Mavzu: shovqin va titrashdan himoyalanish


Shaxsiy himoya vositalari



Yüklə 19,25 Kb.
səhifə3/3
tarix25.11.2023
ölçüsü19,25 Kb.
#134198
1   2   3
HFX SMS

3. Shaxsiy himoya vositalari.
1. Agar shovqin 120 dB dan katta bo’lsa, shovqinga qarshi shlemlar ishlatiladi.
2. Agar shovqin 120 dB dan kichik bo’lsa (naushniklar) quloq to’sqichlari ishlatiladi.
3. Quloq tiqinlari.
Shovqin quyidagi asboblari bilan Hlchanadi.
IShV-Togonrog shahri; Sh-73, Sh-63 - Moskva shahri; ShUM- 1-30 - Moskva shahri; RET - GDR; Bryul va Kyer-Daniya.


4. Titrash xarakteristikasi.
Fiziologik nuqtai nazardan shovqin bilan titrashning farqi yo’q. Titrash ham shovqin singari tebranma harkatdir. Faqat chastotasi 16 Gs gacha bo’lgan tebranishlardi.r Farqi shundaki, titrashni biz sezish a’zolarimiz orqali qabul qilamiz. Titrash zararlidir. Shuning uchun titrash mavjud bo’lgan ishlarga 18 yoshga to’lmaganlar, xomilador ayollar, ichak-oshqozon kasalliklari bor kishilar olinmaydi.
Titrash ishchilar sog’ligiga salbiy ta’sir qiladi. Titrashda ishda uzoq ishlaganlarda tHqimalarning qaytadan Hsib chiqishi (suyak qadoqlari, qon tomirlarining sinuvchanbo’lib qolishi, buralib ketishi) hollari kuzatiladi, trofik hodisalar (sochlarning sinuvchan bo’lib qolishi, terining yorilishi, asab tolalari sezuvchanligining yo’qolishi va boshqa salbiy hollarga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa titrashga asab va ichak-oshqozon sistemasi ta’sirchandi.r Buning natijasida uyquning va ishtahaning buzilishi kelib chiqadi. Past chastotali (6-9 Gs) titrashda kishining ichki a’zolarining uzilib ketishi, hamda tomirlar tortishib qolish hollari bo’lishi mumkin. (Bu yerda tajriba qilingan kuchuk haqida gapirib berish kerak).
Titrash ham shovqin singari logarifmik shkalalarda o’lchanadi.
1) amplituda, 2) chastota, 3) tebranish davri, 4) tebranma harakat tezligi.
Titrash quyidagi asboblar bilan Hlchanadi.
1) VR-1, 2) IShV-1, VEP-4 va boshqalar.
Titrashga qarshi kurash usullari:
1) titrshani ixotalash, 2) titrashni sHndirish, 3) shaxsiy himoya vositalari.
5. Titrashga qarshi kurash turlari.

Titrash kishi organizmiga salbiy ta’sir qiladi, natijada ish unumdorligini pasaytiradi, ko’pincha og’ir kasbiy kasallik - titrash kasalligiga olib keladi. Shuning uchun titrashga qarshi tadbirlarga alohida ahamiyat beriladi.


Titrash kasalligi kasbiy kasalliklarga kiradi. Bu kassalikni boshlaQich davridagina yaxshilab davolash mumkin. Titrash kasalligini davolash, ayniqsa, kasallik ruju qilgan holatlarda uzoq muddatda davolanadi. Ko’p hollarda kasallik O’tib ketsa, nogironlikka olib kelishi mumkin.
Mashina va mexanizmlarning tirashini kamaytirish quyidagi usullarda olib boriladi:
- titrashni keltirib chiqarayotgan manbaa ta’sir qilish;
- rezonans holatidan chiqarish;
- titrashni dempferlash;
- titrashni dinamik sHndirish;
mashina va qurilish elementlaring konstruktiv elementlarini O’zgarish;
- titrashni ixotalash va shaxsiy himoya vositalarini qo’llash.
Mexanizasiyalashgan, elektr yoki havo asboblari yordamida ishlaganda, qo’lni titrashdan saqlash uchun maxsus qo’lqoplar, qistirma va plastinalardan tashkil topgan shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi. Shaxsiy himoya vositalariga qHyiladigan umumiy talablar GOST 12.4. 002-74 da belgilangan. Titrash kasalligni oldini olish uchun titrash mavjud bo’lgan ishlarida maxsus ish tartibi qo’llaniladi. Masalan, titrash mavjud bo’lgan mashinalarida umumiy ish vaqti smenaning 2/3 qismidan oshmasligi kerak. Bundan tinsman ishlash vaqti 15-20 min va dam olish vaqtlari bo’lishi kerakligi kO’zda tutilgan. Ishni tashkil qilishda titrashli operasiyalarni titrash bHlmagan ishlar bilan almashtirib turishi kerak. Titrashni O’lchash ST SEV 1931-78 “Titrash. O’lchov O’tkazish uchun umumiy talabalar”da belgilanadi. Titrashni O’lchash uchun ko’pgina asboblar mavjud, bulardan standart oktava filtli IShV-1 hamda VIP-2., VR-1 va boshqalar. Chet elda chiqaralidagina asboblardan RFT (Germaniya) hamda “Bryul va Kyer” firmasining (Daniya) asboblaridir.
Yüklə 19,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin