Mavzu: Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarni ochish
Fayllarni arxivlash – bu biror faylning diskda qisqartirilgan nushasini hosil qilish.
Fayl yoki fayllar arxivlanganda arxiv fayli hosil bo`ladi va ularda arxivning mundarujasini tashkil etadi. Arxiv mundarijasida arxivda qaysi fayllar borligi haqida ma’lumot olish mumkin. Arxiv mundarijasida arxivdagi har bir fayl uchun quydagi ma’lumot lar saqlanadi.
Fayl nomi
Fayl saqlangan katalog haqida ma’lumot
Faylning oxirgi modifikatsiyasining kuni va vaqti.
Diskdagi va arxivdagi faylning uzunligi.
Arxivdagi har bir faylni davriy nazorat qilish uchun maxsus kod.
Bu kod arxivni butunligini tekshirish uchun foydalaniladi.
Arxivlash jarayonida fayllar siqiladi. Shuning uchun ham arxivlashda siqish darajasi tushunchasi kiritilgan. Arxivlashda siqish darajasi deganda , faylning siqilgandan keyingi hajmining ( uzunligining ) boshlang`ich hajmiga nisbatiga aytiladi. Masalan , faylning boshlang`ich hajmi 100 kb bo`lib , uning siqilgandan keyingi hajmi 10 kb bo`lsa , ARJ arxivatori siqish darajasini 10% deb ( boshlang`ich hajmining necha foiz qolganligini) PKZIP arxivatori esa 90% deb ( boshlang`ich hajmining necha foizga qisqarganligi) ko`rsatiladi.
Arxivlovchi fayllarning hozirgi kunda eng ommobop , qulay va ko`p ishlatiladigan turlaridan biri bu DOS operatsion tizimi ostida ishlaydigan ARJ arxivatoridir.
Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz. MATN katalogidagi fayllani arxivlash lozim bo`lsa , Arj a matn ko`rinishida buyruq beriladi. Bu yerda arj arxivlash dasturining nomi , a – (qo`shimcha qilmoq) so`zidan olingan arxivni tuzish yoki movjud arxivga fayllarni qo`shimcha qilish amalini anglatuvchi ko`rsatma , matn esa hosil qilinadigan arxiv faylining nomi. Mazkur buyruq berilgandan so`ng fayllarni arxivga joylashtirish boshlanadi va bunda har bir faylining nomi hamda uning siqilish foizi ko`rsatib boriladi. Dastur ishi tugagandan so`ng , katalogdagi barcha fayllarni o`z ichiga olgan matn .arj arxiv fayli hosil bo`ladi.(Fayl nomidagi arj kengaytmani arxivlash dasturining o`zi qo`shadi.)
Mazkur buyruq L. Narc arxivlash dasturi uchun
L . Narc a matn.ko`rinisida, PKZIP arxivlash dasturi uchun Pkzip a m ko`rinishoda bo`ladi. Buyruqlar mos ravishda matn .lzh va matn .zip fayllarini hosil qiladi. Joriy katalogdagi fayllarni bir buyruq yordamida boshqa katalog yoki boshqa diskka arxivlash ham mumkin. Buning uchun buyruq ko`rinishi quydagicha bo`ladi:
Arj a c :\ archive \ matn yoki arj a a: matn
Birinchi buyruq matn. Arj faylini C diskdagi ARCHIVE katologida, ikkinchi buyruq katologida hosil qiladi.
Arxivdagi fayllarning yangiroq versiyasi ustiga eskiroq versiyani yozmaslik uchun arxivniyangilash amali mavjud.
Bu maqsadda arj u matn ko`kinishidagi buyruqlardan foydaliniladi. U harfi update ( << обнoвитъ>> - yangilash ) so`zidan olingan bo`lib, buyruqning bajarilishida matn. arj fayliga katalogdagi unda yo`q bo`lgan fayllar va yangiroq versiyasi mavjud bo`lgan fayllar qo`shiladi. Fayllar versiyasining yangiligi ular diskka saqlangan vaqt bo`yicha aniqlanadi. ( Bu bompyuterlarda vaqtni to`g`ri o`rnatishni taqazo etadi.)
Arxiv fayli ichidagi ma`lumotlarni yo`qotgan holda katalogdagi barcha fayllarni arxivga jaylashtirish ham mumkin. Bundan buyruq Arj m matn ko`rinishida bo`ladi.
Kompyuter xotirasidagi ma`lumotlarning ko`payib ketishi turli muammolarni keltirib chiqaradi. Ma`lumotlar hajm jihatidan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin. Arxivlash natijasida bir nechta fayl, hatto kataloglar siqilgan holda bir faylga birlashtiriladi, arxiv faylni ochish natijasida ular o`z holatiga qaytariladi.
Dostları ilə paylaş: |