Mavzu: suv havzalarida dastlabki gidrobiologik tadqiqotlar olib borish



Yüklə 0,56 Mb.
tarix12.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#130122
1-A-dastlabki tadqiqotlar-


1-amaliy mashg`ulot.
MAVZU: SUV HAVZALARIDA DASTLABKI GIDROBIOLOGIK TADQIQOTLAR OLIB BORISH.
Mavzuning maqsali: Fanning tadqiqot uslublari, tabiatdan namunalar yig‘ish, namunalar olishda hamda, tekshirish jarayonida kerakli asbob – uskunlar bilan tanishish.
Darsning borishi:
1. O`tilayitgangan mashg`ulot yuzasidan ma’lumot berish.
2. Laboratoriya mashg`ulotini bajarish.
4. Mashg`ulotni adabiyotlar, tarqatma matеriallar, ko`rgazmali qurollar, ho`l va quruq prеparatlar yordamida mustahkamlash.
5. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bеrish.
Kеrakli jihozlar: Mikraskoplar, lupalar, binokulyarlar, pintsеtlar, to`g`irlagich ignalar, skalpеllar, Zoobentos miqdorini hisoblash uchun ishlatiladigan asboblar, Suv tubi faunasi va makrofitlarni yig‘ish qurollari, Plankton namunalarini yig‗ish asboblari, Plankton to‘rlari, ko`rgazmali qurollar, tayyor prеparatlar, tarqatma matеriallar.
Mavzu haqida ma'lumot:
Suv bioresurslaridan foydalanish fannining asosiy vazifasi suv ekotizimlari holatini monitoring qilish sanaladi. Shuning uchun suv havzalarini o‘rganish o‘ziga xos metodlarni talab qiladi. Boshqa ekologiya fanlarda bo‘lgani kabi Suv bioresurslaridan foydalanishda ham o‘rganish metodlari ekotizimlarga tizimli yondashuvni, har bir ekotizimni butunligicha tadqiq qilish, yani unda kechadigan jarayonlarni to‘liq energiya va modda almashinuvi, undagi tirik organizmlar biomassasi va mahsulotlari miqdori, hajmini hisoblashni taqoza etadi. Shuning uchun maxsus gidrobiologik asbob-uskunalardan foydalaniladi.
B
unda gidrobiologik ―plankton to‘ri‖, ―suv osti qirg‘ichi‖, ―qirg‘ich‖, ―plankton qirg‘ichi‖, har xil konstruksiyadagi ―batometrlar‖ va ko‘pgina asboblar ishlatiladi (1,2,3,4,5-rasmlar). Shningdek gidrokimyo, gidrofizika va gidrologiyada ishlatiladigan aspob-uskunalardan ham foydalaniladi.



G
idrobiologik metodlar uch guruhga bo‘linadi.


1. Umumiy metodlar.
2. Asosiy metodlar.
3. Tarmoq metodlari.
1. Umumiy metodlar - geoekoligiyaga tegishli bo‘lib, ular ham 2 guruhga bo‘linadi. Diyaliktik metod – bu metod tabiiyatshunoslikda, taqqoslash metodi yani biologiya, kimyo, geografiyadagi taqqoslash metodiga o‘xshash bo‘lib, jarayonlarni tarixiy taraqqiyoti davomida hosil bo‘lgan natijalarni bir - biriga 12 taqqoslaydi. Ya‘ni bu ikkala metod birgalikda tarixiy - taqqoslash metodi deb ataladi. Bunday jarayonlar mantiqan tahlil qilinadi.
2. Asosiy metodlar - O‘rganiladigan ob‘ektni to‘liq yoki bir tomonlama mavjudligi, paydo bo‘lishi yoki miqdoriy tomonlarini o‘rnatilgan tadqiqot usullari bilan o‘rganiladi. Asosiy metodlar o‘z navbatida: a. Tahlil va sintez. b. Induksya va deduksiya. c. Amaliy metodlar ( kuzatish, tajriba, taqqoslash, o‘lchash). Bunday tashqari kompyuter innavatsion texnologiyalari kirib kelishi natijasida matematik usullar va bashoratlash metodlari rivojlandi.
3. Tarmoq metodlari - Bu metodlarga maxsus metodlar mansub bo‘lib, ular faqatgina tabiiyashunoslikning yagona tarmog‘idagina qo‘llaniladi.
Metodlarni progressiv ravnaqi ularni juda past kategoriyadan yuqori kategoriyaga, tarmoqdan - asosiyga, asosiydan - umumiy metodlarga aylantirishi mumkin. Chunki fizika va boshqa tabiyatshunoslik sohalarida foydalanadigan metodlar ishlatilisi - geofizika va fizikaviy kimyoni paydo bo‘lishiga olib keldi. Kimyoviy metodlarni rivojlanishi geoximya, bioximya kabi fanlarni paydo b‘lishga sabab bo‘ldi.
Hozirgi zamon Suv bioresurslaridan foydalanishsining metodologik asoslari - jarayonlarga tabiiy kuzatuv, tajriba va modellashtirish orqali tizimli yondashuvni taqqazo etadi. Ekologik amalyotda ko‘pdan ko‘p tatqiqot metodlari va usullarini qo‘llanilishi ekologiyada ko‘pgina yo‘nalishlarni va metodlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. M.:
- suv havzalari holati va ulardagi jarayonlarga antropogen (texnogen) omillar tasirini rejali-tizimli (monitoring) kuzatish;
- tabiiy va sun‘iy suv havzalarini analitik tatqiq qilish;
- tabiiy suv havzalarini morfologik ko‘rsatgichlarini tatqiq qilish;
- suv havzalari va ularda kechadigan jarayonlarni baholashni statistik metodlari;
- suv oqimlari va suv havzalarini xaritalashni maxsus va masofali tatqiq qilish metodlari;
- gidroekologik jarayonlarni matematik modellashtirish metodlari;
- ekologik menejmen; - ekologik audit va b. q.
Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin