Psixologik-pedagogik tajriba metodi. Pedagogik diagnostikada
qo‘llaniladigan yana bir samarali metod –
psixologik-pedagogik tajriba metodi sanaladi.
Pedagogik tajriba metodi (lot. “experimentum” – sinov, sinash, tajriba
qilib ko‘rish) – mavjud pedagogik muammoning yechimini topish
imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga
erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda
o‘z in’ikosiga ega bo‘lishi, ularning samaradorligini aniqlash
maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Metodning ilmiy-amaliy ahamiyati muammo yechimini topish imkoniyatlarini
o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishni kafolatlay olishi,
berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi va ularning
samaradorligini aniqlash uchun keng imkoniyatlarni yaratishda aks etadi.
Pedagogik tajriba bir necha turga bo‘linadi.
Pedagogik tajribaning samaradorligi quyidagi shartlarga rioya etish asosida
ta’minlanadi: tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
tanlanishi; tajriba o‘tkazilish vaqti, davomiyligining aniqlanishi;
zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning
yaratilganligi; tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish, natijalarni qayta
ishlashning to‘g‘ri amalga oshirilishi.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga
kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi40.
IV. Suhbat metodi. Pedagogik diagnostikada suhbat metodidan ham
maqsadli, samarali foydalaniladi.
Suhbat metodi – savol va javob shaklidagi dialogik xarakterga ega
ta’lim metodi.
Mazkur metod pedagogik kuzatish chog‘ida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon
beradigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari
sub’ektlarining imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga xizmat qiladi.
Suhbat individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi.
Odatda suhbat jarayonida o‘quvchilarning imkoniyatlari to‘la namoyon bilishga erishish muhim. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va manaviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda
o‘qituvchining jonli nutqi, o‘quvchi bilan o‘zaro munosabati tasirchan usullardan
hisoblanadi.
Suhbat jarayonida o‘quvchi shaxsini yaqindan anglash mumkin, u
haqidagi tasavvurlar yanada boyiydi.
O‘quvchi bilan suhbatlashish jarayonida uning shaxs sifatida shakllanishiga
yordam beradigan ma’lumotlar beriladi, ijtimoiy va tabiiy borliqqa nisbatan
munosabat baholanadi,
ijobiy sifatlar rag‘batlantirilib, salbiy holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi.
Quyidagi shartlarga amal qilish suhbat metodining samaradorligini
taminlaydi:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning
mazmuni aniqlash, savollar o‘rtasidagi mantiqiylik, izchillikni taminlash;
2)suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish;
4) suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
5) suhbatdosh bilan munosabatning samimiy bo‘lishiga erishish;
6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit
yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa, ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.
O‘quvining ijtimoiy ongini shakllantirish uchun tashkil etiladigan suhbatlar
uchun quyidagi mavzular yo‘nalish sifatida tanlanadi:
1) etik mavzular (ijtimoiy manaviy-axloqiy meyorlar, jamiyatda ustuvor o‘rin
tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o‘zini tutish qoidalari va b.);
2) estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson
go‘zalligi);
3) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari,
xalqaro munosabatlar va h.k.);
4) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o‘simliklar dunyosi,
elektronika va b.).
Suhbatlarning mehnat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda
tashkil etilishi ham ijobiy natijalarini beradi. O‘quvchilar bilan suhbat davomida
o‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari, mustaqil fikrlashlariga imkon
beruvchi savollar bilan murojaat qilish foydali. Bu borada bahs-munoazaralarning
ahamiyati katta.
Pedagogik jarayonda suhbatning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
1) kirish suhbati (o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi; uni tashkil etishdan
ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o‘quvchilar
tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat);
2) yakuniy suhbat (o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi);
3) Katexisizm (qisqa bayonli suhbat; lot. “catec’ēsis”, qad. yun. “κατηχισμός”
– o‘git, nasihat; o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi, ularning yangi
mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarliklarini aniqlash uchun dars avvalida yoki
so‘nggida qo‘llaniladi);
4) evristik suhbat (yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga
yo‘naltiriladi; unga ko‘ra savollar ketma-ketlikda beriladi, buning natijasida
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, bilish faolligi, tahlil qilish, dalillarni bayon etish
laqyoati yuzaga keladi);
5) tushuntirish (o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma,
taqqoslash asosida bayon qilish bo‘lib, u hikoyaga nisbatan birmuncha keng
qo‘llaniladi; tushuntirish chog‘ida o‘quv materialining qiyin o‘rinlariga urg‘u
berilib, mazmun ochiladi; tushuntirish samarasi o‘qituvchining ko‘rgazmali
vositalardan foydalanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq)41.
Dostları ilə paylaş: |