayyorlash va ta’mirlash ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: sug’orish tizimini kuzatish va ta’mirlash ishlari o’tkaziladigan ob’ektlarni aniqlash; o’lchash ishlarini bajarish va nuqsonlar ko’rsatilgan jadvalni tuzish; kvartal va oylar bo’yicha ta’mirlash ishlarini rejalashtirish; loyiha-moliya hujjatlarini tuzish; rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish; bajarilgan ishlarni qabul qilish.
Sug’orish tizimlarida asosiy (kapital) va joriy ta’mirlash ishlari bajariladi. Asosiy ta’mirlash zaruriyat tug’ilganda va vaqti-vaqti bilan o’tkazib turiladi. Bunda kanal va inshootlardagi yirik avariya holatlari bartaraf etiladi. Unga, shuningdek, eskirgan qurilmalar, detal va jihozlarni almashtirish ham kiradi. Sug’orish tarmog’ini doimiy ish holatida tutib turish uchun yuzaga kelgan kichik nuqsonlar joriy ta’mirlashlarda yo’qotiladi. U o’z ichiga sug’orish va tashama tarmoqlarini loyqa va begona o’tlardan tozalash, marzalarni ta’mirlash, nishobligini to’g’rilash, gidrotexnika inshooti va gidrometrik postlarni ta’mirlash, inshootlardagi kichik nuqsonlarni yo’qotish, avariya va profilaktik ishlarni oladi. Avariya ishlari tarkibiga tabiiy ofat tufayli kanal, damba, inshootlarda yuzaga kelgan buzilish holatlarini yo’qotish kiradi. Tizimda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan buzilishlarning oldini olish maqsadida doimiy ravishda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib turiladi. Bunda sug’orish, tashama va kollektor-zovur tarmoqlarini tozalash, har yili sholichilik dalalarini joriy tekislash va gidrotexnika inshootlarining 30%ni ta’mirlash, korroziyaga beriluvchan tizim elementlarini bo’yash va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.

3.Chiqindi suvlardan qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda foydalanish uchun maxsus sug’orish tizimlari barpo etiladi. Chiqindi suvlardan foydalaniladigan maxsus sug’orish tizimlari ishlab chiqarish korxonalarida shakllanayotgan va sun’iy tozalash inshootlarida dastlabki tozalashlardan o’tgan chiqindi suvlarning yillik hajmini to’liq qabul qila oladigan va qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish yo’li bilan tuproq orqali to’liq tozalashga imkon beruvchi tizimlardir.


Sug’orish dalalari 3 xilda bo’lishi mumkin: a) chiqindi suvlarini yil davomida qabul qiluvchi; b) chiqindi suvlarini yil davomida qabul qilib, ularni maxsus suv omborlarida saqlovchi hamda ulardan faqat vegetatsiya davrida foydalanuvchi; v) chiqindi suvlarini faqat vegetatsiya davrida qabul qiluvchi.
Sug’oriladigan dalalar maydoni shakllanayotgan chiqindi suvlarni to’liq yo’qotishga imkon beradigan darajada tanlab olinadi.
Yil davomida chiqindi suvlardan foydalanuvchi tizimlarda sug’orish o’suv davri va nomavsumiy davrlarda o’tkaziladi. Nomavsumiy davrdagi sug’orishlar o’g’itlash-nam to’plash sug’orish deb yuritiladi. Mavsumiy sug’orish me’yori o’simliklarning suv va oziq unsurlariga bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Sug’orish me’yori va muddatlarini belgilashda chiqindi suvlarini doimiy qabul qilish va taqsimlash zaruriyati ham hisobga olinishi kerak.

4.Chiqindi suvlardan foydalaniladigan sug’orish tizimlarida quyidagi sug’orish usullari qo’llaniladi: er yuzasidan sug’orish – egatlab, yo’laklab, chek olib bostirib, yomg’irlatib sug’orish va tuproq orasidan sug’orish. Qish vaqtida er yuzasidan va o’suv davrida yomg’irlatib sug’orish – aralash sug’orish usuli ham qo’llanilishi mumkin.


Chiqindi suvlarini dalaga uzatish tarmog’i yopiq holda bo’ladi. Er ustidan sug’orishda filtratsiyaga qarshi qoplamali ochiq kanallar orqali uzatilishi mumkin. Yopiq tarmoq sifatida asbesttsement, cho’yan, temir-beton, polimer va po’lat quvurlar ishlatiladi. Quvurlar tuproqqa 70 sm. dan kam bo’lmagan chuqurlikda joylashtirilib, unda suvning oqim tezligi 0,6-0,7 mG’sek. dan kam bo’lmasligi kerak.
Tadqiqotlar ko’rsatadiki, er yuzasidan sug’orishda yomg’irlatib sug’orishga nisbatan o’simliklarning er ustki organlari deyarli ifloslanmaydi va shu sababdan bunday usul qulay hisoblanadi. Bunda egatlab sug’orish texnikasi elementlari oddiy suv bilan sug’organdagidek qilib belgilanadi. Yo’laklab sug’orishda dalalar nishobi 0,002–0,008 bo’lishi lozim. Yo’lak uzunligi 300-800 m, eni 30-40 m. Bo’ylama marzalar KZU-0,3 agregati yordamida olinadi.
Chek olib bostirib sug’orishda cheklar chuqurligi 0,20–0,25 m, eni 30–50 m va uzunligi 100–120 m qilib olinadi. Sug’orish oqova chiqarmasdan amalga oshiriladi. Muvaqqat sug’orish tarmog’i ochiq yoki yopiq (qattiq quvurlar va egiluvchan shlanglar) holda bo’lishi mumkin.
Sanitariya nuqtai nazaridan tuproq orasidan sug’orish eng maqbul usul hisoblanadi.

5.Chiqindi suvlar bilan yomg’irlatib sug’orishda uzoqqa otar DDN-70 mashinasi, DD-30, DD-50, DD-80 yomg’irlatgich apparatlari, o’rtacha otar DKSh-64 «Voljanka», DMU-A «Fregat» va DF-120 «Dnepr» mashinalaridan foydalaniladi. Shuning-dek, chiqindi suvlarni taqsimlash uchun takomillashtirilgan maxsus DDN-100S, DMU-ASS, DFS-120, DKN-80 yomg’irlatib sug’orish mashinalari hamda DD-30-1, DD-50-1, DD-80-1 apparatlaridan foydalaniladi. Chiqindi suvlar tarkibida quruq modda miqdori 1000 mgG’l. dan ortganda uzoqqa otar qurilma va apparatlarning otish masofasi daryo suvi bilan ishlagandagiga qaraganda 10%ga qisqaradi.


Yomg’irlatib sug’orish mashinalarini dalada joylashtirish tartibi oddiy suv ishlatilgan sharoitdagi singari bo’ladi. 60 gektargacha bo’lgan maxsus sug’orish tizimlarida «Raduga» (KI-50, KI-25) irrigatsiya jihozlari komplekti, Z-50D «Sigma» yomg’irlatish qurilmasi, DDN-70 mashinalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
DKN-80 mashinasining mo’’tadil ishlashi uchun chiqindi suvlar tarkibidagi tolasimon aralashmalarning uzunligi 10 mm va quruq moddalar miqdori 2 gG’l. dan, DMU-ASS «Fregat» mashinasi uchun tegishlicha 2,5 va 1, FFS-120 «Dnepr» mashinalari uchun 3 mm va 2 gG’l. dan ko’p bo’lmasligi, suvning muhit reaktsiyasi (rN) 6–8 va harorati 5–30 oS atrofida bo’lishi lozim.
Yaqinga va uzoqqa otar yomg’irlatib sug’orish mashinalaridan foydalanib chiqindi suvlarini taqsimlashda shamolning tezligi 5 mG’sek. dan, uzoqqa otar mashinalar qo’llanilganda 3 mG’sek. dan katta bo’lmasligi lozim va bunday sug’orish dalalari aholi istiqomat joylaridan kamida 1000 m, magistral yo’llardan 100 m masofada bo’lishi shart.

XULOSA.
Bu don tolali ildiz tizimiga ega, havo bo'shliqlari suv bosgan tuproqqa kirishga imkon beradi. Guruch - qalinligi taxminan 3-5 mm va balandligi 38 sm dan bo'lgan tugunli poyalardan tashkil topgan buta, balandligi 3-5 m (chuqur dengiz shakllari). Poyasi asosan tik, lekin koʻtariluvchi va oʻrmalovchi poyalari bor. Bargi lansetsimon, toʻpgulsimon boʻlib, uzunligi 10–30 sm boʻladi. Panikulasi sholi turiga qarab siqilgan yoki yoyilgan, osilgan yoki tik turadi. Unda qisqa oyoqlarda ko'p sonli bitta gulli spikelets joylashgan. Butun, oddiy guruch donasi qattiq qobiqdan iborat bo'lib, uning ostida jigarrang don mavjud. Po’sti ostida endosperm, donning eng to'yimli qismi bo'lib, biz oq guruch shaklida ko'ramiz, uni sayqallangan yoki sayqallangan deb atashadi. U taxminan 94% kraxmalni, taxminan 6-10% proteinni o'z ichiga oladi, ammo, afsuski, unda B guruhi vitaminlari va minerallari deyarli yo'q. Sayqallangan guruch tezroq pishadi va organizm uchun osonroq hazm qilinadi. Issiq, nam iqlim sharoitida mahsulot uzoqroq davom etadi.


Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin