Tabiatshunoslik darslariga qo’yiladigan umumiy talablar. Tabiatshunoslik darslariga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagi vazifalardan kelib chiqadi:
-o’quvchilarni tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar to’g’risida, o’z o’lkasining tabiati to’g’risida, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi to’g’risida, yerning shakli va relefi to’g’risida, odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish to’g’risida bilimlar bilan qurollantirish;
- yuqori sinflarda, botanika, zoologiya va odam va uning salomatligi fanlari bo’yicha o’quv materialini o’zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta bilim va ko’nikmalarni shakllantirish;
- o’qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish;
- rivojlanishning har tomonlama garmonik bo’lishiga erishish;
- tabiatshunoslik xarakteridagi kitob va jurnallardan bilimlar ola bilish uquvlarini hosil qilish;
- mehnatsevarlikni, maktabda va o’quv-tajriba maydonchasida mehnat qilish hoxishini shakllantirish.
Talablarning bu guruhlarini shartli ravishda ta‘lim-tarbiyaviy, didaktik psixologik va gigiyenik talablarga birlashtirish mumkin. Ularning har biri ustida to’xtab o’tamiz.