V. Intervyu metodi. Pedagogik diagnostikada qo‘llaniladigan tashxislovchi
metodlar orasida intervyu metodi ham muhim ahamiyatga ega.
Intervyu metodi – respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish
orqali uning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning
biror jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o‘rganish
metodi.
Ushbu metod respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida
o‘tkaziladi. Metodning samarali qo‘llash uchun o‘qituvchi yoki mutaxassis
quyidagi shartlarga rioya qilishi zarur:
intervyu olinadigan o‘quvchiga beriladigan savol maqsaddan kelib chiqqan
holda puxta shakllantirishi lozim;
intervyu jarayonida o‘quvchining savol yuzasidan erkin fikr bildirishiga
imkon berishi zarur; o‘quvchining fikrlari muhokama qilinmaydi yoki intervyu jarayonida unga nasihat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan
munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi42
VI. Anketa metodi. Tashxislovchi yozma metodlar sirasiga anketa metodi
kiritilgan.
Anketa metodi (fr. “enquete” – surishtirish, ma’lumot olish, tekshirish)
– pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida dalillar to‘plash maqsadida
qo‘llanilib, tizimli savollar yordamida respondentlar bilan muloqotni
tashkil etishga asoslanadigan metod.
Pedagogik
foydalaniladi.
|
diagnostikada
|
tashxislovchi
|
vosita
|
sifatida
|
anketadan
|
Anketa – og‘zaki yoki yozma ravishda dastlabki ijtimoiy va ijtimoiypedagogik ma’lumotlarni olishda qo‘llaniladigan metodik vosita, so‘rov
vositasi.
Mazkur metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan
dalillar boyitiladi. Muloqot tizimli savollar asosida tashkil etiladi. Savollarga
javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan
kelib chiqqan holda anketalar quyidagicha bo‘ladi:
1) ochiq savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan
savollar)ga ega anketa;
2) yopiq savollar (“ha”, “yo‘q”, “ijobiy”, “salbiy” va hokazo javob
variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar)ga ega anketa.
Anketa metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:
savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
savollar o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh, psixologik xususiyatlarini
inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
javoblar to‘liq bo‘lishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak;
anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish
manbaiga aylanmasligi zarur;
javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart43.
Dostları ilə paylaş: |