Mavzu: Sodda va fazoviy figuralar Darsning maqsadlari: ta’limiy



Yüklə 19,07 Kb.
səhifə2/5
tarix09.06.2022
ölçüsü19,07 Kb.
#116789
1   2   3   4   5
5- guruh: «Shar»
6- «Shakllarda sonlar aksi».
Har bir guruhga shakllar tasvirlangan A4 formatdagi qog‘ozlar tarqatiladi va bir xil shaklni bo‘yash aytiladi. Rasmlarda 1,2,3,4,5 sonlari namoyon bo‘ladi.
― Bu raqamlar nimani anglatyapti? (O‘quvchilar 5ta tashabbusni aytib berishadi).
O‘qituvchi:
― 5 tashabbusning uchinchisi «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish»ga qaratilgan. Chunki, kompyuter, telefon, turli xil gadjetlar jadallik bilan hayotimizga kirib kelmoqda. Ular kundalik hayotimizdagi ehtiyojlarimizni qondirmoqda. Yoshlarda ularni mukammal o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Xalqaro olimpiadalar, PISA va PIRLS tadqiqotlari ham aynan kompyuter orqali o‘tkaziladi.
Bolajonlar, sizlar kompyuter bilan tanishmisiz? (Ha, tanishmiz).
O‘qituvchi: ― Kunlarning birida bir aqlli sichqoncha ham kompyuter bilan tanishib qolibdi. Lekin sichqoncha kompyuter haqida hech qanday bilimga ega emas ekan. Keling, yaxshisi bu hikoyani ekranda tomosha qilamiz(Slayd namoyish etiladi).
Kunlarning birida, sichqonvoy xonada sayr qilib yurganida, ko‘zi bir qutiga tushibdi. Sichqoncha uni avval uyda ko‘rmagan edi. Yoniga borib, bu nima ekan, deya qiziqdi. Undagi tugmachalarni bosib ko‘rdi. Shu payt haligi qutidan nur chiqa boshladi. Sichqoncha qo‘rqib ketdi. Ekranda esa «Xush kelibsiz!» degan yozuv turardi. Sichqoncha undan: «Sen kimsan?» ― deb so‘radi. Shunda quti o‘zini tanishtirdi:
― Meni kompyuter deb atashadi, men aqlli mashinaman. Juda ko‘p amallarni bajara olaman. Menda sen bilmaydigan funksiyalar mavjud, ko‘pgina dasturlar bor. Men murakkab misollarni ishlay olaman, har qanday chizmalarni chiza olaman, katta hajmdagi vazifalarni qisqa vaqt ichida bajara olaman, hatto men bilan o‘yin o‘ynashing, kitoblar o‘qishing, kino ham ko‘rishing mumkin.
Shunda sichqoncha debdi: ― Ohho, hammasini bir o‘zing bajara olasanmi?
Kompyuter debdi: ― Bajara olaman, faqat buning uchun menga buyruqlar kiritilishi kerak!

Yüklə 19,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin