Sug\'urta sohasini tartibga tartibga soladigan qonun va qonun osti hujjatlar
1.1. O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi “Tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilganlik, g’ayriqonuniy ravishda aralashganlik hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” nomli yangi XVI1- bob bilan to’ldirilib, quyidagi moddalar kiritildi:
2411-modda. Хususiy mulk huquqini buzish Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo’li bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo’lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qo’yish yoxud uni o’z mol-mulkiga bo’lgan huquqidan voz kechishga majburlash, oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud bo’lmagan taqdirda, –eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
2412-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o’tkazish, –mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
2413-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish, –mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.