Mavzu: Sifatlarda daraja kategoryasi Reja: 1. Sifat 2. Sifat kategoriyalari. 3. Sifatlarning yasalishi.
Sifat va uning UGMsi. Asosan predmetning, qisman harakatnjng belgisini bildiruvchi so'zlar sifat deyiladi: qizil qalam, oq kabuUir yaxshi gapirmoq. feoshqa so'z turkumlari ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror jra turg'un belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turadi. Masalan, qu\ qizn deganda turg'un (statik) belgi, Gul qizardi deganda ^sa o'zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo'lgan. Sifat anglatadi|anbelgi boshqa turkumlar anglatadigan belgidan darajalanish xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, qizg'ish-qizil-qip-qizil, Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo q. Sifat gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, qisman kesim, hoi vazifasida keladi
Shu asosda sifatning UGMsini «asosan predmetning, qisman haakatnjng belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchj ba'zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish» ko'rinishida tiklash mumkin.
Belgi tushunchasi o'z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabilarni qamrab oladi. Belgining xususiyatiga ko'ra sifatlar ikkjga bo'linadi: asliy sifatlar va nisbiy sifatlar. Asliy sifatlar predmetning turg'un, nisbatlanmaydigan va darajalanagan belgisini ifodalaydi: qizil, sariq, katta, ko'p, oz. Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet, belgi, nnqdor, oj-jn va harakatga nisbatan ifodalaydi: moddiy yordam, siniq piyokf burchakdagi o 'tirgich. Nisbiy sifatlarda darajalanish, qiyoslanis bo'lmaydi. Asliy sifatlarning barchasida daraja shakllari, ayrimlarida ozaytirma va kuchaytirma shakllar bor.
Asliy sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo'lishi mumkin. Daraja kategoriyasi (DK) sifat ifodalagan belgining shu nuqtayi nazaridan tavsifini beradi.