Mavzu. Talab va taklif elastikligi elastiklik va uning turlari



Yüklə 309,27 Kb.
səhifə10/12
tarix26.11.2023
ölçüsü309,27 Kb.
#135064
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3-mavzu. Talab va taklif elastikligi elastiklik va uning turlari.docx32

Taklif elastikligi ahamiyati talab elastikligiga qaraganda ikkinchi darajali ko’rsatkich. Talab elastikligining ustunligi shundaki, u umumiy tushgan daromad (tushum) qanday o’zgarishini ko’rsatadi, lekin taklif elastikligi ham muhim bir faktni, unda vaqt omili asosiy rol o’ynashini, qisqa muddatga qaraganda, nisbatan yuqori narxga hamma o’rganib bo’lgach, uzoq muddatli bozor davrida taklif elastikligi yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklifning o’zgarishi narxning o’zgarishiga, o’z navbatida narxning o’zgarishi talab va taklifning o’zgarishiga olib keladi. qtisodiyotda elastiklik — maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida y qiymatiga boʻlgan oʻzgarilish nisbati. Masalan, narx yoki daromadning 1 foizga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatilib berilishidir[1]. Bu tushuncha hosila yordamida kiritiladi. U biror ishlab chiqarish faktoriga qarab iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zgarish darajasini anglatadi. Elastiklik miqdori elastiklik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Elastiklik koeffitsienti tekshirilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichning unga taʼsir etuvchi iqtisodiy faktorlardan birining qolganlari o‘zgarmas bo‘lganda birlik nisbiy o‘zgarishi taʼsiridagi o‘zgarishni ko‘rsatadi. Koʻpgina iqtisodiy hodisalarda chekli naflilikning kamayish qonuni sababli koʻrsatkich qanchalik absolyut katta boʻlsa, unga sarflangan resurslar samarasi shunchalik past boʻladi[2]. Masalan, dunyoning rivojlangan davlatlarida yillik iqtisodiy oʻsish rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan kamligi yoki 2 va undan ortiq bir-biriga bogʻliq empirik oʻzgaruvchilardan tashkil topgan iqtisodiy modelning faqat bir oʻzgaruvchisiga eʼtibor berish elastiklikni pasaytiradi. Xususan, soliq siyosati, xalqaro savdo kabi muhim iqtisodiy tarmoqlarda aynan elastiklik asosiy tahliliy koʻrsatkich hisoblanadi[3]. Elastiklik empirik iqtisodiy modellar (masalan, Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi) va Behavioral iqtisodiyotda isteʼmolchilar xulq-atvorini oʻrganish uchun yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllaniladi Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda (ayniqsa, mikroiqtisodiyot nazariyasida) va amaliy iqtisodiy sohada, xususan, marketing, ekonometrika va makroiqtisodiyotda qoʻllaniladi[5][6]. Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Siyosiy iqtisodiyotda matematik elementlarni muvaffaqiyatli qoʻllashni Antoine Augustin Cournot boshlab beradi[7]. U oʻzining „Recherches sur les principes mathématiques de la théorie des richesses“ asarida boylik nazariyasining matematik elementlar asosida vujudga kelishi haqida soʻz yuritadi, „Revue Sommaire Des Doctrines Economiques“ asarida esa talab va taklif qonunlarini tanqid qiladi. Aynan Cournotning asarlari tufayli matematik iqtisodiyotda katta burilish paydo boʻlib, iqtisodchilarning keyingi ilmiy ishlarini mukammallashtirishda, iqtisodiy kibernetika, ekonometrika fanlarining paydo boʻlishida asos boʻldi. Elastiklik atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan „Principles of Economics“ kitobida keltirilganKitobning „General Relations of Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi haqida soʻz yuritiladi[. Aynan Cournot va marjinalizm ilmiy maktabi asarlaridan foydalangan holda u oʻzining „Marshall xochi“ grafigini (chekli xarajat va chekli daromadga asoslangan bozor muvozanati) yaratad.

Absolyut elastik talab

���=0

narx oʻzgarganida tovar hajmi oʻzgarmaydi: birinchi ehtiyoj talablari (insulin, tuz)

Noelastik talab

−1<���<0

talab hajmi narx oʻzgarishidan pastroq oʻzgaradi: oʻrinbosar tovarlarga ega boʻlmagan (yoki juda qimmat boʻlgan) kundalik tovarlar

Birlik elastiklik

���=−1

talab narxga proporsional tarzda oʻzgaradi (10 foiz lik oʻsish −10 foizlik pasayishni olib keladi)

Elastik talab

−∞<���<−1

talab hajmi narxdan koʻra koʻproq oʻzgaradi: tovar oʻrinbosar tovarlarga ega yoki unchalik muhim emas

Absolyut elastik talab

���=−∞

narxning ozgina oʻzgarishi talab hajmini cheksizlikkacha oʻzgartiradi: talab hajmi ozgina oʻzgarishlarga ham juda taʼsirchan boʻladi


Yüklə 309,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin