Mavzu: Taloqning anatomiyasi va morfologiyasi. Suyak ko’migi va uning tuzilishi



Yüklə 239,58 Kb.
səhifə5/8
tarix05.04.2023
ölçüsü239,58 Kb.
#124852
1   2   3   4   5   6   7   8
Taloq

Taloqda qon aylanishi.

  • Taloq darvozasidan taloq arteriyasi (a.lienalis) kiradi. Arteriya trabekulalar bo’ylab tarmoqlanadi va bu tarmoqlar trabekula arteriyalari (a.trabecularis) nomini oladi. So’ng trabekula arteriyasi trabekuladan qizil pulpaga o’tadi va bu yerda pulpa arteriyasi (a.pulparis) deb ataladi. Bu arteriyaning tashqi pardasida ko’p miqdorda elastik tolalar bo’lib, ular tomirlarning cho’zilishi yoki qisqarishini ta’minlaydi. Arteriya limfatik follikulga kirish oldidan T-, B-limfotsitlar va plazmotsitlardan iborat limfatik qin bilan o’raladi. Bu qinlarni oq pulpaning o’simtasi deb hisoblash mumkin. Arteriya limfatik follikulning chekka qismidan o’tadi va markaziy arteriya (a.centralis) yoki follikul arteriyasi (a. limphonoduli) deb ataladi. Kapillyarlarning venalarga o’tishi ochiq va yopiq qon aylanish yo’llari orqali bo’ladi. Ochiq qon aylanishda kapillyarlar bevosita pulpaning retikulyar to’qimasiga ochiladi. Yopiq qon aylanishda esa kapillyarlar bevosita vena sinuslariga quyilib, vena sinuslaridan taloq vena sistemasi boshlanadi.Taloqda ko`proq yopiq qon aylanishi kuzatilib, bunda qonning tez oqishi ro`y beradi. Ochiq qon aylanishida esa qonning sekin oqishi qon hujayralarining makrofaglar bilan bo`lgan kontaktini ta’minlaydi.Vena sinuslari o`ziga xos tuzilishga ega; ularning diametri qon bilan to`lishiga qarab 20 mkm gacha bo`ladi. Sinus devori uzunchoq hujayralar bilan qoplangan va bular orasida hujayralararo yoriqlar yoki teshiklar bo`ladi; bu teshiklar orqali muayyan sharoitlarda eritrotsitlar o`tishi mumkin. Sinuslar endoteliysi atrofidagi retikulyar to`qima bilan chambarchas bog`langan bo`lib, endoteliy hujayralari sirtdan halqa shaklidagi retikulin tolalari bilan o`ralgan. Vena sinuslaridan qon trabekula venalariga o`tadi. Trabekula venalari esa o`zaro qo`shilib, taloq venasini hosil qiladi. Taloq venasi organning darvozasi sohasida tashqariga chiqadi.

Suyak ko’migi va uning tuzilishi

  • Suyak ko’migi (medulla osseium) markaziy qon yaratuvchi organ bo’lib, embriondan keyingi (postembrional) davrda qon o’zak hujayralarining yagona manbai bo’lib hisoblanadi. Bu yerda yetuk T-limfotsitlardan tashqari, boshqa qonning barcha shaklli elementlari: eritrotsitlar, granulotsitlar, V-limfotsitlar va qon plastinkalari (trombotsitlar) yetiladi.

Yüklə 239,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin