Mavzu: Tarbiya jaroyonida o’quvchilarga tejamkorlik tushunchalarini singdirish.



Yüklə 132 Kb.
səhifə8/10
tarix05.12.2023
ölçüsü132 Kb.
#138306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
424 Tarbiya jaroyonida o’quvchilarga tejamkorlik tushunchalarini

Ekologikomillar
Ekologik omillar uch guruhga bo’linadi:
1. Abiotik, grekcha, a-inkor, bios – hayot demakdir (yoki jonsiz omil); 2. Biotik, grekcha bios – hayot (yoki jonsiz omil);
Antropogen yoki inson omili. Abiotik omillar uch guruhga bo’linadi:
a) iqlim, yorug’lik, issiqlik, havo, namlik, havoning radioaktivligi, gravitatsiya, tuproq namligi va boshqalar;
b) edafik – tuproq, tuproqning fizik va kimyoviy tarkibi hamda xossalari;
v) topografik – relьef shart – sharoitlari.
Abiotik omillar asosan yerda o’sadigan o’simliklar uchun zarurdir. Masalan: yorug’lik tirik organizmlar uchun eng zaruriy ekologik omillardan biri bo’lib, hisoblanadi. Planetamizning turli mintaqalarida yorug’lik sharoiti juda xilma-xildir. Masalan: Yorug’lik bilan kuchli darajada ta’minlangan baland tog’, dasht, cho’lu – biyobonlardan tortib yorug’lik bilan juda kam ta’minlangan g’orlar va xavzalargacha mavjud. O’simliklar tarqalgan turli zonalarda yorug’lik intensivligi turlicha bo’lishidan tashqari, yorug’lik spektrining tarkibi, o’simliklarning yoritilish davomiyligi ham xar-xil bo’ladi. O’simliklar yorug’lik energiyasidan foydalanib noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Bu jarayonni fotosintez deyiladi. Fotosintez jarayonida o’simliklar yer sharida har yili 140 mlrd. t. organik modda hosil qiladi., 200 mlrd, t. karbonat angidrid yutib 145 mlrd. t. kislorod ajaratadi. Fotosintezni birinchi marta 1771 yild ingliz olimi D. Pristli kashf etgan.
Inson tirik organizmlarga to’g’ridan – to’g’ri ta’sir etib yoki yashash sharoitini o’zgartirib, tarqalishiga yoki qirilib yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Insonning tabiatga ko’rsatadigan ikki turdagi ta’sirini bir-biridan yaxshi ajratish lozim. Ularning biri tirik organizmlarga yoki ularning ayrim vakillariga ko’rsatadigan to’g’ridan – to’g’ri ta’siriga antropogen omillar deb qarash lozim. Antropogen omillarni o’z navbatidagi to’rt turga bo’lish mumkin:
1. Ozuqa va boshqa extiyojlarni qondirish uchun (baliqchilik, o’rmonlarni kesish, o’tlarni o’rish va x.) tirik organizmlardan foydalanish.
2. O’simliklarni ko’paytirish (madaniylashtirish) va hayvonlarni qo’lga o’rgatish.
3. Akklimatizatsiya va introduktsiya, ya’ni organizmlarning tabiiy areallaridan boshqa joylarga ko’chirib olib borish va moslashtirish.
4. Yangi madaniy o’simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish.
Biz hozirgi vaqtda har tomondan keskin o’zgartirib yuborilgan sayyorada yashamoqdamiz, yildan yilga tabiiy holdagi landshaftlar va jamoalar egallagan maydonlar qisqarib kelmoqda va ularning o’rnini inson ta’siridagi landshaftlar va jamoalar egallamoqda.Antropogen ta’sirni sanoat, qishloq sanoat xo’jaligi, transport kabi toifalarga bo’lish mumkin.

Yüklə 132 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin