Mavzu: taqsimot kanallarini boshqarish


Taqsimotni boshqarish tizimlari va stratcgiyasi



Yüklə 444,36 Kb.
səhifə5/6
tarix11.11.2023
ölçüsü444,36 Kb.
#131693
1   2   3   4   5   6
Mavzu taqsimot kanallarini boshqarish-fayllar.org

Taqsimotni boshqarish tizimlari va stratcgiyasi
Taqsimot kanallari tanlash imkoniyatlaridagi zarur shart bo‘lib, makrodarajada logistik jarayonlarning qulay ravishga keltirilishi bozorda katta miqdordagi vositachilaming mavjudligini ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda «vositachi» iborasiga ayrim hollarda salbiy nazar bilan qaraladi: ba’zan tovarga uning bir bo‘g‘ini deb qaraladi. Logistika doirasida esa, zamonaviy, iqtisodiy jiliatdan o‘zini oqlagan vositachilik nazarda tutiladi. Vositachining xizmatiga muhtojlik qaysi bir ishni bajarishda xususiy xarajatlar uning xarajatlariga nisbatan ortib ketgan taqdirda seziladi. Vositachi xizmatidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi xususiy xarajatlar va vositachi xizmatining qiymatlari o‘rtasidagi farqi asosida aniqlanadi.
Taqsimot shoxobchasini qulay holga keltirish, undan so‘ng logistik zanjirni qulaylashtirish tovar bozorida katta miqdordagi ulgurji vazifani bajaruvchi korxonalarning mavjudligiga imkoniyat yaratadi. Iqtisodiy faoliyatni huquqiy jihatdan ta’minlash xo'jalik aloqalarining shakllanishini va amalga oshirilishini yengillashtirishi kerak, axborot tarmoqlari esa — tezkor ravishda axborot almashtirish, moliyaviy tizim, moliyaviy vositalaming tezda o‘tishini ta’minlashi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati tovar bozori infratuzilmalarini rivojlantirish dasturini belgilagan tashkillashtirish tizimi bo‘lib, ular tovar bozorlari va tarkibiy qismlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ta’minlaydi va tovarlarning erkin harakatiga ko‘maklashadi, uzluksiz ravishdagi qayta ishlab chiqarish jarayonlari va iste’mol sohasining uzluksiz faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Bunday asosdagi Dasturni amalga oshirish quyidagi natijalami amalga oshrishni nazarda tutadi:

  • ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga olib borish jarayonida tovarlaming tegishli sifatini saqlash;

  • iste’molchilar tomonidan zarur hajmda tegishli sifat, turlari, sortlari bilan butlanganligi.

Tizimli yondashuv usullariga, asosan, taqsimot tizimini shakllantirishda quyidagi ketma-ket harakatlar qo‘llaniladi (3-rasm). To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa — «eshikdan eshikkacha» tizimi bo‘yicha tovar yetkazib beruvchidan iste’molchiga omborxonalarga tushmasdan yetkaziladi. Katta miqdorda yoki noyob mahsulotlar sotib olinganda mazkur shakldan foydalaniladi. Bu shakl transport xarajatlari va tovarlami omborxonalarda saqlashga sarflanadigan chiqimlami eng kam miqdorga yetkazilishiga imkon beradi. To‘g‘ridan-tog’g’ri aloqalar yaqin joylashgan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda samara beradi.
Iste’molchilar yetkazib beruvchilardan uzoqda yoki bir nechta hududlarda joylashgan hollarda tovarlarni omborxona, yetkazib beruvchi korxonalar markazi orqali yetkazish shakli qo‘llaniladi. Sotuvchi vakillar mahsulotni yetkazib berishga buyurtma qabul qilganda mahsulotni firmaning bironta korxonasiga qayta jo‘natishga mo‘ljallangan markaziy mol o‘tkazish idorasiga emas, balki bevosita yaqin joylashgan taqsimlash markaziga jo'natishadi.
Tovarlarni iste’molchilarga yetkazishning keyingi shakli — ulguiji vositachilar xizmatidan foydalanish. Yetkazib beruvchilar ishlab chiqarish va texnik maqsadda foydalaniladigan mahsulotlami sotishda ulguiji korxonalar xizmatiga murojaat etadilar. Ayniqsa mahsulot sotiladigan bozorni kengaytirish va xarajatlami kamaytirish maqsadida bir xil tovami turli bozorlarda sotish uchun qo'shimcha vosita tashkil etishga zarurat paydo bo'lganda katta miqdorda bir xil bo‘lgan tovarlar yetkazib berilganda mazkur shakldan foydalaniladi.
So‘nggi yillarda ulgurji vositachilar va sanoat korxonalari o‘rtasidagi munosabatlarning yana bir shakli keng tarqalgan. Bunga ko‘ra iste’molchilarda bo'lgan asbob-uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish operatsiyalari ulgurji vositachilarga biriktirilgan. Bunday hollarda ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun bunday operatsiyalami bajarishga xodimlami ishga olishga zarurat qolmaydi. Sanoat uskunalari, xomashyo materiallari va yariinfabrikatlar brokerlar va vakillar yordamida tovar biijalari orqali sotilishi mumkin.
Taqsimot markazini joylashtirish. Xizmat ko‘rsatiladigan hududda material oqimi iste’molchilari bir nechta bo'lgan hollarda taqsimlash markazini joylashtirishning eng qulay variantini tanlash kerak bo‘ladi. Taqsimot markazini joylashtirish varianti tanlanganda quyidagi tartibdagi ishlar amalga oshiriladi:

  • bozor sharoiti o‘rganiladi va logistik tizim orqali o‘tadigan materiallar oqimining taxminiy miqdori ishlab chiqiladi;

  • iste’molchilami tovar bilan ta’minlash tizimi ishlab chiqiladi;

  • logistik tizim ichida materiallar oqimini taqsimlash chizmasi tuziladi;

  • qilingan eng kam xarajatlar mezoni asosida taqsimlash markazini joylashtirish variantini tanlash amalga oshiriladi.

Keltirilgan xarajatlar ko‘rsatkichini quyidagicha aniqlash mumkin:
Bu yerda Зn = C3 + Cm + K/T, bu yerda Зn — variant bo'yicha keltirilgan xarajatlar; C3 — yillik xizmat qilish xarajatlari; Cm — yillik transport xarajatlari. K taqsimot markazining qurilishiga sarflangan kapital sarmoyalar; T — variantning o‘zini qoplash muddati.


Yüklə 444,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin