3-mavzu. Talab va taklif elastikligi elastiklik va uning turlari.docx32
Elastiklikka daromadning taʼsiri[
Elastiklik oʻzgarishi oqibatida ishlab chiqaruvchilar daromadida oʻzgarish sodir boʻladi. 1.5-rasmdan koʻriladiki, elastic zone — elastikligi 1 dan katta boʻlgan hudud, unit elastic — elastikligi 1 ga teng boʻlgan nuqta (daromad bu yerda maksimal boʻladi) va inelastic zone — elastikligi 1 dan past boʻlgan hududdir. Rasmga koʻra, elastiklik juda yuqori yoki juda past boʻlganida daromad (Revenue) past boʻladi, elastiklik 1 ga teng boʻlganida esa daromad eng yuqori boʻladi. Lekin daromad bu foyda emas, shu sababli bu nuqta foydani maksimallashtirmaydi
Ishlab chiqaruvchi firmalar tovarni bozordagi elastiklik darajasini aniqlaganlaridan soʻng, oʻz narx siyosatini yuritadilar. Noelastik boʻlgan tovarlarning narxining keskin oshishi (masalan, tuzning 2000 soʻmdan 3000 soʻmga, yaʼni, 50 foizga oshishi), unga boʻlgan talabni kamaytirmaydi yoki juda kichik miqdorda kamaytiradi. Shu sababli, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi va noelastik tovarlardan keluvchi daromad oshirilishi, ishlab chiqaruvchiga kafolatlangan foydani olib keladi. Lekin elastik tovar bozorida vaziyat murakkab va koʻp axborotga tayanish kerak. Yaʼni narx 30 foizga kamaygani tufayli sotuv hajmining 90 foizga oshishi, har doim ham ishlab chiqaruvchi foyda olishini bildirmaydi[23]. Chunki sotuv hajmi oshishi qoʻshimcha ishlab chiqarish xarajatlariga olib keladi (chekli naflilikning kamayish qonuni sababli, agar firmaning mehnat boʻyicha chekli xarajatlari manfiy qiymatni qabul qilsa, firma zarar koʻrishi mumkin)
1Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc. – P.-127.
2Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.. –P.-133