Mavzu: statistik kuzatish uslubiyati reja Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 22,55 Kb.
səhifə3/4
tarix11.11.2023
ölçüsü22,55 Kb.
#132108
1   2   3   4
Mavzu statistik kuzatish uslubiyati-fayllar.org

Kuzatish organi - bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o’tkazadigan tashkilotdir. Aholi ro’yxatini o’tkazishda, sobiq ittifoq paytida, faqatgina Markaziy statistika boshqarmasi (MSB) kuzatish organi bo’lib hisoblanardi. Kuzatish organi bo’lish uchun (kuzatish o’tkazishdan oldin, kuzatish paytida va undan keyin) juda katta javobgarlikni bo’yniga ola oladigan va shu ishni kami-ko’stsiz bajarishga qurbi etadigan tashkilot bo’lishi kerak. Bu javobgarlik o’ta muhim va boshqalardan farq qiladi. Masalan, aholi ro’yxatini o’tkazish organi bo’lgan tashkilot ishiga shu mamlakatning xalqi, hukumati va bir qancha nufuzli xalqaro tashkilotlar baho beradi.

Kuzatish vaqti va muddati - deganda statistik kuzatish qachon (qaysi vaqtda) va necha kunda amalga oshirilishi tushuniladi. Kuzatish vaqtini tanlash muhim masala.Odatda, aholi ro’yxatini o’tkazish uchun qish payti tanlanadi (oxirgi ya’ni, 1989 yilgi aholi ro’yxati 12-19 yanvar kunlari o’tkazilgan), chunki bu paytda aholini harakati eng pastdir.

Kritik fursat (moment) - bu hodisa va voqealarning ma’lum bir nuqtaga bo’lgan holatidir. Aholi ro’yxati o’tkazilgan 8 kun ichida qancha o’zgarishlar bo’ladi: bir tomondan tug’ilish, ikkinchi tomondan o’lish, ko’chib kelish va ketish. Shuning uchun ham, kritik payt (moment) belgilanib, faqat o’sha momentga bo’lgan aholi soni aniqlanadi.Shu paytga bo’lgan aholi sonini fotosuratga olinadi desak ham xato qilmaymiz. 1989 yilgi aholi ro’yxatida 11 yanvardan 12 yanvarga o’tar kechasi soat 2400 kuzatishning kritik payti deb belgilangan edi. Bu degani, kechasi soat 23 dan 59 minut o’tganda o’lgan odamga va soat 00dan bir sekund keyin tug’ilgan bolaga ro’yxat varaqasi to’ldirilmaydi, agarda teskarisi bo’lganda edi ikkalasiga ham ro’yxat varaqasi to’ldirgan bo’lar edik.
Kuzatish qaerda o’tkazilsa o’sha joy kuzatish joyi deyiladi.
Statistik kuzatish natijalari uni o’tkazishga qanday tayyorgarlik ko’rilganligiga bog’liq.Tayyorgarlik ishlari statistik kuzatish o’tkazishni e’lon qilishdan boshlanadi. Birinchi navbatda ro’yxatni aniqlash, so’rov varaqasini tuzish, kuzatish o’tkazuvchilarni tanlash va tayyorlash turli-tuman yo’riqnomalarni tayyorlash va chop etish, shunday statistik kuzatish o’tkazishni zarurligi va mohiyatini xalqga ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish kerak. Bu ishlarni qanchalik yuqori darajada tashkil qilsak kuzatish natijalari shunchalik yuqori va ishonchli bo’ladi.
Har qanday statistik kuzatish o’z oldiga faqatgina haqiqatni o’zida aks ettiruvchi ma’lumotlarni to’plashni maqsad qilib qo’yadi.Lekin ma’lumki, real hayot bilan kuzatish materiallari o’rtasida hamma vaqt farq bor. Bu farq kuzatish xatosi deb yuritiladi.
Statistik kuzatish xatosi o’z navbatida:
-qayd qilish xatosi;
-reprezentativ (vakolatli) xatoga bo’linadi.
Qayd qilish xatolari kuzatish jarayonida faktlarni noto’g’ri aniqlash oqibatida paydo bo’ladi. Ular o’z navbatida:
-tasodifiy;
-muntazam xatolarga bo’linadi.



Yüklə 22,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin