Mavzu: Tabiatshunoslik darslarida kuzatish orqali yangi bilim va tushunchalarni shakllantirish. Ekologik madaniyatni shakllantirishda o’qituvchining kuzatishga yo’naltirilgan topshiriqlar



Yüklə 21,06 Kb.
səhifə1/2
tarix25.11.2023
ölçüsü21,06 Kb.
#134647
  1   2
08-Tabiatshunoslik darslarida kuzatish orqali yangi bilim va tushunchalarni shakllantirish


Mavzu: Tabiatshunoslik darslarida kuzatish orqali yangi bilim va tushunchalarni shakllantirish. Ekologik madaniyatni shakllantirishda o’qituvchining kuzatishga yo’naltirilgan topshiriqlar.
R E J A :
1. Tabiatshunoslik darslarida kuzatish orqali yangi bilim va tushunchalarni shakllantirish
2. Ekologik ta’lim va tarbiya maqsadidan
3. Kuzatish turlari: qisqa muddatli kuzatishlar va uzoq muddatli kuzatishlar.

Tabiatshunoslikni o’qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o’quvchilarda tabiiy jismlarni bevosita ko’rish asosida tasavvur va tushunchalarni hosil qilishga imkon beradi (har bir o’quvchii tabiiy material Bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda – o’quvchilar soniga qarab to’plash kerak).


Qabul qilish uchun teri sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismlarni o’qituvchi uzoqdan turib namoyish qiladi. Yirik o’simliklar, masalan, makkajo’xori, poliz ekinlari, pomidor (o’simlik bargi, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va h) shunday ko’rsatilishi mumkin.
Narsani o’quvchilarning barchasi yaxshi ko’rishlari uchun u sinf doskasiga o’qituvchi stoli balandligida o’rnatiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o’quvchilarga faqat ularning tashqi ko’rinishi haqidagina emas, balki harakati, qiliqlari, ovozi va hokazolar haqida ham tasavvur hosil qilish imkonini beradi, bu tasavvurlar ancha to’liq va ravshan bo’ladi. Kuzatishlarga yaxshiroq rahbarlik qilish uchun o’qituvchi o’quvchilar oldiga kuzatilayotgan jismning katta-kichikligi, shakli, rangi, jonli bo’lsa, yuz asosiy qismlari, harakatlanish usuli haqida, shuningdek, boshqa narsalarga o’xshashligi va ulardan farqiga oid yo’naltiruvchi savollar qo’yadi.
Suratlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga ular hali ko’rmagan ko’pgina ob‘ekt va hodisalar to’g’risida ma‘lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar yaxshi surat ko’rsatilmasa, yetarli to’liq va yorqin tasavvurlar bera olmaydi. Faqat suratlarni diqqat bilan ko’rib chiqish orqali tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlarni hosil qilish mumkin.
Tabiatshunoslik darslarida ko’pincha devoriy suratlar ishlatiladiki, ular bo’yicha sinf o’quvchilarining barchasi ishtirokida ish olib boriladi. Yirik suratlar bo’lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin, ularni har bir o’quvchiga ko’rsatish kerak. O’qituvchi qaysi turdagi surat bilan ishlamasin, uning maqsadi - suratning tabiatshunoslik mazmunini ochib berish, bolalarda tabiatshunoslik bilimlarining manbai sifatida undan foydalana olish uquvini hosil qilishdir.
Darsning tuzilishi va suratning mazmuniga qarab, undan turlicha foydalaniladi. Surat o’qituvchining hikoyasi tasviri bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bunda uning tafsilotlariga to’xtash shart emas, chunki u hikoyadan olinadigan taassurotni susaytiradi. Suratning mazmunidan bu holatda faqat bayonning eng muhim ma‘nosi bilan bog’liq holda foydalaniladi.
Surat, shuningdek, suhbatning boshlanish qismi bo’lishi ham mumkin. Bu holda o’qituvchi darsni suratni ko’rib chiqish bilan boshlaydi va suhbat jarayonida o’quvchilarni uning tabiatshunoslik mazmunini o’zlashtirishga olib keladi. Bunda o’quvchilarning ko’proq faolligiga erishish kerak. Ular suratda tasvirlangan ob‘ektlarni faqat ko’rish Bilan qabul qilib qolmasdan, balki ularning ayrim tomonlarini solishtirishlari, ilgarilariga taqqoslashlari va surat mazmunidan baholi qudrat xlosalar chiqarishlari kerak.
Darslikdagi mavzular matnini muhokama qilish jarayonida ham suratlar ko’riladi, bu o’qilganlarni yaxshiroq tushunish va eslab qolishga yordam beradi. Shuningdek, suratlardan materialni takrorlash va mustahkamlashda keng foydalaniladi. Suratlardan foydalanib, o’quvchilar o’tilganlarni yaxshiroq hikoya qilib beradilar. Bunda ular o’qituvchining qo’shimcha tushuntirishlarini ham esga oladilar, o’zlarining shaxsiy fikr va mulohazalarini bayon qiladilar, o’quvchilarning o’quv materiallini puxta va chuqur o’zlashtirishlarini ta‘minlaydi.
Takrorlash-umumlashtirish darslarida suratlardan tashqari ilgari foydalanilmagan otkritka, kitob, jurnallardan, gazetalarning suratlaridan foydalaniladi, bu materialning o’zlashtirilishini tekshirishga yordam beradi. Suratlar bilan ishlashda ularning mazmunidan to’g’ri foydalanish, bolalarning kuzatishlariga to’g’ri rahbarlik qilish kerak. Suratlarni ko’rish orqali olingan taassurotlar yodda uzoq vaqt saqlanishi uchun ularning soni ko’p bo’lmasligi lozim. Suratlar bir nechta bo’lganda mazmunni yaxshiroq o’zlashtirib olishga yordam beruvchi metodik uslub – taqqoslashdan foydalanish mumkin. Suratdan darslik bilan ishlashda darslik matnidan suratning mazmuniga mos keladigan ta‘riflar tanlanadi. Bunday topshiriq o’quvchilarni suratga e‘tibor bilan qarashga va bir paytning o’zida o’qilganlarning mazmunini yaxshiroq tushunib olishga undaydi.
Kuzatish tabiatni o’rganishning ko’rgazmali metodidir. Tabiatshunoslikni kuzatish deganda atrof borliqning jism va hodisalarini rejali ravishda, maqsadga yo’nalgan holda, ongli tashkillangan qabul qilish tushuniladi. Kuzatishlar ikki belgi: muayyan maqsadning bo’lishi va diqqatni kuzatish ob‘ektiga bilgan xolda to’plash bilan xarakterlanadi.
O’qitishning boshlang’ich bosqichlarida o’qituvchi o’quvchilarning kuzatishlarini tashkil qila turib, ularni oldin safarbar qilishi yoki kuzatish mo’ljallangan narsani ongli qabul qilib olish uchun kerakli ma‘lumotlarni bildirishi, kuzatiladigan narsaning muhim xususiyatlarini ajratishi, kuzatishning izchilligini ko’rsatishi zarur. Kuzatishsiz o’quvchilar tabiat jismlari va hodisalari, ularning xususiyat hamda sifatlari, ular o’rtasida mavjud bog’lanishlar haqida to’g’ri tasavvurlar ololmaydilar.
O’quvchilarda tegishli tasavvurlarning hosil bo’lishi qabul qilishning boyligi va to’liqligiga bog’liqdir. Kuzatishda o’quvchilar faqat kuzatilayotgan ob‘ektlarning tomoshabinigina bo’lib qolmasdan, balki ularning xarakterli xususiyatlarini bilib olishga intiladilar. Masalan, chinor va zarangning barg rangidagi o’zgarishlarni kuzatib, o’quvchilar shu o’simlik barglarini taqqoslaydilar va ularning farq qiladigan hamda umumiy belgilarini aniqlaydilar: zarang, shumtol, chinor, teraklarning mevalarini qarab chiqib, o’quvchilar bu mevalar biri-biridan nima bilan farq qilishini, ularning shakli va rangini aniqlaydilar, yashik yoki uchastkaga o’simlik urug’larini ekib, bolalar o’simtaning qanday yorib chiqayotganligini, birinchi barglar qanday vujudga kelayotganini va o’simlikning rivojlanayotganligini kuzatadilar.
Jism va hodisalarni kuzatish, ularni taqqoslash, o’xshashlik va farqlarini aniqlash tafakkur, diqqat va irodani rivojlanishiga yordam beradi. Kuzatish jarayonida, shuningdek amaliy xarakterdagi bilimlar, masalan, o’simliklar dunyosining xarakteriga qa­rab, joyda orientirlash; hayvon va o’simliklarning xulq-atvoriga, tabiatdagi o’zgarishlarga qarab, ob-havoning o’zgarishini oldidan aytib berish; texnika mehnati darslarida tabiatshunoslik materialidan foydalana olish (tabiiy materiallar - mevalar, urug’lar, barglar, po’stloq bilan ishlash) uquvlari hosil qilinadi.
1—3 sinflardagi kuzatishlardan o’quv ishlarning eng xilma-xil shakllarida: sinfdagi dars va amaliy mashg’ulotlarda; ekskursiyalarda; tirik tabiat burchagi va maktaboldi uchastkasidagi mustaqil mashg’ulotlarda, uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak.
Kuzatishlar davomiyligi va xaraktera bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli kuzatishlar biror narsani qabul qilib olish uchun o’tkaziladi. Hayvonlar (kirpi, toshbaqa, shoxilon, kapalak, ninachi)ning harakatlanishini kuzatish qisqa muddatli kuzatishga misol bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatli kuzatishlar vaqt oraliqlari bilan bo’lingan, lekin yagona uzluksiz jarayonni hosil qilgan qator hodisalarni qamrab oladi. Bunga o’simlik­ning o’sishini, daraxtlardagi barglar rangining o’zgarishini, qushlarning uchib ketishini va hokazolarni kuzatishlar misol bo’lishi mumkin. Ular qator qisqa vaqtli kuzatishlardan tashkil topadi. Uzoq vaqtli kuzatishlar hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bular kurtakdan bargning rivojlanishini, tut ipak qurtining rivojlanishini kuzatishlar bo’lishi mumkin. Kuzatishlar oqibatida o’quvchilar taraqqiyot davrlarining izchilligini va ular o’rtasidagi aloqalarni belgilaydilar. Kuzatishlar kollektiv (butun sinf bilan bir vaqtda) yoki yakka (har bir o’quvchi mustaqil kuzatadi) holda bo’lishi mumkin.
Kuzatish uchun oson (uddalasa bo’ladigan) ob‘ektlarni tanlash zarur. Kuzatishlar o’lkashunoslik xarakterida bo’lsin. Juda murakkab va tushunarli bo’lmagan hodisa va narsalarni tanlash kerak emas. Bu o’quvchi­lar qiziqishini sovitishi va kuzatishni adashtirib yuborishi mumkin. Tanlangan shakllardan qat‘i nazar 1—4 sinf o’quvchilari uchun o’lkashunoslik kuzatishlari albatta sistemali bo’lishi kerak. Bundan tashqari o’lkashunoslik kuzatishlar kompleksi albat­ta tabiatshunoslik bilimlarini tushunib olishga, idrok qilish faolligini, tabiatga qiziqish va muhabbatni rivojlantirishga, atrof tabiat ob‘ektlari to’g’risidagi bilimlarni kengaytirishga yo’naltirilmog’i lozim.
1—2-sinflarda tabiatni kuzatish uchun atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha darslardan foydalaniladi. 3—4 sinflarda kuzatishlar sistemasi «Jonajon o’lka tabiati» mavzusi bilan bog’liq holda mavsumiylik printsipi asosida tuziladi.
Tabiat ustidan olib boriladigan kuzatishlar tizimiga ushbu tushunchalarni: jonli va jonsiz tabi­at, mevali va manzarali daraxtlar, erta gullovchi o’simliklar, texnika ekinlari, suv o’simliklari, sabzavot va poliz ekinlari, galla ekinlari, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, qushlarni kiritish mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat, jismlar va hodisalar, o‘simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatligini muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo‘jalik mehnati to‘g‘risida tasavvur va tushunchalar, oddiy geografik tasavvur hamda tushunchalar kiradi. Bolalar maktabga kelishi bilan o‘qituvchi rahbarligida atrof olam bilan maqsadga yo‘nalgan holda tanishib boradilar. Atrof olam bilan dastlabki tanishish ularning sezgi organlarining qabul qilishiga asoslanadi. Olamni bilib olishning birinchi bosqichi bolalarning barcha yangiliklarni qarab chiqishga, iloji bo‘lsa shunga ko‘ra dastlabki tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirishda o‘quvchiga o‘rganish ob‘ekti bilan bevosita muloqatda bo‘lish imkoniyatni berishi kerak. Tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish jarayonida o‘quvchilar o‘simliklar va hayvonlarning ba’zi turlari, o‘simliklar hayoti uchun zarur bo‘lgan sharoitlar (masalan, o‘simlik o‘sishining tashqi sharoitga, ya’ni issiqlik, yorug‘lik, namlik, tuproq holatiga bog‘liqligi), turli yil fasllarida o‘simlik va hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlar bilan tanishadilar. O‘qish jarayonida o‘quvchilar yigirmadan ortiq tur tushunchalarni egallaydilar: mebel, idish-tavoq, tarnsport, maishiy texnika, ish qurollari, o‘simliklar, hayvonlar, sog‘liqni saqlash, shaxsiy gigiena va boshqalar. O‘quvchilarning tur tushunchalarini o‘rganishda o‘zlarining aniq predmetlar va ularning tasvirini guruhlarga ajratish bo‘yicha shaxsiy amaliy faoliyatlari katta ahamiyatga ega.
Ekologik ta’lim va tarbiya maqsadidan kelib chiqib, tabiatshunoslik fani o‘quvchilarni insonning tabiatga ta’sirini va tabiat boyliklarini bolalarga tushuntirish vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi. Atrofdagi olam predmeti va ob’ektlari haqida shakllangan tasavvurlarini o‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlari, didaktik va ijodiy o‘yinlar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy mustahkamlaydilar. Shu tarzda atrofdagi olam bilan tanishish bo‘yicha materiallarni o‘rganishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har tomonlama etuk shaxs bo‘lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalalar hal qilinadi.
Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o‘zlashtirishni ta’minlovchi metodik sharoitlar. O‘quv materiallarini o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirmaslik hollari ham kam emas. Buning sababi, shundaki, ularning bilimlari, tasavvurlar darajasida qolgan. Bu darsda yoki bir mavzu bo‘yicha shakllantirilgan tushunchalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog‘lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoit sistemasidir. Jumladan tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo‘lishi muayan metodik sharoitlarda amalga oshadi. Chunonchi tabiiy ob’ektni kuzatishlar, qabul qilishni aniqlovchi mashqlar; o‘qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi.
O‘qituvchining savollari, xotiradan rasm chizish, har xil narsalarni tanib olish bo‘yicha mashqlar tasavvurlarning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi. Muammoning aniq qo‘yilishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini bayon qilish mantiqi, aniqlash va taqqoslash bo‘yicha mashqlar tushunchalarni bog‘lovchi va rivojlantiruvchi takrorlash sistemasi, umumlashtirishni talab qiluvchi savollar tushunchalarning to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi.
Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish – kuzatishlarga asoslanib, o‘rganilayotgan narsa yoki hodisa to‘g‘risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharoitda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo‘lishda ob’ektlar va ko‘rgazmali materiallarning har xil turlari (jadvallar, sxemalar, suratlar va h.k.) katta ahmiyatga egadir.
O‘quvchilarni tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash, ishga jalb qilmasdan turib tushunchalarni o‘zlashtirishga erishish mumkin emas. O‘qituvchilarning fikrlash faoliyatini rag‘batlashtirish uchun o‘qituvchi mavzu va dars boshida ular oldiga muammolar qo‘yadi. O‘quv materiallarini bayon qila borib, u o‘qituvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalri o‘rtasidagi bog‘lanishlarini aniqlashga jalb qilish uchun harakat qiladi.
Tabiatshunoslik tushunchalarini o‘zlashtirishda predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o‘qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, texnik mehnat, rasm olish bilan) aloqa o‘rnatilishi muhim ahamiyatga ega. Predmetlararo aloqadan sistemali ravishda foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarni qo‘llashiga, o‘quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog‘lanish o‘rnatishga o‘rgatadi. O‘quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o‘qituvchining savollari katta rol o‘ynaydi. Quyidagi savollar misol bo‘lishi mumkin: cho‘lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qurg‘oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o‘smaydi? Dasht va cho‘l tabiatining o‘xshashligi nimada? va h.k. Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar sistemasi jadvalda, sxemalar yordamida berilsa yanada yaxshi bo‘ladi.
Xulosa
Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutq katta rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilari nutqining to‘g‘ri bo‘lishini kuzatib borishi kerak. Nutqni shakllantirish uchun eng muhim materiallaridan biri o‘quvchi atrofidagi tabiatdir. Atrof tabiat bilan tanishtirish bolalarning kuzatishlariga asoslanadi. Kuzatishlar jarayonida o‘quvchilar narsalarning belgilarini payqashga o‘rganadilar. O‘qituvchi mavzularga moslab har xil savollar tuzib mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun o‘quvchilar bilan mashqlar o‘tkazish mumkin. Narsalarni taqqoslashga o‘rgatish uchun savollar tuzish ular bir xil shakldagi belgilardan iborat bo‘lishi ularning fikrlab farqlarini tanish.
Taqqoslash – bu narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir.
Taqqoslash – aqlning tahliliy ishdir. Hozirgi vaqtda o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatlaribni va ularning bilimlarini tekshirish maqsadida tabiatshunoslik darslarida har bir o‘quvchining o‘qishdagi mustaqilligi va o‘quv axborotlarini qabul qilishi hamda qayta ishlashlarini tashkil qilishga yordam beruvchi dasturlashtirilgan o‘qitish qo‘llaniladi. Dasturlashtirilgan o‘qitish bilimlarni egallashdagi harakatlarni jkuzatib borishga, qaysi bo‘g‘inda uzilish borligini aniqlashga, o‘qitish jarayoniga qanday o‘zgartirishlar kerakligini aniqlashga imkon beradi.
Dasturlashgan o‘qitish uchun: –o‘quv materiallarini sinchiklab tahlil qilish, uni qat’iy tanlash va mantiqiy izchillikda taqsimlash; –o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatlariga rahbarlik qilish kerak. Dasturlashtirilgan o‘qitishda o‘quv materialni egallashda o‘quvchilar mustaqilligi hamda faolligi ortib boradi, o‘rganish individuallashtirish imkoniyati tug‘ilad

Yüklə 21,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin