Mavzu Talab, taklif, bozor muvozanati Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvshi omillar. Talab qonuni


O’zaro bir-birini almashtiruvshi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi to’g’ri bog’liqlikda bo’ladi



Yüklə 28,36 Kb.
səhifə5/10
tarix01.11.2023
ölçüsü28,36 Kb.
#131080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Talab, taklif, bozor muvozanati Talab tushunchasi va uning-fayllar.org

O’zaro bir-birini almashtiruvshi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi to’g’ri bog’liqlikda bo’ladi. Masalan, sariyog’ narxining oshishi margaringa bo’lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog’ narxining pasayishi esa margaringa bo’lgan talabni kamaytiradi.
O’zaro bir-birini to’ldiruvshi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi teskari bog’liqlikda bo’ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo’lgan talab qisqaradi. Aksinsha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo’lgan talab oshadi.
5. Kelgusida iste’molshi daromadlari, tovar narxi o’zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo’lishi yoki bo’lmasligi kabi omillar talab hajmini o’zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste’molshi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksinsha, narxning pasayishi va daromadning ko’payishining kutilishi tovarlarga bo’lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo’ladi.


2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvshi omillar. Taklif qonuni
Ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvshilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga shiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o’zgarishi bilan sotishga shiqariladigan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovshi misol 5-jadvalda ko’rsatilgan.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga shiqarilishini ko’rsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga shiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi.


5-jadval. Narx va taklif miqdori o’rtasidagi bog’liqlik.

1 kg un narxi (so’m)


1 oy davomida unning yakka taklifi miqdori (kg)


1 oy davomida unning bozor taklifi miqdori (tn)


350
300


250
200
150

60
50


30
20
10

6,0
5,0


3,0
2,0
1,0

Iste’molshi uchun narxning oshishi to’siq rolini o’ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag’batlantirish vazifasini bajaradi.

Narx darajasi va taklif miqdori o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni ko’rsatuvshi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri shizig’ini tasvirlash mumkin (6-chizma).
R,so’m
S
350
300
250
200
150 S
100
50
0
1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna


Yüklə 28,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin