Mavzu: standart va uning turlari



Yüklə 36,24 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü36,24 Kb.
#140104
STANDART VA UNING TURLARI


MAVZU: STANDART VA UNING TURLARI.
Reja;
1.Kirish.
2.Standarlar ularning turlari
3.Standart ishlab chiqish tartiblari
4.Standartlarni tasdiqlanishi ro’yxatdan o’tish tartibi
5.Xulosa.
6.Foydanilgan Adabiyotlar.

KIRISH
Mamlakatimizda qabul qilingan modemizatsiyalash dasturlarining asosiy va umumiy yo‘nalishlari sifatida eskirgan uskuna va dastgohlami tugatish, mahsulot assortimentini kengaytirish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalami jalb etish, mahalliy xom-ashyo va imkoniyatlarimizga asoslangan innovatsion, chiqindisiz va ekologik toza texnologiyalami jalb etish, mahsulot sifatini va sertifikatsiyani boshqarish tizimini ishlab chiqish, ishlab chiqarish xarajatlari va xom ashyo sarfini kamaytirish kabilarni ko‘rsatish mumkin.


Sanoat tarmoqlarida ldchik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilish kerakligi ta’kidlandi.
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda va iqtisodiyotni yuksaltirishda barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishni rivojlantirish har bir soha mutaxassislarining oldiga qo‘yilgan vazifalari alohida ahamiyatga egadir. Iqtisodiy islohatlaming yangi bosqichidatarkibiy tuzilish strategiyasini ishlab chiqarishda ixtiyorimizdagi g‘oyat boy tabiiy xom-ashyo, mehnat resurslariga mustahkam tayanib, ulardan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirib eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Tayyor mahsulotlaming eksport salohiyatini oshirib borish natijasida uning ishlab chiqarish darajasining yaxshilanishiga olib keladi. Mahsulot sifatidan davlatning texnik takomillashgani va rivojlanganligiga baho bersa bo‘ladi.
Shu bilan bir qatorda iqtisodni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri, mahsulot sifatini sistematik ravishda oshirib borishdir. Mahsulot sifatini oshirish, assortimentlarini kengaytirish va iste’molchilar talabini qondirish hozirgi bozor iqtisodiyotining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifat darajasini ta’minlash uchun standartlar va texnik shartlaming me’yoriy talablariga bog‘liq holda sistematik nazorat ishlarini olib borish lozimdir. Mahsulot sifat darajasini yaxshilashda standartlarning ilmiy-texnik darajasini oshirish, standartlar va texnik shartlami muntazam yangilab borish, mahsulot sifati va yuqori texnik darajasini kafolatlash lozim. Undan tashqari, bozor iqtisodiyotida boshqarishning yangi shartlari mahsulot sifatiga yangi talablar qo‘ymoqda. Bu yanada muhimroq bo‘lib, aholining doimo o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirishi kerak, hamda har bir sanoat korxonalari ishlab chiqanshdagi yangilanishning aniq yo‘liga ega bo'lishi lozim. Mahsulot sifatini jahon standartlari darajasiga ko'tarish, mahsulotni dunyo bozorlariga chiqarishni ta’minlaydi.
“Metrologiya va standartlashtirish” fаni bo‘yichа mа’ruzаlаr mаtnidа hаyotimizning bаrchа jаbhаlаridа, xаlq xo‘jаligining, sаnоаtning bаrchа tаrmоqlаri uchun o‘tа zаrur bo‘lgаn, mеtrоlоgiya hаqidаgi аsоsiy tushunchаlаr vа tа’riflаr, o‘lchаsh, o‘lchоv vа kаttаliklаr, o‘lchаsh vоsitаlаri, o‘lchаshdаgi xаtоliklаr, mеtrоlоgiya xizmаti vа mеtrоlоgik tа’minоt, stаndаrtlаshtirish hаmdа uning dаvlаt tizimi, sеrtifikаtlаshtirish, sifаt tizimlаri vа sifаt bоshqаruvi kаbi mаsаlаlаri xususidа еtаrli vа zаrur mа’lumоtlаr kеltirilgаn.
Ushbu mа’ruzаlаr mаtni to‘plаmi mоhiyatаn hоzirgi kunlаrdа rеspublikаmizdаgi tа’lim vа iqtisоdiyot bоrаsidаgi rivоjlаnish vа o‘zgаrishlаrni hisоbgа оlingаn hоldа yarаtildi.
“Metrologiya va standartlashtirish” fаni uzоq tаrixgа egа bo‘lishi bilаn bir qаtоrdа, ilmiy-fаlsаfiy nuqtаi nаzаrdаn iqtisоdiyotning bаrchа tаrmоqlаrigа xоs bo‘lgаn, dоimiy rаvishdа vа uzluksiz tаrzdа rivоjlаnishdа bo‘luvchi fаnlаr turkumigа kirаdi.
O‘zbеkistоnimiz judа bоy vа ko‘hnа mаdаniy vа mа’rifiy mеrоslаrgа egа. Ushbu mеrоs G‘аrb fаlsаfаsini shаkllаnishidа, buyuk оlimlаrni vа аllоmаlаrni muvаffаqiyat qоzоnishlаridа munоsib o‘rin egаllаgаn. Bundаn tаshqаri rеspublikаmiz “Buyuk ipаk yo‘li” аsоsiy tоmiridа jоylаshgаnligi vа yirik sаvdо mаrkаzlаrigа egа bo‘lgаnligi sаbаbli xаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаrni rivоjlаnishidа аlоhidа аhаmiyat kаsb etgаn. Vаtаnimizdа ilk ilmlаrini shаkllаntirgаn buyuk аllоmаlаrning hоzirdа hаm аhаmiyatli kаshfiyotlаri vа ilmiy yutuqlаri jаhоn fаnlаri tаrаqqiyotidа munоsib o‘rin egаllаgаn. G‘аrbdа Аlfrаgаnus nоmi bilаn tаnilgаn Аhmаd Fаrg‘оniyning Nil dаryosining sаthini o‘lchаsh uchun mo‘ljаllаngаn “Miqyosi Nil” qurilmаsi, mаshhur Ulug‘bеkning оddiy vа sоddа o‘lchаsh аsbоblаri bilаn o‘tа yuqоri аniqlikdа tuzilgаn “Yulduzlаr jаdvаli”, ensiklоpеdist оlim Bеruniyning mоddаlаr tаrkibini аniqlаsh bоrаsidаgi ulkаn yutuqlаri vа hоkаzоlаr (sаnаb tugаtishimiz mushkul) shulаr jumlаsidаndir.
Mа’lumki, rеspublikаmizdа tub iqtisоdiy islоhоtlаr оrqаli bоzоr munоsаbаtlаrini shаkllаntirishgа kirishishdа eng аvvаlо, uning strаtеgik mаqsаdlаri bеlgilаnib оlindi. Bu mаqsаdlаr ichidа “rаqоbаtbаrdоsh mаhsulоtlаrni ishlаb chiqаrishni tа’minlаsh” аlоhidа tа’kidlаb o‘tilgаn. Iqtisоdiy islоhоtlаrning ustivоr sаnаlgаn yo‘nаlishlаridа hаm quyidаgilаrni ko‘rishimiz mumkin:

  • ilg‘оr tеxnоlоgiyalаrni jоriy qilish оrqаli tаyyor ekspеrtbоb mаhsulоtlаr ishlаb chiqаrishni kеngаytirish;

  • аhоlini yuqоri sifаtli оziq-оvqаt mаxsulоtlаri bilаn tа’minlаsh;

  • mаmlаkаtning ekspоrt quvvаtidаn to‘lа-to‘kis fоydаlаnish, uni jаdаllik bilаn rivоjlаntirish.

Bu bоrаdа rеspublikаmizdа qisqа muddаt ichidа ulkаn ishlаr аmаlgа оshirildi vа nаtijаdа O‘zbеkistоngа fаqаt xоm аshyo zоnаsi sifаtidа qаrаshlаrgа bаrhаm bеrildi.
Hоzirgi kundа hаr bir mutаxаssis o‘z fаоliyat sоhаsidаgi pаrаmеtrlаrni vа ulаrni o‘lchаsh usullаrini, o‘lchаsh vоsitаlаrini, ulаrning tеxnikаviy tаvsiflаrini bilishlаri zаrur. Bundаn tаshqаri tеxnikа yo‘nаlishidаgi mutаxаssislаr o‘lchаnаdigаn vа bаhоlаnаdigаn kаttаliklаrni nаzоrаt qilish vоsitаlаri hаmdа ulаrni ishlаtish bilаn bоg‘liq bo‘lgаn mаsаlаlаrni bilmоg‘i zаrur.
Ilmiy-tеxnikа tаrаqqiyotining аsоsiy yo‘nаlishlаridаn biri kаttаliklаrni yanаdа аniqrоq o‘lchаydigаn mаkаmmаl nаzоrаt-o‘lchаsh аsbоblаrini, qurilmаlаrini vа tizimlаrini yarаtishdir.
“Metrologiya va standartlashtirish” fаnini o‘rgаnish tаlаbаlаrdа mеtrоlоgiya, stаndаrtlаshtirish vа sеrtifikаtlаshtirish bo‘yichа qоidаlаrni, tаlаblаrni, mе’yorlаrni stаndаrtlаshtirish vа sifаtni bоshqаrishdаgi dаvlаt bаyonnоmаlаrini, mе’yoriy hujjаtlаrni bilishini tаqоzо etаdi.
Bu esа bugungi kundа, аyniqsа, jаhоn аndоzаlаrigа mоs kеluvchi mаhsulоtlаrni ishlаb chiqаrish vа ulаrning rаqоbаtbаrdоshligini tа’minlаshdа, eng muhimi rеspublikаmizning iqtisоdiy sаlоhiyatini оshirishdа o‘tа muhim mаsаlаlаridаn biri sаnаlаdi.
Mеtrоlоgiya vа stаndаrtlаshtirish fаоliyati yuqоridа sаnаb o‘tilgаn “Muhаndislik vа muhаndislik ishi”, “Ishlаb chikаrish vа qаytа ishlаsh tаrmоqlаri”, “Аtrоf-muhit muhоfаzаsi”, “O‘qituvchilаr tаyyorlаsh vа pеdаgоgikа fаni” yo‘nаlishlаri vа sаnоаtimizning bаrchа tаrmоqlаridа ishlаb chiqаrishdаgi zаmоnаviylikni аks ettirish, tеxnоlоgik jаrаyonlаrni kоmplеks аvtоmаtlаshtirish, ishlаb chiqаrilаyotgаn vа chеtdаn kеltirilаyotgаn hаr turli mаhsulоtlаrning sifаti yuqоri dаrаjаdа, mе’yoriy xujjаtlаrning bеlgilаngаn tаlаblаrigа mоs bo‘lishini, istе’mоl mаhsulоtlаrining аhоli uchun xаvfsizligini tа’minlаsh, ilg‘оr, ko‘p yillik tаjribаdаn o‘tgаn jаhоn аndоzаlаridаn fоydаlаnish vа ulаrni rеspublikаmizdа tаdbiq etish kаbilаrni o‘zigа mujаssаmlаshtirgаn. Tаbiiyki, bаrchа sоhа mutаxаssislаri qаysi tоifаdа bo‘lishidаn qаt’iy nаzаr ushbu bоrаdа еtаrli bilim vа mаlаkаgа egа bo‘lishlаri lоzim.
Shu sаbаblаrgа ko‘rа, ushbu mа’ruzаlаr mаtnini rеspublikаmizdаgi аmаlgа оshirilаyotgаn iqtisоdiy vа tа’lim bоrаsidаgi islоhоtlаrgа yondоshgаn hоldа yarаtishgа hаrаkаt qilindi.
Mа’ruzаlаrgа tеgishli rеjаlаr, tаyanch so‘zlаri vа nаzоrаt sаvоllаri kеltirilgаn.
Mаruzаlаr to‘plаmigа mеtrоlоgiya, stаndаrtlаshtirish vа sеtifikаtlаshtirish fаni nuqtаi nаzаridаn shаrq fаlsаfаsining tutgаn o‘rnini kiritilishi milliy qаdriyatlаrimizni tiklаshdа vа rivоjlаntirishdа munоsib o‘rin egаllаydi dеb hisоblаymiz.
Standartlar turlari.
Standartlashtirish obyektining o‘ziga xos xususiyatidan va unga o‘rnatilgan talablaridan kelib chiqib quyidagi turdagistandartlar ishlab chiqiladi: asos bo‘luvchi standartlar; mahsulot (xizmat)ga standartlar; ishlar (jarayonlar)ga standartlar; nazorat usullari (sinash, o‘lchash, tahlillar) standartlari.
Xalqaro standart (ISO va h.k.) — standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standart. Mintaqaviy standart (MGS) — standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan hujjat.
Davlatlararo standart (ГОСТ) — standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo‘lgan hujjat.
Milliy standart (O’z DSt) — standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standart. Korxona standarti (KSt) —
mahsulot, xizmat yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va u tomonidan tasdiqlangan hujjat
Standartlarni ishlab chiqish
0‘z DSt 1.1:1992 «0‘zbekiston Respublikasining standartlash­tirish davlat tizimi.
0‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi» standartiga binoan 0‘zbekiston Respublikasi standarti (bundan keyin — standart deb yuritiladi) standartlashtirish bo‘yicha texni­kaviy qo‘mitalar, standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, pudratchi, aksioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlarmutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchio‘rinda turadi) hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‘lami va muddatlarini aniqlaydi. Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat’i nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni iste’mol qiladigan va mahsulot ishlab chiqaradigan hamma korxonava tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishilozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi davlat standartlashtirish tizimi standarti va davlatlararostandarti (ГОСТ 1.5-85)ga muvofiq bajariladi.

O‘zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish tartibi.


Davlat standartlari O‘z DSt 1.1:1992 «O‘z SDT. O‘zbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish tartibi»ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlarstandartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar (TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa subyektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin. Standartning mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas’ul bo‘ladi. Standartni ishlab chiqishda tashkiliymetodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek, ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning to‘rt bosqichi o‘rnatilgan:
1-bosqich
— standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlabchiqish va tasdiqlash (zarur bo‘lganda amalga oshiriladi);
2-bosqich
— standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni
olish uchun tarqatish;
3-bosqich
— fikr-mulohazalarni o‘rganib chiqish, standart loyihani (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich
— standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish.
1-bosqich.
Texnik topshiriq me’yoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini bajarish bosqichlarini o‘rnatish maqsadida buyurtmachitashkilot bilan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va, odatda, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— standartlashtirish obyekti va qo‘llanish sohasi;
— standartning bo‘limlari va standartda o ‘rnatiladigan asosiytalablar ro‘yxati;
— standartni ishlab chiqish bosqichlari;
— standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati;
— standart loyihasini kelishish lozim bo‘lgan boshqaruv idoralari va (yoki) korxonalar ro‘yxati;
— buyurtmachining boshqa talablari.
2-bosqich. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilanishlab chiqiladi. Standartning loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur bo‘lganda, standartni joriy etish bo‘yicha asosiy tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik — asosiy tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan nusxasi ko‘paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro‘yxat bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi:
— buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste’molchi)ga yoki standartning loyihasini kelishish bo‘yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga;
— standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o ‘rnatilgan bo‘lsa, davlat nazorati idoralari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Atrofmuhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga;
— mahsulotning biriktirilgan turlari bo‘yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga;
— standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashkilotlar va korxonalarga. Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko‘ribchiqib, o‘z fikr-mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo‘natadi.
3-bosqich. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikrmulohazalar asosida fikr-mulohazalar to‘g‘risida ma’lumot tuzadi. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi. Ishlab chiquvchi-tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida standart loyihasi bo‘yicha kelishmovchilik mavjud bo‘lsa,ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan, standartning ko‘rilayotgan loyihasi bo‘yicha qaror qabul qilishga vakolatlangan buyurtmachilar (asosiyiste’molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o ‘tkazadi. Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddadar bo‘yicha alohida fikrga ega, deb ko‘rsatiladi. Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi. Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi-tashkilot uni buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste’molchiga) kelishishlik uchun jo‘natadi. Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi. Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo‘yicha ishlar tarkibida olib boriladigan, standart loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul komissiyasi, badiiy-texnik kengash (BTK), degustatsiya (sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar manfaatdor tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirokida kelishib oladi. Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nusxaning qabul dalolatnomasi (BTKbayonnomasi)dan iborat bo‘ladi. Standartga kiritiladigan o‘zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning manfaatlariga ta’sir etmasa, faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib olinadi. Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etishda avval tayanch tashkilot o ‘ziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida standartlashtirish bo‘yicha TQ standartni ilmiytexnik va huquqiy ekspertizadan
o ‘tkazadi.
4-bosqich.Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi:
— ilova xati;
— standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
— asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
— standart loyihasi 4 nusxada, bundan ikkitasi birinchi bo‘lishilozim;
— standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar;
— standart loyihasiga fikr-mulohazalar to‘plami;
— kelishmovchiliklar to ‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
— elektron versiya. Standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart tasdiqlanadi va amalga kiritiladi.
O‘zstandart» agentligi standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotga qo‘shimcha talablar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Standart davlat ro‘yxatiga 4 nusxada taqdim etiladi: asli, ikkinchi nusxa (dublikat) va ikkita nusxa. Standartning ikkinchi nusxasi standart asliga o‘xshash bo‘lishi va undan zarur sifatli nusxa olishni ta’minlashi kerak. Standart davlat ro‘yxatiga ikki tilda: davlat va rus tillarida taqdim etilishi lozim. Standartga zarur bo‘lganda kiritiladigan tuzatishlar qo‘ldan qora tush, pasta, siyoh bilan aniq yozilishi, birinchi varaqning orqa betida izohlangan va rahbar (rahbar muovini) imzosi va ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etgan idora (tashkilot)ning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Standart davlat ro‘yxatidan ko‘pi bilan 5 kun muddatda o ‘tkaziladi. Standartni belgilash, standartni tasdiqlagan tashkilotdan qat’i nazar, «O‘zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Standartbelgisi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
— hujjat indeksi — O‘z DSt;
— ro‘yxatga olingan tartib raqami;
— ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to ‘rtta raqami: masalan, O‘z
DSt 789:1997. Standart asli, ikkinchi nusxasi va ikkita nusxasining birinchi betlarida ro‘yxatga oluvchi idora ro‘yxatga olgan idora nomi, sana va davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqam ko‘rsatilgan shtamp bosadi. Standartning ikkinchi nusxasi va yana bir nusxasi «O‘zstandart» agentligida qoladi. Standart asli va nusxaning ikkinchisi ishlab chiquvchiga qaytariladi. Tushuntirish yozuvi. Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi. Tushuntirish yozuvining nomida standartning darajasi va to‘liq nomi, standart loyihasi tahririning tartib raqami va (yoki) standartni ishlab chiqish bosqichi to‘g‘risida ma’lumot keltiriladi.

XULOSA
Standar bugingi kundagi sifat menejmenti O’zbekistonning ko’plab ishlab chiqarish korxonalari va muassasalarida xolqaro talablarga muvofiq joriy etilmoqda hamda raqobat – bardoshlik manfatdor kompaniyalar unumdorligi va daromadlarini oshirishning samarali usili hisoblanadi malum sohani eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan faoliyat standartlashtirish deyiladi



FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
Bich, V., Koks, M. G. va Xarris, P. M. "O'lchovdagi noaniqlikni ifodalash bo'yicha qo'llanma" ning evolyutsiyasi. Metrologiya, 43 (4): S161- S166, 2006.
Ditrix, C. F. (1991). Noaniqlik, kalibrlash va ehtimollik. Bristol, BuyukBritaniya: Adam Xilger.
EA. Kalibrlashda o'lchov noaniqligining ifodasi. Texnik hisobot EA-4/02, Evropa akkreditatsiya bo'yicha hamkorlik, 1999 y.
Elster, C. va Toman, B. Bayesian noaniqlik tahlili o'lchov va oldindantahlil qilinmaganligi to'g'risida tahlilga qarshi 1-qo'shimchadanfoydalangan holda. Qo'llanma: taqqoslash. Metrologiya, 46: 261-266,2009 y.
Possolo A va lyer HK 2017 o'lchov noaniqligini baholash uchun tushuncha va vositalar Rev. Sci. Instrum., 88 011301 (2017).
Yüklə 36,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin