4- guruh: «Silindr» “Paint” dasturi haqida aytib beradi.
“Paint” dasturi – kompyuterda grafik dasturlarni yaratish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan amaliy dastur.
“Paint”da qalam, mo‘yqalam yordamida rasmlar chizish va ularni turli ranglarga bo‘yash mumkin.
“Paint”da to‘g‘ri chiziq, egri chiziq, ellips, to‘rtburchak kabi shakllarni chizish va ularni bo‘yash mumkin. 5- topshiriq: «Sirli qopqoq» Berilgan misollarni yechib, «Mozaika» usulida shakllar hosil qilishadi. 5- guruh: «Shar» Kompyuter o‘yinlari haqida ma’lumot beradi.
Kompyuter o‘yinlari xilma-xildir, bular: strategik o‘yinlar, mahalliy o‘yinlar, sport o‘yinlari. mantiqiy o‘yinlar, imitator o‘yinlar, onlayn o‘yinlar kabilardir.
Kompyuter o‘yinlarini o‘ynab, ko‘p vaqt ekran qarshisida qolib ketish ko‘zlarni haddan tashqari zo‘riqtirish, umurtqaning qiyshayishi, ruhiy toliqish va tez asabiylashish kabi zararli holatlarni yuzaga keltiradi.
Darsga yakun yasash va baholash. Guruhlarning «Kamalak guli»dagi gullarning nechtasi to‘liq holga keltirilganiga qarab, g‘olib guruh aniqlanadi.
Sichqoncha: ― Rahmat, bolajonlar, men bugun sizlardan kompyuter haqida juda ko‘p ma’lumotlarni bilib oldim. Endi kompyuter bilan, albatta, do‘st bo‘laman.
O‘qituvchi: ― Shunday qilib, sichqoncha kompyuter bilan ajralmas do‘stga aylanibdi.
Uyga vazifa: 15- misolni yechib kelish.