Mavzu: Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga ta



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/5
tarix05.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#123037
1   2   3   4   5
Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga

Mavzuning maqsadi.Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsiri qilishning qonuniy-huquqiy asoslarini oʻrganish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaradorligini oshirish boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega boʻlish.
Mavzuning ob'yekti-Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsirining tarkibiy qismilarini hisoblash tizimini tashkil etish
Mavzuning predmeti-Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsiri tizimi amal qilishning qonuniy-huquqiy asoslari tarkibiy qismilarini o`rganish mazmuni,shakl va usullarini to'liq o'rganish va mohiyatini ochib berish.
Mavzuni oʻrganish vazifalari:
-Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
- Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsir qilishning qonuniy-huquqiy asoslari moliyaviy – iqtisodiy nazariyasini rolini aniqlash.
-Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsirining qonuniy-huquqiy asoslarining yangi qirralarini topish;
-Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsir qilishning qonuniy-huquqiy asoslari nazariyasi bo’yicha jahon tajribasidan oʻrganish..
1.Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy mohiyati va obektiv zarurligi.
Mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, O’zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o’q-dorilarga ham mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag’larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jarayonida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo’la olmaydi, soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to’lanishi yoki undirilishi lozim. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.N.I. Turgenev o’zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818 yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo’lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo’lish bilan birga paydo bo’lib, uning belgisi bo’lib qoldi. .Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig’ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to’g’risida; yig’iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikki eng asosiy xususiyatdir» bu so’zlardan yana bir bor amin bo’lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldidagi vazifalarning bajarilishini moddiy ta’minlash manbai sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo’ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o’zgarmay qoldi.
Shu o’rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o’tish o’rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er resursi va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to’lanadi». Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o’z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlanishiga o’zining hissasini qo’shgan.Soliqlar bo’yicha yana bir ta’rif S.G. Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to’lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo’lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».
Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarning iqtisodiy mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan. Masalan, «Siyosiy iqtisod» izohli lug’atida soliqlar «…korxona, tashkilot va aholini, mamlakat moliyaviy resurslarini tashkil etishdagi ishtirokini xarakterlovchi majburiy to’lovlar tizimi» deb izohlanadi.Professor D.G.Chernikning fikricha «Soliqlar - davlat tomonidan xo’jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi».Professor B.G.Boldo’rev boshchiligida yozilgan «Kapitalizm moliyasi» o’quv qo’llanmasida soliqlarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Soliqlar — davlat tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va huquqiy shaxslarning majburiy to’lovlari» haqiqatan ham yuqorida keltirilgan ta’riflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo’lishi mumkin. Lekin bu ta’riflar o’zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to’laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to’lovlar nima maqsadda undirib olinishi hamda qachon undirib olinishi to’g’risida etarli ma’lumotlar bera olmaydi.Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi.Shuni ta’kidlash kerakki, prof. O.Olimjonovning fikriga ko’ra, soliqlar quyidagicha ta’riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq bo’ladi: «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir».Bizningcha soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo’lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o’rni va rolini, soliqlarning xarakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Soliqlarga olimlar tomonidan berilgan bir qancha ta’riflarni o’rganib chiqdik. Shu o’rinda bu ta’riflar ma’lum ma’noda bir-birini takrorlab, to’ldirib va boyitib kelmoqda. Yuqoridagi ta’riflar soliqlarni to’liq va aniq yoritish, ularning barcha jihatlarini batafsil qamrab olmaydi. Shuning uchun soliq toifasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o’rnini, soliqlarni nazariy jihatlarini aniqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish muammosi mavjuddir.Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu erdan kelib chiqadi.
Biz soliqlarning iqtisodiy mohiyatini to’liq tushunishimiz uchun, dastavval soliq so’zining tarixan mavjud bo’lgan iqtisodiy ma’nosini to’g’ri tushunib tahlil qilib olishimiz lozim.
Soliq tushunchasi - iqtisodiy munosabatlarda asosiy o’rinni egallaydi. Uning xarakterli tomoni shundaki - u tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan ularga mulkchilik, xo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqida tegishli bo’lgan pul mablag’larini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to’lovlarni aks ettiradi, ya’ni soliq - davlat tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolardan majburiy qonuniy tartibda belgilangan stavkalar bo’yicha, soliq to’lovchining bundan biron bir muayyan manfaat ko’rishi bilan bevosita bog’lanmagan tarzda undiriladigan pul yig’imi.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin