Mavzu: So‘z birikmasi sintaksisi Reja



Yüklə 45,04 Kb.
səhifə3/4
tarix25.11.2023
ölçüsü45,04 Kb.
#134470
1   2   3   4
Mavzu So‘z birikmasi sintaksisi Reja-fayllar.org

38-jadval


SB

Ma’noviy munosabatlar


1
2


3
4
5
6
7
8
9


Halimning qalami
Odamning qo‘li


Ilmning tashabbuskori
Odamning yaxshisi
Uyning tozaligi


Bolaning yig‘lashi


Yashashning zavqi


Urushning asorati


E’tiborsizlikning illati

«Ega-egalik qilinuvchi narsa»

«Butun-qism»
«Narsa-aloqador shaxs»

«Tur-jins»


«Belgi egasi-belgi»

«Subyekt-uning harakati»

«Holat-uning natijasi»
«Jarayon-uning oqibati»
«Sabab-natija»

Bu qatorni yana davom ettirish mumkin. Ko‘rinadiki, SBdan SBga o‘tish bilan ularning ma’noviy munosabati ham farqlanib bormoqda. Ma’noviy munosabatlar orasida aynan o‘xshashlik yo‘q.

Bu leksemalar asosida ko‘plab SB tuzish mumkin va ularning har biri borliqdagi har xil – «atash», «ajratish», «ega-egalik qiluvchi narsa» kabi munosabatlarni aks ettiradi. Bu obyektiv munosabatning qaysi biri voqelanishi esa birikmadagi grammatik qo‘shimcha bilan belgilanadi. Qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi Karimning kitobi birikmasida ikki xil ma’noviy munosabatni voqelantiradi: «ega-egalik qilinuvchi narsa» va «muallif-uning asari». Lekin [Wqaratqich kelishigi →W egalik qo‘shimchasi q qaratuvchi – qaralmish] LSQi bu ikki xillikka nisbatan befarq. Chunki bu omonimlikni nutqda yoki lisonda [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi]dan quyida maxsus vositalar farqlaydi. Bu vositalar matn (Karim kitob oldi. Karimning kitobi qiziq ekan, yoki Karim kitob yozdi. Karimning kitobi qiziq ekan) yoki SB a’zosining kengayishi (Karimning yozgan kitobi ) kabidan biri yoki bir nechtasi bo‘lishi mumkin.
Demak, ayon bo‘ladiki, yuqoridagi jadvalda keltirilgan SB a’zolari orasidagi ma’noviy munosabat [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi] qolipiga daxldor bo‘lmay, balki uni to‘ldirayotgan leksemalar va ular borliqda ataydigan narsa/predmet orasida bo‘ladigan munosabatning aksi bo‘lib, bu munosabat leksemaning miqdoriga muvofiq ravishda rang-barang bo‘lishi mumkin. Masalan, borliqdagi stol va oyoq jismlari orasida «ega-egalik qiluvchi narsa» munosabati bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu ma’noviy munosabat qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasining ma’nosi ham emas. Bu jismlar orasida butun-qism munosabati mavjud, u SBda ham aks etgan. SBdagi turli-tuman ma’noviy munosabat bir qarashda qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi ma’nosidek ham tuyuladi. Lekin qaratqich kelishigi tobe so‘zni hokim so‘zga, egalik qo‘shimchasi hokim so‘zni tobe so‘zga bog‘lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma’nolar qolipni to‘ldirayotgan leksemalarning ma’noviy mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur qo‘shimchalar namoyon qiluvchi vositalardir, xolos.
[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] qolipi. SBning bu LSQi birinchi uzvi morfologik shakllangan va shuning uchun ShMJ birikuv omiliga ega va ikkinchi qismda grammatik ko‘rsatkich bog‘lanish uchun nisbatan ahamiyatsiz bo‘lganligi bois, birikuv omillarining MShJ kombinatsiyasi amal qiladi.
Qolipning birinchi uzvini ism turkumiga oid so‘zlar to‘ldirib, ular hokim uzvga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllari bilan bog‘lanadi. Birinchi uzvi asosida LSQ quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi (39-jadval):

[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l]


[ism tushum kelishigi → fe’l]


[ism jo‘nalish kelishigi →fe’l]


[ism o‘rin-payt kelishigi → fe’l]


[ism chiqish kelishigi → fe’l]


LSQning har bir ko‘rinishi ism uzvining bo‘linishi asosida yana tarmoqlanadi. Masalan, [ism tushum kelishigi → fe’l] qolipi quyidagi bo‘linishlarni beradi: [ot tushum kelishigi → fe’l], [sifat tushum kelishigi → fe’l], [son tushum kelishigi → fe’l], [olmosh tushum kelishigi → fe’l], [harakat nomi tushum kelishigi → fe’l] (kitobni/yaxshini/o‘nni ayir, uni gapirish/o‘qimoq/so‘ramoq/ boshlamoq/ni bas qil) kabi.


LSQning birinchi uzvi morfologik shakllanganligi tufayli uni to‘ldiruvchi so‘zda shakliy omil birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Joylashuv omili esa oxirgi o‘ringa tushadi. Zero, birikma a’zolarini erkin almashtirish, ular orasiga so‘zlar kiritish birikmaning mohiyatiga, a’zolar orasidagi ma’noviy munosabatga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkinchi a’zo grammatik shakllanganligi sababli ma’noviy omil kuchayib, birinchi uzvda joylashuv omili o‘ta kuchsiz bo‘lganligi bois ikkinchi fe’l uzvda ham bu omilning kuchsizlanishi va uchinchi o‘ringa surilishini taqozo qiladi.
[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] LSQining birinchi uzvida bir necha kelishik umumlashmasi aks etganligi uchun uning mazmuniy jihati ham murakkab tabiatli bo‘ladi va uni harakatga tortilgan yoki bog‘liq obyekt (joy-harakat) ko‘rinishida berish mumkin. Bu ma’noviy umumiylik [ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] LSQining xususiy ko‘rinishlarida alohida kelishik qo‘shimchalari tomonidan juz’iylashtiriladi, muayyanlashtiriladi.
Masalan:
[ism tushum kelishigi → fe’l q vositasiz obyekt-harakat];
[ism jo‘nalish kelishigi → fe’l q vositali obyekt/hol-harakat];
[ism chiqish kelishigi → fe’l q ajralish manbai/o‘rin-harakat] va hokazo.
[ism → ot] LSQi. Bu LSQ SB [W→W] qolipining alohida turi, u bitishuv aloqali nutqiy hosila berishi bilan xarakterlanadi. [ism→ot] qolipining nutqiy voqelanish bosqichlarini quyidagicha aks ettirish mumkin (40-jadval):

Yüklə 45,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin