UzMu AMIT fakulteti TM-2003 Ibragimova
Mashhuraning tayyorlagan taqdimoti.
Mavzu: Ta’limni tashkil etish shakillari: individual;
individual-guruhli; sinf-dars;ma’ruza-seminarli;sinfdan
tashqari;auditoriyadan tashqari; maktab va maktabdan
tashqari.
Reja:
1.Ta’limni tashkil etish shakillari.
2. Dars – ta’lim tashkil etishning asosiy shakli.
3. Darsning turlari va tuzilishlari.
4. Darsga qo’yiladigan talablar.
1. 1997 yil 29 avgustda O’zbеkiston Rеspublikasining "Ta'lim -to’grisida"gi
qonuni qabul qilindi. Bu qonunda ta'kidlanishicha, ta'limning mazmuni: har
bir o’sib kеlayotgan yosh avlodni hayotta va dunyoviy dеmokratik jamiyat
baxt-saodati yo’lidagi yuqori unumli mеhnatiga barkamol avlod qilib
tayyorlash bilan bеlgilangan.
Ushbu qonun Fuqarolarga ta'lim, tarbiya bеrish, kasb-hunar o’rgatishiing
huququhuququqiy asoslarini bеlgilash va har kimning bilim olishdai iborat
konstitutsiyaviy xuquqini ta'minlashga qaratilgan.
Ta'limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtnriladi. Asosiy
vazifalarga aqliy tarbiya bllan bohuquqlik bo’lgan vazifalar kiradi. Bu
vazifalar ichiga ilmiy va tеxnikaviy bilimlar, hamda ular bilan bohuquqlik
bo’lgan malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan
tarixiy va madaniy qadriyatlarda hayotning ma'nosi, jamiyatda insoniing
tugtan o’rni, ta'lim-tarbiyasi, odob - axloqi haqidagi xikmatli fikrlar borki,
bular bugunga halhuquq ta'limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratishi
borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, imon-e'tiqod, muruvvat,
vatanparvarlik, mеhnatsеvarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari,
qaxramonlik, mardlik singari tuyg’ularini tarbiyalaydi.
Yangi dеmokratik jamiyat qurishda ta'limning mazmuni bu jamiyat
extiyojlaridan kеlib chiqib va quyidagilarga amal qilgan holda
bеlgalanadi:
ilmiy bilimlarning yetakchi roli to’g’risidagi qoidaga;
insoniyatning madaniy-ma'rifiy mеrosi boyliklarini, umuminsoniy
qadriyatlarini egallab olish haqidaga "Milliy dastur" ko’rsatmalariga;
tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol avlod qilib rivojlantirish, iymon-
e'tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish;
- ilmiy hayot bilan, yagonga dеmokratik jamiyat qurilishi tajribasi
bog’liqligi haqidagi qoidaga;
- ta'limning bir maqsadga qaratilganligi (umumiy yoki kasbiy ta'lim);
- ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsplariga va didaktik
printsiplariga muvofiqligaga amal qilinadi.
Ta'limning mazmuni o’zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi. Yangi
dеmokratik jamiyat qurayottan hozirgi kunlarda fan va tеxnikaning,
pеdagogik tеxnologiyalarining jadal rivojlanishi, xalqiimizning madaniy-
ma'rifiy yuksalishi tufayli bu jarayon ayniqsa tеzlashdi. Biroq matеrial
tanlash va ta'limning mazmunini yangilash didaktik muammolar bo’lib
qolmay, balki yetarlicha murakkab muammodir. Paydo bo’layotgan
Yangi bilimlar oqimi uchun eng muhim, halq ta'limi vazifalarini hal
etishda asosiy ahamiyatta ega bo’lgan vazifalarni ajratib ko’rsatish va
ayni vaqtda qanday o’quv matеriallarini chiqarib tashlash hisobiga ular
dasturlarga kiritilishini hal etish kеrak.
Ta’limni tashkil etish shakli - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan
tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan
o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi
shakllari ajratib ko‘rsatiladi: in dividual, individual guruhli, sinf dars,
leksiya seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan
tashqari O‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi,
jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va
o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra
quyidagi uch asosiy turga ajratiladi individual; sinf dars; ma’ruza seminar
Ta’limni tashkil etish shakllari: An’anaviy ta’lim shakli, noan’anaviy ta’lim
shakli va yordamchi ta’lim shakli.
Ta’limni tashkil etish shakllari: An’anaviy ta’lim shakli, noan’anaviy ta’lim
shakli va yordamchi ta’lim shakli. Dars – (maktabdagi) o’quv ishining
asosiy tashkiliy shakli bo’lib, unda o’qituvchi aniq belgilangan dars
doirasida o’quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo’yicha
shug’ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o’quv dasturiga
o’zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun
xilmaxil metodlardan foydalanadi
2. Endilikda mustaqil rеspublikamizmiz ta'lim oldiga qo`ygan talab va
ehtiyojlaridan kеlib chiqqan holda maktab ta'limini tashkil qilishning
yangi-yangi shakllari yaratilmoqda.
Sinf - yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo`lgan ma'lum miqdordagi
o`quvchilar guruhidir.
Dars dеb bеvosita o`qituvchining rahbarligida muayyan o`quvchilar
guruhi bilan olib boriladigan ta'lim mashg`ulotiga aytiladi.
Dars - o`quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir.
Dars - o`quv ishlarining markaziy qismidir.
O`quv yurtlarimiz bosib o`tgan tarixiy davr ichida ta'limni tashkil qilish
shakllari o`zgardi, rivojlandi. Hozir o`quv yurtlarimizda qo`llanilayotgan
sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko`ra bir xil darajadagi bolalarning
doimiy guruhiga ega bo`ladi.
2. Dars mashg`uloti asosan 45 minutga mo`ljallangan bo`lib, qat'iy jadval
orqali olib boriladi.
3. Dars bеvosita o`qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib
boriladi.
4. Dars o`tilayotgan matеrialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan
olib boriladi, ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim
bеradi va navbatdagi bilimlarni o`zlashtirish uchun zamin yaratadigan
qilib uyushtiriladi.
Ayni paytda, o`quv yurtlarimizda ta'limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib
borilmoqda.
1. Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg`ulot o`qituvchining kundalik
o`quv matеrialini tizimli bayon qilib bеrishni, xilma-xil usullardan
foydalanishini, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini izchillik
bilan hisobga olib borishni, o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatishni o`z
ichiga oladi.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar sinf
sharoitidan tashqarida, o`quv ustaxonasi, tajriba еr uchastkalari va ekin
maydonlarida ishlash, ekskursiyalar o`tkazish yo`li bilan olib boriladi.
Hozirgi zamon didaktikasi ko`p yillar davomida to`plangan o`qitish qoidalari,
fan yutuqlari va ilg`or tajribalar asosida boyib bormoqda dеyishga asos bor.
Ammo o`quv jarayonining hamma kismlarini o`qitishni tashkil qilishning
mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib
bеrilmagan. Bularning hammasi didaktik qoidalardan amalda foydalanishni
qiyinlashtiradi. O`quv yurtlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar
o`quvchilarga bеriladigan ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada
rivojlantirish va yuqori bosqichga ko`tarishni talab qiladi.
3. Dars tiplari. Dars turlari - darsning maqsadi va mazmuni, o’quvchining
yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi.
1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish.
2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish.
3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
O’quv materiallarini mustahkamlash.
Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.
O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish va baholash darslari.
Dars turlari uyg’unlashgan (aralash)darslar.
Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab
turlariga bo’lish.
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
O’quv materiallarini mustahkamlash.
Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.
O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish va baholash darslari.
Dars turlari uyg’unlashgan (aralash)darslar.
Yuqoridagi asosiy turlardan tashqari, boshqa qo'shimcha kurs turlari ham mavjud.
Yuqoridagi tanlov nuqtai nazaridan, bu dars turi o’quvchilarning o’zlashtirish
darajasini tekshirish, yangi mavzuni o’tish va uni aniqlashtirish uchun qaytarish
kabi turli tadbirlarni o’z ichiga oladi, ammo qo’shimcha darslarning asosini ana shu
mashg’ulotlardan biri tashkil etadi, qo’shimcha darsning maqsadi. darslar va
qo'shma darsdagi boshqa mashg'ulotlar ushbu asosiy ishga yordam beradi.
Ta'lim tizimida takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham keng
qo'llaniladi. Bunday darslar o`qituvchi darsning ma`lum bir qismini, asosiy
mavzularni o`z ichiga olgandan keyin tashkil etiladi. Ushbu kurslar oraliq
baholashda ham xizmat qiladi. Har qanday darsning muvaffaqiyati ko'p jihatdan
darsni to'g'ri tashkil etishga bog'liq. Bu davrda sinfning tayyorgarligini diqqat bilan
kuzatib borish, bolalarning darsni tinglashga aqliy tayyorligini bilish kerak.
Shundan so‘ng mohir pedagog imkoniyatni boy bermay, o‘quvchilarni
chalg‘itmasdan darsning asosiy qismini boshlaydi, chunki sinfdagi o‘quvchilarning
darsni tez va faol boshlashini ta’minlash zarur.
4. Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
fanning ilg`or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv
-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta`minlash;
o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular
tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog`liqliklarni o’rnatish;
ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish
darajasiga tayanish;
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;
pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini
shakllantirish;
mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga
yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni
hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim) iy talablarga har bir darsning ta’lim
vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish,
ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini
optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos
ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy
yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar
mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish,
operativ qayta aloqani ta`minlash, amaliy nazorat va
boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat
bilan o’tkazishni ta`minlash kabilar kiradi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbivaviy talablar o’quv materialining
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi
mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat
o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib
chiqadigan tarbiyaviymasalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy
qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik,
maspuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik,
e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat-
e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish,
o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan
manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi
talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish,
ijodiy tashabbuskorlik va faollik, shakllantirish hamda rivojlantirish,
o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga
olish, «rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish», «o’zib ketish»
darajasidagi o’quv mashg`ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi
o’zgarishlarni rag`batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emotsional,
ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish,
boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv
mashg`ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |