Mavzu Talab, taklif, bozor muvozanati Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvshi omillar. Talab qonuni



Yüklə 28,36 Kb.
səhifə7/10
tarix01.11.2023
ölçüsü28,36 Kb.
#131080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Talab, taklif, bozor muvozanati Talab tushunchasi va uning-fayllar.org

Narx o’zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o’zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.


  • Ishlab chiqaruvchilar (sotuvshilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunshalik ko’p bo’ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, CHunki tovar ishlab chiqarish ko’payadi.

    Taklif hajmining o’zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo’lmaydigan qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o’zgaruvshan bo’ladi.


    Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, narxning o’zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o’tish imkoniyati mavjud bo’lsa taklif o’zgaradi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlar cheklangan bo’lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo’lmaydi.
    Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvshilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo’zgaruvshan bo’ladi.


    3. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi
    nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati.

    Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o’zgarib turishini ko’rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo’ladi, bu nisbatlar o’zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko’tirilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo’lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvshi ko’plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo’ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo’ladi.
    Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvshi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o’tish imkonini beradi. Mos kelishlik o’z ifodasini muvozanatli narxda topadi.
    Oldingi bandlarda ko’rib shiqilgan talab va taklif egri shiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7-chizma):
    Tb=Tf=Nm=Mm, bu yerda: Tb - talab, Tf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm – tovarning muvozanatli miqdori.

    so’m
    350


    300

    250
    200


    150
    100
    50
    0


    P
    D ortiqsha ishlab chiqarish S


    E

    S D
    taqshillik


    1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna





    Yüklə 28,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin