Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga
3.Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar ortasida vujudga keluvchi obektiv majburiy tolovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bolib, milliy daromadning bir qismi bolgan pul mablaglarini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning oz funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida ozi bajaradigan funktsiyalarga ega bolib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda kategoriyaning hayotda kop qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funktsiyalari togrisida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari ortasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga kora eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki fiskal funktsiyasiz nazorat funktsiyasining mavjud bolishi mumkin emas. Garb iqtisodchilari kopchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.M.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. Bu kontseptsiyaga kora, soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, ragbatlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror osishni taminlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.Neokeynschilik yonalishi vakillari bolgan L.Xarrot, N.Kaldor, A.Xansen va P.Samuelsonlarning fikriga kora, soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini ozgartirish va turli imtiyozlar berish yoli bilan bu funktsiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar.Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasi yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi E.De.Jirardenning nazariyasi asos bolgan. Bu nazariyaga kora, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qollash yoli bilan jamiyat azolari ortasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bolib, amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, frantsuz iqtisodchilari M.Klyudo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga kora, davlat soliqlardan va transfert tolovlaridan foydalanish yoli bilan jamiyat milliy daromadini kambagallar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funktsiyasi mavjud degan xulosa kelib chiqishiga sabab boldi.I.Malmiginning fikriga kora, soliqlar uch funktsiyani bajaradi, yani fiskal, taqsimlash va ragbatlantirish. Uning fikriga kora birinchi funktsiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bogliq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Ragbatlantirish funktsiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish yoli bilan amalga oshiriladi. Oz-ozidan korinib turibdiki, garb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funktsiyasi I.Malmiginda taqsimlash funktsiyasi sifatida namoyon bolmoqda.Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini korsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini korsatib turishi zarur. Bugun paydo bolib ertaga yoq bolib ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bola olmaydi. Demak, funktsiya kategoriyasi doimiy, qatiy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak.Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Kopchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, ragbatlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb tarif berishadi. Fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib korsatish maqsadga muvofiqdir: 1. Soliqning fiskal funktsiyasi. 2. Tartibga solish funktsiyasi. 3. Ragbatlantirish funktsiyasi 4. Soliqning nazorat funktsiyasi. 5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan taminlash funktsiyasi. 1. Soliqlarning asosiy funktsiyasi - fiskal funktsiya hisoblanib (lotincha fiscus sozidan olingan bolib, xazina degan manoni anglatadi), bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat korsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bolagini davlat apparati, mamlakat mudofaasi, noishlab chiqarish sohasining umuman oz daromadlari manbaiga ega bolmagan qismini (kopgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishini taminlash uchun ozining mablagi etishmaydigan tarmoqlarni (fundamental opgan, teatrlar, muzeylar, koplab oquv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish yoli bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlarnifiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funktsiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini kopaytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga koproq etibor bergan sari kop moliyaviy resurslarni sarflamoqda, lekin soliq tizimi ozining fiskal funktsiyasi va vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish osishiga, jamgarish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda xalq xojaligining umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir bolishiga yol qoymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi kerak.Soliqlarning ushbu funktsiyasi orqali hosil boladigan pul resurslari davlat fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yonaltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qollanadi, yani aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarning bir qismi qayta taqsimlanadi. Bunday yondashuvlar soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qoshilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa qonun xujjatlarda belgilangan stavkalar boyicha soliqqa tortiladi.Ayrim soliq turlari ishlab chiqaruvchilar va istemolchilarni yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda joylarda korxonalar faoliyatining iqtisodiy shart-sharoitlarini ozgartirishga majbur etib, moliyaviy resurslarni makrodarajada qayta taqsimlashga olib keladi. 2. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchanlik roli hisoblanadi, yani davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xojaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga tasir korsatadi, yani muayyan tarmoqda ishlab chiqarish suratlarini ragbatlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng maqul bolgan boshqa tarmoqqa qoyilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining tolovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funktsiyasining ahamiyati bozor sharoitida osib boradi, bu davrda tadbirkorlarni mamuriy qaram qilish usullari yoq bolib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, korsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bolgan «yuqori tashkilot» tushunchasining ozi asta-sekin yoqola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bolgan yonalishda ragbatlantirish zarurati saqlanib qoladi. 3. Ragbatlantirish funktsiyasi soliq tizimining eng muhim funktsiyalaridan biri bolib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamgarilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga ragbatlantiruvchi tasir korsatadi, yani soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga, shuningdek xorijiy investitsiyalar faoliyatini jonlantirishni ragbatlantiradi. Soliqlarning ragbatlantirish funktsiyasi orqali davlat xalq xojaligi taraqqiyotini ragbatlantiradi, bu bilan fiskal funktsiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning ragbatlantirish funktsiyasi orqali ragbatlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xojalik yurituvchi subektlarning erkin faoliyat korsatishi taminlanadi. 4. Soliqlarning nazorat funktsiyasi soliq tolovchi tomonidan taqdim etilgan soliqqa tortish obekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va tegishli soliq korsatkichlarining hisob-kitoblarini taxliliy ishlarni amalga oshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq tolovchilar ozlarining soliq majburiyatlarini qandaybajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. 5. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan taminlash funktsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funktsiya orqali xarajatlar hajmi va soliqlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyalarini bajarishga sarflanganligi togrisida axborot berib turilishi juda zarur.Shunday qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi toliq, oz vaqtida va oson kechadi.Biz soliq funktsiyalarini qisqacha korib chiqishimiz soliqlar moliya resurslarini tiklash, xojalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash boyicha muhim vazifalarni bajaradi deb xulosa chiqarishimiz uchun imkon beradi.Soliqlar bajaradigan vazifalar kopchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy oxshashliklarga ega. Ana shunday ananaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar taminlab berish. Soliqlarning fiskallik funktsiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga kop jihatdan bogliq. Bu korsatkich qanchalik yuqori bolsa, soliqlarning fiskallik funktsiyasi shunchalik faol boladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlari kopayishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi. 2. Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga komaklashish. Ozbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi oziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yonaltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yonaltirishning qudratli vositasi bolishi kerak. 3. Aholining mehnat faolligini ragbatlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bogliq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70-80 yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarini aholi daromadlariga progressiv ravishda qollash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan. 4. Iqtisodiy osishni ragbatlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat printsiplari ortasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qoyilmalarini amalga oshirar ekan, ular ozlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez ozgarmaydigan bolishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bolgan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati oshib boradi. Yuqorida aytib otganimizdek, soliqlarning byudjetga ijobiy tasiridan tashqari, muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo bolgan tijorat tuzilmalarini moliyaviy jihatdan qollab-quvvatlash zaruratini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yoli orqali hal etish mumkin.Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, orta va uzoq muddatli vazifalarga bolinadi. Bu vazifalar mazmuniga kora bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bolgan ehtiyojlarni qondirishga balki davlat daromadlarini byudjetning orta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.
XULOSA Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning bilvosita quroli hisoblanadi. Yuqoridagi tariflarni tahlil qilgan holda quyidagilarni ifodalash mumkin:
a) soliqlarni belgilash huquqi faqat davlatning qonun chiqaruvchi oliy organi - parlamentga beriladi;
b) soliqni fuqaro emas, mulkdor tolaydi;
v) soliq davlat byudjetiga daromad olish uchun belgilanadi;
g) soliq tolash majburiy xususiyatga ega.
Demak, soliqlar - byudjetga tushadigan pul va qonunda belgilangan majburiy munosabatlardir. Soliqlarning majburiyligi Oliy majlis bilan tasdiqlangan huquqiy va meyoriy qonunlar bilan taminlanadi. Shunday ekan, soliqlarni tolamaslikka, soliq obektini yashirishga, soliq summasini kamaytirib korsatishga na huquqiy va na jismoniy shaxslarning haqqi yoq.Soliq tolash xojalik yurituvchi subektlar va fuqarolar bilan davlat ortasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki, soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bolibgina qolmay:
mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;
ishlab chiqarishni ragbatlantirishda investitsiyalarni kopaytirishga;
xususiy korxonalar ochish bilan bogliq bolgan bozor infratuzilmasini barpo qilishga;
umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.
Jamiyat rivojlanishi tarixida hali birorta davlat soliqlarsiz mavjud bolgan emas. Bozor iqtisodiyotida ham davlat ozining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bolgan mablaglarning asosiy qismini soliqlar orqali toplaydi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq tolovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bolgan intilishini ragbatlantiradi, narx belgilashga tasir korsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi. Imtiyozlar yordamida aholining kam taminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi va hokazo. Shuning uchun soliqlar orqali shakllangan mablaglarning eng kam miqdori davlat vazifasi bajarilishiga taalluqli eng kam harajat hajmi bilan bogliq boladi va shu hajm bilan chegaralanadi.Soliqlar rivojlangan tovar ishlab chiqarishning muhim kategoriyasi bolib, albatta yanada kengroq kategoriya - davlat byudjeti bilan chambarchas boglangan. Chunki soliqlar byudjetning shakllanishida ishtirok etadi.Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida toplanib borishini taminlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini ragbatlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi. Davlat soliqlarni davlat byudjetini shakllantirish uchun amalga kiritadi, soliqlar birorta aniq xarajatlarni qoplash maqsadiga ega emas, bu ayrim turdagi daromadlardan tushadigan tushumlardan amalga oshiriladigan xarajatlar ularga bogliq bolib qolishining oldini olish zarurati bilan asoslangan.