Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish


Laboratoriya mashg’ulotini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma



Yüklə 67,39 Kb.
səhifə21/21
tarix24.11.2023
ölçüsü67,39 Kb.
#133677
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Mavzu Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer -hozir.org

Laboratoriya mashg’ulotini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Ushbu laboratoriya ishida sizdan IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo’ladigan lokal tarmoq modelini qurishingiz talab etiladi (6.1-rasm).
6.1-rasm. IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo’ladigan lokal tarmoq modeli
Quyidagi amallarni bajaring:
  • Server, kommutator va uchta PC0-PC2 kompyuterdan iborat lokal tarmoq modelini yarating, ularni 6.1-rasmda ko’rsatilgandek bir biri bilan bog’lang.


  • Server parametrlarini sozlang:


    1. Ishchi sohada Server0 ni tanlang.


    2. Server0 oynasidan Config bo’limiga o’ting va FastEthernet tugmasini bosing.


    3. FastEthernet bog’lanishi uchun IPning statik konfiguratsiyasini tanlang, 192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni kiriting.


    4. Server0 oynasidan Services bo’limini tanlang.


    5. Services bo’limidan DHCP tugmasini bosing.


    6. DHCP xizmati parametrlarini sozlang: boshlang’ich 192.168.1.10 IP-manzilni (Start IP Address), 255.255.255.0 niqobni, 200 – foydalanuvchilarning maksimal sonini (Maximum number of Users) kiriting va Save tugmasini bosing. Ko’rsatilgan amallarning bajarilishi natijasida Server0 oynasi 6.2-rasmda ko’rsatilgandek ko’rinish olishi lozim.


    7. Server0 oynasini yoping.



6.2-rasm. Serverda DHCP xizmatini sozlash dialog oynasi.
  • PC0 kompyuteri parametrlarini sozlang:


    1. Ishchi sohadan PC0 kompyuterini tanlang.


    2. PC0 oynasida Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing.


    3. Tarmoq adapter IP-manzil konfiguratsiyasi uchun DHCP rejimi tanlang (6.3-rasm)


    4. PC0 oynasini yoping.



6.3-rasm. Kompyuter tarmoq adapterini DHCP dan foydalanib sozlash.
  • Xuddi shu tarzda DHCP dan foydalanib PC1 va PC2 kompyuterlarining tarmoq adapterlarini sozlang.


  • Simulation rejimiga o’ting.


  • Tarmoq bog’lanishini har bir kompyuterdan serverga oddiy paket yuborish yo’li bilan tekshiring.




Labotaroriya mashg’uloti topshiriqlari
6.4-rasmda ko’rsatilgan tarmoq modelini hosil qiling va uslubiy ko’rsatmada ko’rsatilgandek tarmoq parametrlarini sozlang. Router0 interfeysini oldingi laboratoriya ishlaridan foydalanib sozlang. DHCP sozlamalarida marshrutizator interfeysi manzilidan Default Router sifatida foydalaning.
6.4-rasm. IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo’ladigan lokal tarmoq modeli

http://hozir.org



Yüklə 67,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin